Mohimbegim Boburning ikkinchi ayoli. U sho‘x va quvnoq qiz. Sodiq va vafoli ayol. Humoyun Mirzoning onasi. Mohimbegim obrazi insonga hayotga bo‘lgan muhabbatni, quvnoqlikni, shiddatkorlikni baxsh qiladi. U o‘zi Boburni mahliyo qilib oladi. Uning bir tarafdan mug‘ombirligi ham ko‘zga tashlanadi. Bu albatta beg‘araz. Bobur bilan to umrining oxiriga qadar birga sodiq yor bo‘ladi. Garchi kundoshi bo‘lsa ham uning farzandlariga hech qachon g‘arazli niyat qilmaydi. U Bobur uchun sabr bilan farzandlarini tarbiya qiladi. Uning obrazida yana oqko‘ngillik, mehr-shafqat, kengfellik ta’svirlarini his qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |