O‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish
So‘z ustida ishlash: Og‘zaki nutq har bir kishidan o‘z suhbatdoshining fikrini tez anglashni, suhbatda zarur bo‘lgan so‘zni tez topishni, har bir so‘zning ma’nosini matnga bog‘liq holda tushuntirishni, qo‘llanadigan so‘zning o‘ziga mos sinonimini topib ishlatishni talab qiladi. Tabiiyki, og‘zaki nutqda o‘ylab so‘z tanlashga vaqt bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, oldin iste’molda bo‘lgan va esda saqlanib qolgan so‘zlar qo‘llaniladi. O‘quvchining so‘z boyligi yetarli bo‘lmasa, o‘z taassurotlarini, fikrlarini ifodalash uchun zarur so‘zlarni topishga qiynaladi. Natijada bir xil so‘zlarni takrorlab, g‘aliz so‘zlarni ko‘p ishlatadi, noo‘rin to‘xtamlar (pauzalar) qiladi. O‘quvchilarda uchraydigan bu holat, albatta, og‘zaki nutqni o‘stirish ustida olib boriladigan ishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun metodikada o‘quvchilarning so‘z boyligini (leksikasi) doimiy ravishda oshirib borishga, ularda so‘zga ongli munosabatda bo‘lish malakasini tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda eng qiziqarli usul, ularni kishilar, hayvonlar va ularning xarakati, narsalar va ularning ko‘rinishi, sifati, kishilar ruhiy xolati, xulq-atvori, kechinmalari bilan tanishtirishdir.
O‘quvchilarning nutqi kitobiy va baynalmilal so‘zlar bilan ham boyitib boriladi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini boyitishda ko‘proq e’tibor berish kerak bo‘lgan, tushuntirish zarur bo‘lgan masala aniqlab olinishi kerak.
So‘zlarni esda qoldirishda asosdosh so‘zlarni topishga ortiqcha kirishib ketilsa, bu holat o‘quvchilarning so‘zlar mohiyatini to‘liq va yaxlit holda idrok qilishlariga salbiy ta’sir qiladi. Asar ustida olib borilayotgan lug‘at ishlari badiiy asarda ifodalangan g‘oya, mazmun, obrazlarni tushunishga yordam bersagina samarali bo‘ladi.
Uslubda nutq ustida ishlashda eng qulay omillardan biri «uslubiy mashqlar»dir. Quyida uslubiy mashqlarga misol keltiramiz:
1. «O‘g‘lini hamisha sevinch bilan kutuvchi Hilol buvi sevinganidan darhol yostiqdan boshini uzdi».
2.«Umarali va o‘zbek si uzoq dardlashib o‘tirdilar...»
3.«Umarali singlisiga ham mehr, ham qiziqish hissi bilan tikildi. Singlisining ingichka, nozik qoshlari ostidagi shahlo ko‘zlarida mung ko‘rib, ich-ichidan dard chekdi».
4.«Suhbat qizg‘in, xususan, Umarali zo‘r ehtiros bilan gapirar edi. Keyin o‘rnidan qo‘zg‘aldi» (Oybekning «Ulug‘ yo‘l» romanidan).
O‘quvchilar o‘qituvchining taklifi bilan yuqorida ko‘rsatilgan fe’l va fe’l shakllarining o‘rniga yangi so‘zlar topib quyadilar va yozuvchi Oybek nima uchun «boshini ko‘tardi» deyish o‘rniga «boshini uzdi», «gapirib o‘tirdilar» deyish o‘rniga «dardlashib o‘tirdilar», «ich-ichidan qayg‘urdi» deyish o‘rniga «ich-ichidan dard chekdi», «o‘rnidan turdi» deyish o‘rniga «o‘rnidan qo‘zg‘aldi» va «ko‘rdi» deyish o‘rniga «tikildi» fe’llari va fe’l shakllarini ishlatganining sababini o‘zlari hal qiladilar. Qiynalsalar, o‘qituvchi yordamlashadi. O‘quvchilar bu xil uslubiy mashqlarni bajarishda yozuvchi tomonidan tanlangan so‘zlar faqat fikrni aniq ifodalash uchungina emas, balki obrazlar ichki hissiyotining eng nozik nuqtalarini tasvirlashga ham xizmat qilganligini anglab olishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu so‘zlarning hammasi ekspressiv fe’llar bo‘lib, Umarali va uning o‘zbek sining ichki kechinmalarini oydinlashtirishda katta rol o‘ynagan.
Yuqori sinflarda obrazli so‘zlarni tahlil qilish qiyinlashadi. Bu sinflarda faqat o‘quvchilar leksikasi mustaqil mashg‘ulotlar uyushtirish, o‘quvchi-larni yozuvchining ijodiy laboratoriyasiga olib kirish, uning o‘ziga xos uslubi bilan tanishtirish yo‘llari orqali boyitib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |