Ahmad Tanbal asarda salbiy, mug‘ombir, pastkash obraz. U faqat o‘z nafsini o‘ylaydi. U sotqin, xudbin, o‘z nafsining quliga aylangan. Uning Xonzodabegimga bo‘lgan tuyg‘ulari ham aslida o‘z maqsadlari uchun qaratilgan. U faqat boylik, pul, mansabni o‘ylagan. Ahmad Tanbal Boburning yoshlik paytida unga xizmat qilib yuradi. Lekin bu xizmatlari shunchaki yosh Boburning ishonchini qozonishga qaratilgan. Bobur unga qilich sovg‘a qilganda Ahmad Tanbalning keyinchalik shu qilich bilan xiyonat yo‘li bilan unga qarshi chiqishini hech sezmagan bo‘lsa kerak. Ha, garchi Bobur shoh bo‘lsa ham shunday sotqin, ishonchiga kirgan “sodiq insonlar”idan pand yedi. Ular Boburga xiyonat qildi. Hammasi o‘z nafsini o‘ylagan Ahmad Tanbaldek nonko‘rlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |