Boburning singlisi Xonzodabegim. Men bu ayol obrazini ko‘z oldimga keltirsam o‘zimda qandaydir katta g‘urur va iftixor, motivatsiya his qilaman. Uning mardligi va oilasi, ukasi Boburga nisbatan cheksiz mehridan ta’sirlanaman. Xonzodabegim afsonaviy To‘marisning siymosi. U goh erkaklardek qatiyatli, mard, jasur, gohida esa sabr va sadoqatga to‘la ayol sifatida namoyon bo‘ladi. Xonzodabegimdagi shijoat, vatanparvarlik, sodiqlik uni tarix varaqlariga muhrladi. Garchi u Mulla Fazliddinga nisbatan qalbida muhabbat bo‘lsa ham oshkor qilmadi. Chunki u shoh oilasidan, bu mumkin emas. Bundan tashqari, unda mag‘rurlik ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |