Glossariy
ADAB (arabcha – adabiyot; yaxshi tarbiya, mahqul harakat) – odob va axloq so‘zlarining o‘zgargan shakli, ma’nodoshi; shaxsning tarbiyalanganlik darajasi, axloqiy qiyofasi, ma’naviy barkamolligining asosiy sharti va mezonini anglatadi. Inson o‘z A.i orqali el-yurt o‘rtasida obro‘-e’tibor, izzat-hurmat topadi.
ADABIYOT – (аrabcha adab so‘zining ko‘pligi) san’atning bir turi; voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettirish. adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham shu to‘lqunlarni yaratmoqdir. Shu bilan yozilg‘an asarlarga adabiy asar deyiladi. (Fitrat)
Do'stlaringiz bilan baham: |