Nazorat uchun savollar:
1. Metod va metodologiya haqida umumiy ma’lumot
2.Tasviriy metod, uning vazifasi va ahamiyati nimadan iborat?
3.Qiyosiy-tarixiy metod, uning vazifasi va ahamiyati nimadan iborat?
4. Chog‘ishtirish metodi uning vazifasi va ahamiyati nimadan iborat?
5.Struktural tahlil metodi nimaning mahsuli va uning vazifasi nimadan iborat?
6.Tasviriy metod bilan struktural tahlil metodi o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
7.Distributiv tahlil metodi uning vazifasi va ahamiyati nimadan iborat?
8.Avtomatik tahlil metodi, uning ahamiyati nimadan iborat?
9.Bevosita ishtirokchilar metodi uning vazifasi va ahamiyati nimadan iborat?
10.Sinergetik metod, uning vazifasi va ahamiyati nimadan iborat?
Mavzuga oid adabiyotlar
Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - T., 2009.
Yo‘ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O‘., Madjidova R.
Tilshunoslik asoslari. - T., 2013.
Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. - T., 2007.
Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010.
Sharafutdinova N.S. Teoriya i istoriya lingvisticheskoy nauki. - M., 2007
4-ma’ruza: TILSHUNOSLIK TARIXI. QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI. QADIMGI GRETSIYA VA RIM TILSHUNOSLIGI
2-soat Reja:
1.Qadimgi Hind tilshunosligi
2.Panini grammatikasi
3.Qadimgi yunon tilshunosligi
4.Tilshunoslikning falsafiy davri
5.Tilshunoslikning grammatik davri
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g’oyalar, kuzatishlar natijasi, «mahsuli» sifatida o’zining alohida o’rganish obyektiga va tekshirish metodiga ega bo’ldi.
Qat’iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga yetib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o’sish» davrini bosib o’tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta’limotlar ta’sirida bo’ldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda ko’plab manbalarga «guvoh bo’ldi», shakllandi. Anig’i, tilshunoslik fani ham jahon fanlari sistemasida o’ziga xos va o’ziga mos doimiy mustahkam o’rin egalladi.
Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta’limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi. O’rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va o’rta Osiyoda taraqqiy qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |