Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor dots. S. U. Xodjaniyazov “ ” 2020-yil «tasavvuf va badiiy ijod»


Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil



Download 1,67 Mb.
bet13/62
Sana02.06.2022
Hajmi1,67 Mb.
#629979
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
2 5242267069512157399

Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil,
Yo bahri inoyatingda mustag`raq qil.
Yo rab, sengadur yuzum qaro, xoh oq qil,
Har nav'e sening rizong erur, andoq qil.
Shoir Allohga murojaat qilib, Yaratgan istagiga ko`ra, uning qahr-u g`azabiga uchrab tuproq, ya'ni xor-u zor bo`lishga ham yoki Uning lutf-u karamidan bahra olib, inoyat dengizida cho`mishga ham tayyor ekanligini e'tirof etadi. She'r qahramoni bir banda sifatida Tangri oldida gunohkor ekanligini «sengadur yuzum qaro» jumlasida badiiylashtiradi. So`nggi misrada esa Allohning rizoligiga erishish istagida har narsaga tayyor turganligi o`z aksini topgan.
Bobur Mirzo Farg`ona viloyatida dong taratgan naqshbandiya tariqatining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Xoja Abdullo Mavlono qoziy hamda Movarounnahr-u Xurosonda buyuk ma'naviy arbob sifatida tanilgan Xoja Ahror Valiyga ixlos qo`ygan. «Boburnoma»da bu ikki ulug` zotdan birining sharofatli duolari, birining esa ruhiy madadi bois yosh shahzoda tang ahvoldan omon qolganligiga dalolat beruvchi lavhalar keltirilgan. Shoir ruboiylarida ilohiy va majoziy ishqni bir o`zanga solingan holda ravon uslubda vasf etilishining sababi ham uning qalbi botiniy ma'rifat nurlari bilan yoritilganidir. Mana bu ruboiyga e'tibor qiling:
Ey yor sening vaslingga yetmak mushkil,
Farxunda hadisingni eshitmak mushkil.
Ishqingni dag`i bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon har sari ketmak mushkil.
Bobur an'anaviy tuyuq janrida ijod qilish bilan cheklanib qolmay, uning to`rt misrasi ham tajnisli qofiyadan tarkib topgan, tajnis radif o`rnida qo`llangan, tajnisdan oldin hojib mavjud bo`lgan, shuningdek, qit`a shaklidagi tuyuqlarni yaratdi.
Vasldin so`z derga yo`q, yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro manga.
O`qung yetti ko`p yomon yoro manga,
Mahrami lutfung bila yoro manga.
“Sabot ul-ojizin” asari. So’fi Olloyorning masnaviy ilohiynoma asarlari ichida avval forsiy tilda yaratilgan, keyin o’zi tomonidan turkiy tilda ham nazm silkiga tushgan “ Sabot ul-ojizin” masnaviysi alohida ahamiyatga egadir. Bu asarida mutaffakir shoir Qur’oni karim oyatlarini, Hadisi sharif hikmatlarini, musulmon ummati uchun farz va sunnat bo’lgan ahloq normalarini masnaviy shaklida ifodalagan. Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to’g’ri yo’lni-najot yo’lini ko’rsatib bergan. Asarda insof-u adolat, tenglik ulug’lanadi, zulm va shafqatsizlik, xudbinlik, nopoklik, nafs-havoga berilish shariat nomidan qoralanadi, mehr-muruvvat, pokko’ngillik, himmat va sahovat, xilvat va uzlat gashti, shirin tillilik, kamtarlik fazilatlari madh etiladi. Ularning ta’rif va tavsiflari uchun diniy muqaddas kitoblardan qanchadan-qancha hikoyalar, rivoyatlar, naqllar, ma’vizalar keltiriladi. Pirning shogirdlarga ma’vizalari, talab va nasihatlari, pir va shogird munosabatlari asar kompozitsion qurilishini tahkil qiladi.
“Sabot ul-ojizin” ni o’ziga hos ilohiynoma, din shariat ahkomlaridan bahs etuvchi axloq va pand - nasihat kitobi deyish mumkin. U inson ma’naviy-ruhiy sabotini ulug’lovchi, inson aql va sabotga tayanganda har qanday oshiqlik kuch va matonatga aylanishini tasdiqlovchi asardir. Bu asarga sharhlar yozilgan. Shunday tafsir-sharhlardn biri Rusiyaning bulg’or qavmidan bo’lgan Tojuddin Yochig’il qalamiga mansubdir. Yana biri Ubaydulloh ibn Islomquli qalamiga mansub “Sharhi sufiya” kitobidir.
Ochiqko’ngillik kushoda yuz li bo’lg’il,
Muruvvatlik, muloyim so’zli bo’lg’il.
Musulmon o’g’lig’a yahshi qiliq qil,
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil.
G’araz ey, odami saqla o’zingni,
Gunoh mahram sari solma ko’zingni,
Agar rutbang erur a’loyi ofoq,
Yiqilgan hastalarni holina boq.
Qoracha o’g’li xoja o’g’lidin kam,
Muallim bo’lsa saiddan o’tar ham.
Keley, tolib ko’zing ibrat bila och,
Muhabbatsiz kishidan qush kabi qoch.
Shoir, kibr-havoga berilishni, manmanlikni keskin qoralab, riyokorlik, pastkashlik shulardan kelib chiqib chiqishini eslatadi. Komil bo’lay desang, o’zingni kamtar tut! Daraxtning mevasi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik egilib turishidan ibrat ol, deydi u.
Agarchandiki gavhar poradursan,
Yaqin bil, bandai bechoradursan,
Hamisha, bandadandur zor qilmoq,
Na haddur, boshini yuqori qilmoq.
Tavozu’lik bo’lib, tutgil o’zing kam,
Shajarkim bo’lsa mevalik, bo’lur ham.
Terakkim, ul ko’tardi yuqori bosh,
Samarsiz bo’ldi, ko’rdungmu oni fosh!
Kishikim, xoki rahdur, beriyodur,
Yaqin bilgilki, ko’zga to’tiyodur.
Mutafakkirning xushmuomalalik, shirintillilik haqidagi mana bu hikmatlarga to’la misralari ham qadrlidir:
Yomon til goh sarg’aytirar yuzingni,
Tuman boshingni, termiltirar ko’zingni…
Musulmon o’g’lig’a ayhshi qiliq qil…
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil…
Kishi san chiq so’z aytsa san chiq ondin,
Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin...
Sofi Olloyor e’tiqodicha, insonning ma’naviy jihatdan barkamolligi uning ruhiy olami bilan bog’liq. Shuning uchun odam yahshi ishlar bilan shug’ullanishi, yahshi, ibratli amallarni o’zlariga aksb qilib olishi shart. Buning uchun esa, uning ruhiyati musaffo, ko’ngli pok bo’lishi zarur:
Hama a’zo raiyatdur, ko’ngil-shoh,
Amonlig’ bo’lg’usi shoh adlidin roh.
Agar sulton o’zi qilsa yomonlig’,
Qachon bo’lg’ay raiyatda omonlig’.
Ma’lum bo’layotirki, bu o’rinda shoir kuchli qiyos, tanbehni qo’llagan. U inson vujudini harakatdagi jamiyatga o’hshatib, vujudning a’zolarini xalqqa-raiyatga, ko’ngulni esa, xalqni boshqaruvchi shohga-sultonga qiyoslanmoqda.
Agar shoh adolatli bo’lsa, ya’ni ko’ngli toza va to’g’ri bo’lsa, xaloyiqni to’g’ri yo’lga boshqaradi, davlat va jamiyat ravnaq topadi va agar shohning o’zi adolatsiz bo’lsa, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi. Demak, ezgu faoliyat ko’ngilni poklashni taqozo etadi; Ko’ngilni poklash esa, uzluksiz Olloh yo’lida imonli bo’lishni, riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayondir.
Bunga misol yong’oqdir:
Riyozat mevasidir misli yong’oq,
Agarchi zohiri shax, botini yog’.
Maishat zohiri narm, oxiri qahr,
Yilonni toshi yumshoqdur ichi zahr…
Shoir talqinicha, rizoyatning mevasi bamisoli yong’oqdir. Riyozatning tashqi ko’rinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat bo’laganidek, yong’oqning ham po’chog’i qattiq, ammo mag’zi yogdek yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga o’xshatiladi. Maishatninng tashqi oqibati qahrg’azab, u ba`zan fojea bilan yakunlanadi. Ilonning ham badani yumshoq, ichi esa to’la zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprog’iga har kun bosh qo’yishga-ibodat qilishga chorlaydi:
Riyozat hokiga har kecha ur bosh,
Yurak qon bog’lasa, la’l otanur tosh.
Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bog’lab, la’l toshidek qip-qizil tus oladi. So’fi Olloyorning masnaviy o’gitlarining aksariyati sermag’iz yong’oqqa o’xshaydi. Uningcha, kerak joyda ko’p so’zlashdan saqlanish nutq odobidir;
Kalidi ganji mani’kim “zabondur”,
Anga bir nuqta ko’p bo’lsa ziyondur.
Farg`оna zaminining yana bir e’tibоrli ulamоsi va shоiri Хo`janazar G`оyibnazar o`g`li Huvaydо (1704—1780) tasavvuf adabiyotining yirik namоyandasi bo`lib, bizgacha shоirning yеtib kеlgan dеvоni (unga g`azal, rubоiy, to`rtlik, muхammas, musaddds, musamman, mustazоd, masnaviy kabi shе’riy janrlarda yaratgan asarlari kiritilgan) va «Rоhati dil» dоstоni uning ijоdida mutasavviflik bоsh mavzu ekanini tasdiqlaydi. Ilоhiy va majоziy ishq talqinida shоirning
Muhabbatdan muhabbat bo`ldi paydо,
Muhabbatsiz оdamdan qоch, Huvaydо
bayti el оrasida mashhur. «Rоhati dil» dоstоni 30 bоbdan va «Ibrоhim Adham qissasi»dan ibоrat. «Rоhati dil»da islоm va tasavvuf ta’limоtining umuminsоniy g`оyalari ibratli hikоyatlar vоsitasida bayon etiladi.

Huvaydoning “Rohati dil” asarining asosiy g’oyasini insonning ichki dunyosini shakllantirish, eng avvalo, insonda e’tiqodning sobit o’rin olishi, so’ngra islom dini ruknlariga ongli ravishda amal qilish kabi mavzular tashkil etadi. Dostonga kirgan har bir hikoyada unIng qahramonining o’ziga xos ilohiy tuyg’ular bilan to’lib-toshgan. Bunday omil asar qaramonlarining hayajonli va to’laqonliligini ta’minlagan. Hikoyalarning deyarli barchasida voqealarning ishtirokchilari muallifning falsafiy e’tiqodi bilan chambarchas bog’langan insonlardir. Ular ikki guruhga: birinchi guruhdagilar iymon, soflik, halollik, poklik, insoniylik kabi fazilatlar timsoli sifatida rivoyatlarda ishtirok etsalar, ikkinchi guruhdagilar buning aksi, ya’ni g’azab-nafra uyg’otadigan obrazlardir. Shuningdek, asardagi turli xil ibratomuz voqealar asar qahramonlarining taqdiri bilan mustahkam bog’lanib ketadi. Har bir qahramon o’z qilmishi, yurish-turish va amallariga ko’ra ma’lum bahoga sazovor bo’ladi.

“Rohati dil” asari hamd-u sano, Rasulullohga na’t bilan boshlanadi. So’ngra Jabroil alayhis-salomning tobut haqidagi hikoyati bayon etiladi va Muhammad payg’ambarning Choyorlari – Abu Bakr as-Siddiq, Umar, Usmon, Ali ibn Tolib hamda imom Hasan va Husayn shahzodalarga bag’ishlov boblari keladi. Muallif kitobning yozilish sabablaridan so’ng, qiyomat kunining sharhini tafsiloti bilan so’zlaydi. Asarda ibratomuz hikoyalar birma-bir bayon qilinadi. Asar “Munojot ba jonibi qoziyu-l-hojat” ya’ni, Olloh-u ta’ologa murojaat, iltijo bilan yakunlanadi.

Asarda Ahmad Yassaviy, Rabg’uziy, Navoiy, Mashrab, So’fi Olloyor asarlaridagi diniy ma’rifiy mavzu va g’oyalar rivojlantirilgan. Shu bois, shoir uni “g’ofillarga tanbeh”, saboq bo’lishi uchun yozganligini asarda ta’kidlab o’tadi:

Talab qil, ma’naviy ganj, ey birodar,


Vagarna sandin avlo ila xar.
Talab qil , bo;lsa ganji beziyoni,
Sanga bo’g’ay chu umri jovidoni.
Kishi bo’lmasa ma’nidin xabardor,
Ani odam dma, de naqshi devor.
Ketar, bil insof-u diyonat,
Kecha- kunduz bo’lur fikri xiyonat.
Yig’ilsa mol-u mulkat misli Qorun,
Ko’zi to’ymas, qilarder boz afsun ...

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish