«TARMOQLASH» METODI
Texnologiyaning tavsifnomasi. Bu mashg‘ulot talabalani berilgan ma'lum bir mavzu yuzasidan jamoada yoki kichik guruhlarda ishlash orqali fikrlash, berilgan fikrlarni tahlil qilish, erkin, ochiq o‘ylash, shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish, umumiy fikr doirasini kengaytirishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘trasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkonini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Undan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Bunda talabalar tomonidan mavzuni chuqur hamda puxta o‘zlashtirilgunga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta'minlashga xizmat qiladi. Metod avval talaba bilan yakka ishlash so‘ngra kichik guruhda ishlash orqali tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |