TAHLIL YO‘NALISHI – tahlil etilayotgan badiiy asarning qaysi jihatiga ustuvor ahamiyat qaratilishi lozimligini belgilash.
TAHLILGA TAYYORGARLIK BOSQICHI – asar matni o‘rganilishi, tahlilga e’tibor qaratilishi, urg`u beriladigan jihatlar aniqlab olinishi, asosiy nuqtalar belgilab qo‘yilishi.
TAHLILNING ASOSIY BOSQICHI– tahlil qilinayotgan asarning estetik qimmati, millat badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni belgilab beriladi.
TASHKIL ETISH - qo'yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo'yicha tartiblangan didaktik jarayon.
TO‘GARAK – O‘qituvchi va o‘quvchilarning, usta va shogirdlarning birgalikda ishlash, mashg‘ulotlar o‘tkazish, mashq qilish, bilim-hunar o‘rganish va shu kabi umumiy maqsadlar bilan tuzilgan guruhi va shunday birlashmaning, uyushmaning o‘zi:
Do'stlaringiz bilan baham: |