Savol va topshiriqlar:
1. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish qaysi bosqichda boshlangani ma’qul deb o‘ylaysiz?
2. Nutq o‘stirish bo‘yicha uyushtiriladigan maxsus mashqlar necha marta o‘tkaziladi?
3. O‘quvchilarning nutqini o‘stirish qanday jarayon hisoblanadi?
4. Nutq o‘stirishda yozma ish turlarining o‘rni va ahamiyati haqida gapiring.
5.“Alpomish” dostonini vidеofilmini tomosha qilib Boybo‘ri va Boysari timsollariga tavsif bеring.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
Reja:
1. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, ularning umumiy va xususiy tomonlari.
2. Guruhiy tadbirlarni tashkil qilish usullari.
3. Yakka tartibdagi tadbirlarni tashkil qilish usullari.
4. Ommaviy tadbirlarni tashkil qilish usullari.
Tayanch so‘zlar: dars, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, to‘garak, fakultativ mashg‘ulot, adabiy kecha, kitoblar ko‘rgazmasi, uchrashuv, sayohat, festival, tanlov, olimpiada, musobaqa.
Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, ularning umumiy va xususiy tomonlari. Mashg‘ulot shakllari:
Dars – ta’limning asosiy shakli, ta’lim muassasalarida bilim berish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turi, o’qituvchi va o’quvchi ishtirokida yuzaga keladigan jarayon.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar – fan yuzasidan belgilangan dastur asosida o‘tkaziladigan darslarga qo‘shimcha tarzda olib boriladigan mashg‘ulotlar. Dasturda o‘quvchilarning asarni mustaqil o‘qish darslari uchun har bir sinfda soat ajratilgan va buning uchun badiiy asarlar ro‘yxati tavsiya qilingan. Shu bilan birga, adabiyot o‘qituvchisi qo‘shimcha suratda ushbu ro‘yxatga asar tanlash imkoniyati ham berilgan. Bunday mashg‘ulotlar sinf mashg‘uloti kabi reja asosida, darsning davomi sifatida o‘tkaziladi.Ular turli shakllarda o‘tkazilishi mumkin: to‘garak, fakultativ mashg‘ulotlar, adabiy kechalar, kitoblar ko‘rgazmasi, fotolavhalar ko‘rgazmasi, o‘zbek tili va adabiyoti oyligi, ifodali o‘qish musobaqalari, olimpiadalar, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash, devoriy gazetalar tayyorlash,viktorina( topqirlar bahsi), boshqotirmalar ko‘rgazmasi, ommaviy kitobxonlik, “O‘yla, izla, top!”, “Zakovat” kabi o‘yinlar, uchrashuvlar, kutubxo‘zbek da o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va hokazo.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlar – bevosita sinf yoki maktabda emas, balki, ta’lim muassasasidan tashqarida, adabiyot o‘qituvchisi rahbarligida maqsadli ravishda olib boriladigan mashg‘ulot: muzeylarga ekskursiyalar, tarixiy joy va ziyoratgohlarga sayohatlar, turli ko‘rgazmalarda ishtirok etish, festival, karnaval, sayl, bayramlarda qatnashish…
Do'stlaringiz bilan baham: |