To‘qima obrazlarga to‘xtalsak. Bu Tohir obrazi. U mehnatkash, oqko‘ngil. Unda katta sabr bor.U Quvadagi Robiya ismli qizni chin dildan sevadi. Tohir Boburga to uning o‘limiga qadar sodiq xizmat qildi.Hech qachon uni tashlab ketgani yo‘q. Tohir mard va jasur obraz. Men uning sodiqligi va vafosiga,sabriga tan berdim. Har qanday inson shu obrazdan o‘rnak olsa arziydi.Lekin men uning bir xususiyatini tanqid qilaman. U keyinchalik Boburning xizmatida yurib, lavozimi oshib, bir voqea sodir bo‘lib o‘z yonida yuradigan, Robiyani topishda yordam bergan do‘sti Mamatni qamchi bilan uradi. Ha, Tohirning qalbida ham boshqa beklarga xos xudbinlik paydo bo‘layotgandir. Menimcha buning sababi, mansab va pulda deb o‘ylayman.Lekin Tohir o‘zining qalbida bunday g‘arazli hislatlar o‘zini yengishiga yo‘l qo‘ymadi. U o‘z xudbinligini yengdi. Tohir obrazi Bobur shaxsiyatini yanada yoritishga, buyukiligini ko‘rsatishga xizmat qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |