O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakultetining 210-guruh talabasi Xurramov Abdug’anining ‘’O’zbek tilida so’z yasash qoliplari’’ mavzusida yozilgan kurs ishi



Download 93,4 Kb.
bet3/13
Sana20.07.2022
Hajmi93,4 Kb.
#831516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O\'zbek tilida so\'z yasash qoliplari new

ipak va –chi elementlaridan hosil qilingan».
So‘z yasalishida ikki qism – so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi ishtirok
etishi, yasama so‘z shu ikki qismning birikishidan hosil bo‘lishi to‘g‘ri. Lekin
faqat shunga asoslanib, mohiyatan bir-biridan farqli bo‘lgan so‘z yasalish birliklarini (so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchini) bir xil nom bilan, ya’ni «so‘z
yasovchi» deb atash hech bir jihatdan maqbul emas. So‘z yasalishida ishtirok
etuvchi bu ikki komponent ma’nosi, vazifasi va boshqa xususiyatlari bilan birbiridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, bularning har birini, o‘z ma’no va vazifasi
asosida, alohida nom bilan atash lozim.
«So‘z yasalish asosi» termini yasama so‘zning shu komponentini umumiy
xususiyatiga ko‘ra ataydi. Bunda uning material jihatdan qanday birlik ekani aks
etmaydi. Masalan, terim so‘zining ter qismi (yasama so‘zning tarkibiy qismi
sifatida) so‘z yasalish asosi, material qism sifatida – leksema, tub so‘z, fe’l.
Terimchi so‘zining terim qismi – so‘z yasalish asosi, material qism sifatida –
yasama so‘z, ot. «So‘z yasovchi» termini ham yasama so‘zning ikkinchi tarkibiy qismini umumiy (asosiy) xususiyatiga ko‘ra ataydi va bu nomda uning material jihatdan qanday birlik ekani aks etmaydi. Masalan, rangdor, qabulxona, kamchiqim so‘zlaridagi -dor, -xona, kam- so‘z yasalish birligi sifatida – so‘z yasovchi. Material birlik sifatida esa -dor – affiks, -xona – affiksoid, kam – yordamchi so‘z.6 Demak, «so‘z yasovchi» deganda, so‘z yasalish asosiga nisbatan olinib, unga qo‘shiladigan va yasama so‘zni hosil qiladigan komponent tushuniladi. Ana shunday tushunilganda, atalganda so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi terminlari har bir birlikning (yasama so‘z komponentlarining) mohiyatini, ularning o‘zaro farqini aniq aks ettiradi va so‘z yasalish birliklarining atamasi hisoblanadi.
So‘z yasalishi usullarida yasalgan yasama so‘zlar ma’lum tarkibga ega
bo‘ladi. Yasama so‘zning tarkibi uni tashkil etuvchi qismlardan iborat bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, yasama so‘z so‘z yasalish asosiga so‘z yasovchini
qo‘shish bilan hosil qilinadi. Binobarin, har bir yasama so‘z ana shu ikki qismdan
iborat bo‘ladi, ya’ni so‘z yasalish tarkibi so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan
tuziladi. Yasama so‘z tub so‘z, shuningdek, yasama so‘zdan hosil qilinishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham yasama so‘zning tarkibi ikki qism (komponent)dan iborat bo‘ladi. Masalan, terim so‘zining so‘z yasalish tarkibi ter (so‘z yasalish asosi) va –im (so‘z yasovchi)dan tashkil topgan. Terimchi so‘zining so‘z yasalish tarkibi terim (so‘z yasalish asosi) va –chi (so‘z yasovchi)dan iborat. So‘z yasalish asosi bilan so‘z yasovchining mohiyatini to‘g‘ri belgilash, umuman, so‘z yasalishining, yasama so‘zning mohiyatini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
O‘zbek tilshunosligida ancha vaqtlargacha so‘z yasalish asosi birligi qayd
etilmas edi. Faqatgina so‘z yasovchi affikslarning u yoki bu so‘z turkumiga oid
so‘zlardan (masalan, otdan, sifatdan yoki fe’ldan) so‘z yasashi qayd etilar edi.
Lekin bu narsa so‘z yasalishi bilan bog‘liq biror hodisaning, jumladan, so‘z
yasalish asosining mohiyatini aks ettira olmaydi. Chunki birinchidan, hech qaysi
so‘z yasovchi biron turkumga oid so‘zlarning hammasidan so‘z yasamaydi.
Ikkinchidan, so‘z yasalishiga asos bo‘ladigan so‘zni ot, sifat, fe’l deb atash so‘z
yasalish asosining material tomoninigina aks ettiradi va so‘z yasalishi nuqtai
nazaridan, so‘z yasalish asosining mohiyati nuqtayi nazaridan hodisani (so‘z
yasalishi birligini) aks ettira olmaydi.
Shuningdek, so‘z yasalish asosiga nisbatan so‘z, leksema terminlari aralash
qo‘llanib kelmoqda. Hatto, yasama so‘zning o‘zi ham «so‘z», «leksema» deb
nomlanib kelmoqda. Bu ham lisoniy birlik va nutq birligini farqlamaslik bilan
bog‘liqdir. Lekin bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda yasama so‘z tarkibiy
qismlarining va yasama so‘zning o‘z mohiyati belgilanmay qolaveradi. Oqibatda
so‘z yasalishi, yasama so‘z bilan bog‘liq boshqa hodisalarning mohiyatini
belgilash mumkin bo‘lmaydi. Keyingi vaqtlarda yaratilgan ishlarda (boshqa tillarga oid ishlar ta’sirida) so‘z yasalish asosi hodisasiga e’tibor berilla boshlandi. Lekin aytib o‘tilgan hodisalar bilan birga, so‘z yasalish asosining ham mohiyati aniq va to‘g‘ri talqinini topgani yo‘q.
So‘z yasalish asosi so‘z yasalishi sathiga xos birlik ekan, uning mohiyati shu
nuqtai nazardan belgilanishi lozim bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, yasama so‘zning
mohiyatini belgilashga yo‘l ochadi. So‘z yasalishi asosi haqida gap borganida, birinchi navbatda, uning qanday birlik ekani, ya’ni lisoniy birlikmi yoki nutq birligimi, leksemami yoki so‘z ekanini aniq belgilash (u haqda aniq xulosaga ega bo‘lish) shart. Shundagina so‘z yasalishi bilan bog‘liq boshqa hodisalarni ham to‘g‘ri va aniq yoritishga yo‘l ochiladi.
O‘zbek tilshunosligida so‘z termini «leksema» ma’nosida ham, «so‘z shakl»
ma’nosida ham qo‘llanilib kelindi va hozir ham bu hol ma’lum darajada davom
etyapti. Binobarin, yasama so‘zning asosi bo‘luvchi qismning mohiyatini shu
nuqtai nazardan aniq belgilash kerak bo‘ladi. Shu asosda so‘z yasalishining
mahsuli qanday birlik ekani ham hal etiladi.
«So‘z» deganda, umuman, lug‘aviy birlik emas, ma’lum bir (muayyan)
grammatik shakldagi lug‘aviy birlik tushunilishi ma’lum. Shu nuqtai nazardan
yondoshilsa, so‘z yasalish asosini so‘z deyish mumkin bo‘lmaydi. Chunki u
yasama so‘z tarkibida grammatik shaklga ega bo‘lmaydi (So‘z yasalish asosiga
so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishining o‘ziyoq shundan dalolat beradi). Demak,
so‘z yasalish asosiga nisbatan «so‘z» atamasi (termini) xuddi shu ma’noda – «so‘z
yasalish uchun asos bo‘luvchi lug‘aviy birlik» ma’nosida qo‘llanadi (so‘zshakl
ma’nosida emas) va bunday qo‘llanishga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas1.
Yasama so‘z – lisoniy birlik. So‘z yasalish asosi va so‘z yasovchining
tahlilidan ko‘rish mumkinki, so‘z yasovchi so‘z yasalishiga asos bo‘luvchi
leksemaning muayyan bir ma’nosi asosida undan yangi so‘z hosil qiladi. Yasama
so‘zning ma’nosi so‘z yasalish asosining ana shu muayyan ma’nosi bilan so‘z
yasovchining ma’nosi zaminida yuzaga keladi. Shuning uchun ham yasama
so‘zning ma’nosini uning tarkibiy qismlari (so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi)
ma’nosi bilan asoslash mumkin bo‘ladi. Masalan, bokschi, futbolchi, xokkeychi
so‘zlarining ma’nosiga e’tibor bering. Lekin bu holni yasama so‘zning ma’nosi
uning tarkibiy qismlari ma’nosiga teng (shu qismlar ma’nosining oddiy qo‘shiluvidan yuzaga keladigan ma’no) deb tushunmaslik kerak. Yasama so‘zning
ma’nosi so‘z yasalish asosi ma’nosi bilan so‘z yasovchining ma’nosi sintezidan
yuzaga keladi. Shuning uchun ham yasama so‘z ma’nosi (sememasi) tarkibida so‘z
yasalish asosi yoki so‘z yasovchining ma’nosi tarkibida bo‘lmagan sema mavjud
bo‘ladi. Masalan, pulemyotchi, buldozerchi, tankchi so‘zlarining hammasida –chi
so‘z yasovchisi umuman shaxs ma’nosi bilan qatnashyapti. Shu bilan birga, bu
so‘zlarning har birida bu shaxsning faoliyatini qayd etuvchi sema ham bor:

Download 93,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish