O‘zbek tili va adabiyoti



Download 2,2 Mb.
bet41/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

Asosiy adabiyotlar:
1. Mas’udali H. Xatti mu’allimiy. T., 1991
2. Abdusattor SHayx. Abdulloh ibn Mas’ud. T., 2004
3. Talabov E. Arab tili. T., 1993
4. Obщee i prikladnoe yazыkoznanie. M., 1972
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. T.,2000
2. Terentev-Katanskiy A.P. S vostoka na zapad. M., “Nauka”, 1990
3. Krachkovskaya V.A. Pamyatniki arabskogo pisma Sredney Azii i Zakavkaze do 1X v. Epigrafika Vostoka, 1952
4. Munirov Q. SHarq qo‘lyozmalari. T., 1962.
5. Sbornik st. Rukopisnaya kultura narodov Vostoka. Ocherki. Kn.1. M., 1987.
6. Sbornik st. Pismennыe pamyatniki Vostoka. Ejegodnik. M., 1970
7. Ishoqov M. So‘g‘diyona tarix chorrahasida. T., “Fan” 1990
8.Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M-L.,1951.
TOPSHIRIQ

ATAMALARGA IZOH YOZING.


Quyida berilgan atamalarga izoh yozing. 
Namuna:
Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya
1. matn tanqidi
2. arxeografiya
3. germenevtika
4. ekzegetika
5. editsiya
6. nazariy matnshunoslik
7. amaliy matnshunoslik
8. adabiy manba
9. filologik dissiplina
10. musnad yozuvi


2-Amaliy mashg'ulot


Qo‘lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari

Qo'lyozma-qo'lda yozilgan yoki yoki yozuv mashinkasida,kompyuterda ko'chirilgan matn. O'rta Osiyoda matbaa nashriyot ishlarining sustligi sababli qo'lyozma holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan. Qadimiy qo'lyozmalar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada o'rganiladi. Qo'lda yozilgan asar, yozma yodgorlik qo'lyozma deyiladi. Qo'lyozma - Taniqli shoir va yozuvchilarning o'tmishda o'zlari ko'chirib yozgan asarlari dastxati.


Qoʻlyozma — 1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi); 2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaa-nashriyot ishlarining sustligi sababli qoʻlyozma' holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (qarang Xattotlik). Qadimiy qoʻlyozma'lar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi; 3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn. Dunyoning koʻpgina kutibxonalari ,muzeylari,masjidlar,madrasalar va shaxsiy kutubxonalardagi mavjud qoʻlyozmalarni ilmiy muomalaga kiritishning dastlabki bosqichi ularning tavsifi berilgan fexrest(katalog) lari tuzish va ulardan mutaxassislarni xabardor qilishdir.Shunga koʻra,qoʻlyozmalarni tavsiflash va katologlashtirish qoʻlyozma fondlarida amaliy manbashunoslik faoliyatining keng tarqalgan tiriga aylangan Markaziy Osiyoda ,jumladan Oʻzbekistonda ham bir qancha qoʻlyozma fondlari mavjud boʻlib ,ularning ba'zilaridagina tavsiflash va katologlashtirish ishlari birmuncha jadal olib borilmoqda.Soha mutaxassislarining tan olishicha ,ularda ham hozirgi kungacha qoʻlyozmalarning atigi 30foizigina tavsiflanfan xolos.Boshqa qoʻlyozma xazinalarida ,esa mavjud qoʻlyozmalarning toʻla boʻlmagan roʻyxati ,kartoteka kartochkalari tuzib qoʻya qolingan.
Qoʻlyozmalarni tavsiflash jahon andozalariga moslashtirilgan holda olib borilishi kerak.Qoʻlyozmani tavsiflash uchun u haqida talab etiladigan ma'lumotlarni iloji boricha toʻliq berishga harakat qilinadi.,toki tavsifni oʻqigan tadqiqotchi uchun savolga oʻrin qolmasin .Buning uchun tavsif etuvchi oʻzi aniqlay olmagan faktlarni ham aniqlanmaganini tavsifda koʻrsatish kerak.

Matn ustida ishlash qoʻlyozmaning tashqi belgilarini oʻrganishdan boshlandi.Sharq kiyobat san'ati oʻzining qat'iy prinsiplariga asoslanadi. Masalan,har bir asarning "bismilloh" dan boshlanishi(basmala)soʻng ollohning madhi (hamd,tahmid) va Muhammad(s.a.v) ta'rifi(na't)shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta'lifi kitob)qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin boʻlmagan asosiy prinsiplardandir. Qoʻlyozmaning tafsifiy belgilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi. Matn -kitobning asosiy qismi boʻlib,unga ayrim hoshiya yozuvlari ,jadval,poygirlar kirmaydi. Ichki unvon-tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba'zan boshqa (masalan,qizil)siyoh bilan ,ba'zan y p q harflar+jumladan nasriy asarlarda),ba'zan hozirgidek sahifa oʻrtasida beriladi.
Jadval-sahifada asosiy matnni joylashtirish prinsipi(matn ramkasi). Matnlar turli shakllarda-sidirgʻa,ikki ustun ,toʻrt ustun,zina ,romb,doira,qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bu muayyan darajada bezak vazifasini oʻtab ,she'riy matnlarda ayniqsa , koʻp qoʻllanilgan.
Hoshiya-sahifa chetlari . Jadvaldan tashqarida izoh berish ,parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish ,matn boʻlagidagi fikrni tasdiqlash yoki toʻldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat qiladi. Poygir-oʻzidan keyindi sahifaning shu spz bilan boshlanishini bildirib keluvchi soʻz boʻlib,oʻng sahifaning eng ostiga ,chap tomoniga joylashtiriladi.
Kollofon-kotibning qoʻluozma soʻnggida keltiradigan ma'lumotnomasi. Unda kotib nomi, qoʻlyozmaning koʻchirilish sanasi va kotib mulohazalari beriladi. Qoʻlyozma formati unda yoziladigan xat turi,qogʻoz turi,turli bezaklar ham qoʻlyozmani g tavsifini keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qoʻlyozmalarni tavsiflash shu usullar bilan amalga oshiriladi.Qoʻlyozmalarni oʻrganish va tavsiflash bugungi kun uchun juda ahamiyatli va dolzarb masalalardan biridir desa,xato boʻlmaydi.

Adabiyotlar:
1.Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. T.,2000
2. Terentev-Katanskiy A.P. S vostoka na zapad. M., “Nauka”, 1990
3. Krachkovskaya V.A. Pamyatniki arabskogo pisma Sredney Azii i Zakavkaze do 1X v. Epigrafika Vostoka, 1952
4. Munirov Q. SHarq qo‘lyozmalari. T., 1962.
5. Sbornik st. Rukopisnaya kultura narodov Vostoka. Ocherki. Kn.1. M., 1987.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish