O‘zbek tili va adabiyoti



Download 2,2 Mb.
bet28/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Matn
4. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli. Ayrim ijodkorlar o‘z asarlarini ko‘chira turib, xattotlar faoliyatida ko‘ringan xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Masalan, ayrim harflarning tushib qolishi, sanalarning noto‘g‘ri belgilanishi, sarlavha yoki ayrim jumlalarning qisqarishi mexanik tarzda ro‘y berishi mumkin. Xatoning muallif tomonidan ongli ravishda qilinmaganligini aniqlash muallifning g‘oyaviy pozitsiyasi tahlili, ilmiy-badiiy iqtidori, matn mazmuniga talabchanligi darajasini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
5. Matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini tahlil qilish usuli. Matn qasddan yoki beixtiyor o‘zgartirilganini farqlash murakkab tahliliy jarayonni talab qiladi. Matn o‘zgartirilgan hollar xattot yoki kotibning “o‘ta bilag‘onligi”, shunday bo‘lishi kerak edi yoki bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan iddaoda matnni tuzatib ketishi natijasida yuz beradi. Matnshunos, avvalo, manbalarning xronologik yoshiga qarab farqlar dinamikasini tuzib chiqishi lozim. O‘shanda o‘zgartirish manba “taqdiri”ning qaysi bosqichida yuz bergani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng manbaning ko‘chirilish sanasi, davri va hududi, davrning ustun g‘oyaviy, siyosiy yo‘nalishlari o‘rganiladi. Ushbu tahlillar o‘zgartirish qasddan yoki beixtiyor qilinganligini aniqlab beradi.
6. Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usuli. Matn ustida ishlash qo‘lyozmaning tashqi belgilarini o‘rganishdan boshlanadi. SHarq kitobat san’ati o‘zining qat’iy prinsiplariga asoslanadi. Masalan, har bir asarning «bismillo»dan boshlanishi (basmala), so‘ng Ollohning madhi (hamd, tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi (na’t), shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta’lifi kitob) qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin bo‘lmagan asosiy prinsiplardandir. Qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Matn – kitobning asosiy qismi bo‘lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval, poygirlar kirmaydi. Ichki unvon – tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba’zan boshqa (masalan, qizil) siyoh bilan, ba’zan qalin harflar (jumladan, nasriy asarlarda), ba’zan hozirgidek sahifa o‘rtasida beriladi. Jadval – sahifada asosiy matnni joylashtirish prinsipi (matn ramkasi). Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, zina, romb, doira, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bu muayyan darajada bezak vazifasini o‘tab, she’riy matnlarda, ayniqsa, ko‘p qo‘llanilgan. Hoshiya – sahifa chetlari. Jadval (matn ramkasi)dan tashqarida izoh berish, parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish, matn bo‘lagidagi fikrni tasdiqlash yoki to‘ldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat qiladi. Poygir – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirib keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi (poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi). Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘ngida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirilish sanasi va kotib mulohazalari beriladi. Qo‘lyozma formati, unda ishlatilgan xat turi, qog‘oz turi, turli bezaklar ham qo‘lyozmaning tavsifini keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
7. Kon’ektura yo‘li bilan matnni tiklash usuli. Kon’ektura deganda matn kontekstidan kelib chiqib matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni tiklash tushuniladi. Kon’ektura faqat beixtiyor ravishda yoki e’tiborsizlik tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
8. Qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli. Manbalar qiyosiy o‘rganilganda, ko‘pincha, bir nusxadagi muayyan matn bo‘lagi ikkinchi nusxada tushib qolgan bo‘ladi. U chindan tushib qolganmi yoki aksincha birinchi manbadagisi qo‘shilib qolganmi, bu har ikkala manbani jiddiy tekshirishdan o‘tkazishni talab qiladi. Ushbu tadqiq usuli har ikkala manbaning o‘z “qiyofadosh”larini to‘plashdan boshlanadi. Ikki guruh manbalarini o‘rganish asosida eng qadimiysi aniqlanadi, so‘ng o‘zgarishga uchragan manba davrigacha ko‘chirilgan manbalardagi holat o‘rganiladi. O‘zgarishga uchragan nisbatan qadimiyroq manba uchragan taqdirda, uning tavsifiy, davriy va hududiy belgilarini o‘rganish orqali o‘zgarish bo‘yicha xulosa chiqariladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish