O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet13/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Reproduktiv metodda o‘quvchilar bilimlarni go‘yo tayyor holda olishadi. Albatta, buni mexanik tarzda tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Garchi mulohaza va xulosalar tayyor holda berilsa-da, ular o‘quvchilarning oldin o‘zlashtirgan bilimlariga tayanadi, ularni kengaytiradi, shu asosda esa ulardagi yangi va nisbatan takomillashgan umumlashmalar uchun asos bo‘ladi. Bundagi faoliyat turlari sifatida ma’ruza rejasi yoki qisqacha konspektini yozish, darslik ustida ishlash, tayyor materiallar asosida ma’ruza tayyorlashni kiritish mumkin.
G.N.Ionin adabiy sharhlash, tanqidiy-publitsistik hamda adabiy izlanish metodlarini tavsiflab bergan. Jahon olimlari va metodistlarining yakdillik bilan ko‘satishlaricha, badiiy asarni o‘qish har qanday nazariy bilimlarning, amaliy ko‘nikmalaring hamda amaliy mashqlarning asosini tashkil etadi. Suhbat o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdagi eng qulay va samarali metodlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Suhbat vositasida yozuvchi shaxsi hamda u yaratgan badiiy asarning turli qirralariga e’tibor qaratish, o‘quvchining individual xususiyatlariga, badiiy asarni his etish darajasiga tayangan holda uning bu boradagi intilish va qiziqishlarini kengroq rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
Ayrim mutaxassislarning maktab adabiy ta’limida ma’ruza metodining ustuvor mavqe tutishiga e’tiroz bildirishlari tasodifiy emas, Ularning nazarida mukammal tarzda rejalashtirilgan suhbat o‘quvchilarni badiiy asarning o‘zi bilan ham, tarixiy-adabiy muhit bilan ham jiddiyroq va yaqinroq tanishtira oladi, muallif tarjimai holiga oid fakt va materiallar bilan badiiy asar orasidagi bog‘lanishlarning teranroq ilg‘anishiga yo‘l ochadi. Aksincha, yolg‘iz ma’ruza metodiga tayanish asosiy og‘irlikning o‘qituvchi zimasiga tushishi uchun yo‘l ochadi, o‘quvchining passiv tinglovchi bo‘lib qolishini rag‘batlantiradi. Vaholanki, adabiy hodisalarning quruq sanog’i emas, balki ularning sharhli tavsifi, adabiy tahliligina o‘quvchilarning ong va shuurlariga kuchli emotsional ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shunga qaramay, ma’ruza metodini inkor etish to‘g‘ri emas. Aslida badiiy asarni anglash va his etish o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishi, badiiy asar matnini idrok etishi, mana shu matn ustidagi jiddiy mustaqil ishlari oqibatida yuzaga keladi. Shunga qaramay yozuvchining hayotiy va ijodiy yo‘li haqidagi o‘qituvchi ma’ruzasiga ham tabiiy ehtiyoj mavjud. Monografik xarakterdagi, umulashtiruvchi ruhdagi ma’ruzaar o‘z mazmun qamrovi, ayniqsa tegishli davr va yo‘nalishlardagi adabiy hodisalar mohiyatini teran, aniq va ta’sirchan tahlili bidan o‘quvchilarning badiiy-estetik mo‘ljal olishlari uchun yaxshigina yo‘llanma bo’la oladi. Kirish va yakunlovchi mashg‘ulotlarda ham ma’ruzaning o‘rni ancha salmoqli bo‘lishi mumkin. Albatta, ma’ruzaga suhbat, ifodali o‘qish elementlarining qo‘shilishi uning smaradorlik darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi70. Puxta rejalashtirilgan ma’ru-zalarda, odatda, 1) ijodkorning boshqalardan farqlanib turadigan o‘ziga xos xususiyatlari, olamni ko‘rish va ifodalashdagi ayricha jihatlari; 2) uning o‘z davri bilan yaqinlik darajasi, davr voqealarining ijodkor evolyutsiyasiga ko‘rsat-gan ta’siri; 3) ijodkorning tasvirlash mahorati, uning uslubidagi takrorlanmas jihatlar, yozuvchi ijodiy takomilining asosiy bosqichlari; 4) uning jamiyatning ijtimoiy hayotiga hamda bevosita adabiyot tarixiga ko‘rsatgan ta’siri yoki qo‘shgan hissasi yoritib beriladi. Bunda ma’ruzaning aniq chegara, hajm va maqsadlarga ega bo‘lishi, unda foydalaniladigan ko‘chirmalar, badiiy parchalar, tegishli sharh va izohlarning joylashtirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Albatta, har bir metod o‘z o‘rnida qo‘llanganidagina to‘g‘ri va samarali bo‘ladi. Jumladan, ma’ruza va o‘qituvchining bog‘lanishli nutqini mutlaqo inkor qilish noo‘rin bo‘ladi. Hatto boshlang‘ich sinflardayoq ayrim hollarda o‘qituvchining ixcham tarzdagi ma’ruza va bog‘lanishli nutqi o‘quvchilarga ko‘plab yangiliklar berishi, ularning ong va shuuri, tuyg‘ulariga ijobiy ta’sir vazifasini ado etishi mumkin. Amaliyotda suqroto‘zbek usul (savol-javoblar)ni ko‘proq kichik sinflarada, o‘qituvchi izohi va ma’ruzasini (akademiik usul)ni esa yuqori sinflarda qo‘llanishi kuzatiladi.
Ta’lim metodlarining bilim manbalariga ko‘ra tasnifi ham mavjud. Bunda lisoniy, ko‘rgazmali, amaliy metodlar ajratiladi. Lisoniy metodlar ta’lim metodlari orasida salmoqli o‘rin tutadi. Ayniqsa, hikoyalash, tushuntirish, suhbat, munozara, ma’ruza, kitob bilan ishlash adabiy ta’limdagi eng faol va qamrovli metodlar sifatida e’tirof etilgan. Ko‘rgazmalilik metodi esa turli ko‘rgazmali qo‘llanmalar, jadvallar, sxemalar, rasmlar, fotomateriallari, san’at asarlarining namunalari, texnik vositalar, audio va videojihozlar hamda komputer texnologiyalaridan foydalanishni qamrab oladi.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish