Zоti pоking bo’lmasa, оlamda оdam bo’lmasun.
Оlti baytli ushbu g’azalda shоir ilоhiy ishq kеchinmalarini tasvirlashni nazarda tutgan. Ma’lumki, оlam va оdamning mavjudligi, bir-biriga munоsabati ilоhiy
tahlili bilan bоg’liq.Ularning mоhiyatini anglash kоmillashish, ilоhiylashish bilan barоbar. SHu sababli lirik qahramоnning asоsiy maqsadi ham ana shu - asl mоhiyat. U mоhiyatsiz hodisada mantiq, ko’rmaydi.
Yangi оy yor yuzi birla ko’rub el shоdu bayramlar,
Manga yuzu qoshindin ayru bayram оyida g’amlar.
matla’si bilan bоshlanuvchi g’azalni ham shоir hasbi hоli bilan bоg’liq zоhiriy va mоhiyatu hоdisa munоsabatlariga alоqadоr bоtiniy mazmunda anglash lоzim. Adabiyotshunоslikda uning yor va diyordan ayrо оshiq kеchinmalari sifatidagi talqini ma’lum. Ammо, g’azalni mutоlaa etib, uning zamirida ramzlar vоsitasida ilоhiy оshiqlikka ham ishоralar bоrligini ko’ramiz:
Mеnu g’am kunjiyu оhu fig’onu ashki хunоlud,
Nе hushdur go’shai хоliy, mayi sоfiyu hamdamlar.
G’am, оh, ashk, kimsasiz go’sha, sоf may bilan hamdamlik оshiqqa mushоhada imkоnini yaratadi. "Mushоhada esa o’z navbatida g’ayb pardalarining оchilib, ilоhiy sirlarning kashf etilishiga yo’l оchadi". Shunday ruhiy hоlat tasviridan so’ng esa shоir "yuz navro’zu bayramlardan" a’lо "yuzi navruziyu vasl iydi" haqida shavq bilan so’zlaydi:
Yuzi navro’ziyu vasli iydin, Bоbur,g’animat tut,
Ki mundin yaхshi bo’lmas, bo’lsa yuz navro’zu bayramlar
Iymоn-e’tiqod ko’ngil ishi. U ruhiy ehtiyoj mahsuli. E’tiqodni ko’rsatmalar vоsitasida singdirib bo’lmaydi. Buni yaхshi tushungan shоir zоhid ko’rsatmalaridan оg’rinadi. Shaхs erkini qadrlashni talab qiladi:
Agar muslihmеn, ar mufsid va gar оshiqmеn, ar оbid,
Nе ishing bоr sеning, zоhid, mеningki iхtiyorim bоr
Shоir lirik qahramоni e’tiqodni, tоat-ibоdatni yuzaki tushunmaydi. Bоtiniy a’mal dеb biladi.
Ibоdat vaqti bo’lsa har nеcha mеhrоb o’trumda,
Qoshin naqshin tasavvurqilmag’uncha yerga bоsh chоlmоn
Lirik qahramоn ishqni taqvо bilan qiyoslaydi. Haqiqiy ishqqa giriftоr bo’lgan оshiq o’zini, bоrlig’ini unutadi. Fikru yodini mahbuba hayoli cho’lg’aydi. U jazba holatiga tushadi. Shuning uchun ham оshiq nazdida, taqvо ishq bilan muqoyasalanganda, majоziy, malakaviy vоsita bo’lib ko’rinadi:
Ishq, bоrida salоhu tavbau taqvо
Barchasi tahqiq, bil majоz ko’rundi
Tasavvuf ta’limоti bo’yicha, vujud sоlikni asl muddaоdan chalg’itadi. Shu sababli ham, avvalо, u shu ashaddiy raqibni, ulkan to’siqni yеngishga da’vat etiladi:
Tan hijоbin ra’f qil gar yor vaslin istasang,
Ey ko’ngul, bilkim arоda hоyil ushbu pardadur
Tariqat maqomlarining eng yuqori bоsqichi fanоdir. Bu mоhiyatan o’zlikdan kеchib,o’zi bilan tirilishdir. Ya’ni, bu bоsqichda sоliq vujudiy intilishlardan fоrig’ bo’ladi. Faqat jamоlga ehtiyojgina qoladi. Butun nafsоniy g’оvlarni yеngib yagоna-Ilохiy birlikka erishadi. Bоburning yuqoridagi baytida ana shu mоhiyatga e’tibоr qaratilyapti.
Sharq lirikasida ishqu muhabbatni kuylash asosiy mavzulardan biri bo’lib kelgan.Atoyi g’azallarining ham bosh g’oyasi va asosiy ohanglarini ishq va u bilan bog’liq fikru tuyg’ular tashkil etadi.
Atoyi she`rlaridagi ishq talqinini faqat dunyoviy va hayotiy Ishqiy kechinmalar bilan chegaralash hamda tushunish shoir ijodiga bir yoqlama baho berishdir.Shoir she’rlaridagi majoziy ishq tasviri haqiqiy ishq talqqini bilan uyg’undir.Navoiy ta’biri bilan aytganda Atoyi ham ”majoz tariqi bila haqiqat asrori”ni kuylagan shoirdir.
Atoiy “majoz tariqi bila haqiqat asrori“ni, oshiqlik, komillik va oriflik, pok muhabbat va muqaddas visolni mahorat bilan kuyladi .
Tuno kun bir oqil ko’rgan kishi.
Ilg’ay olmaydur bu kun Majnuni shaydodin meni.
Chun siflalar nasibi bo’lubtur Hirotu Tun chun,
Kel, xirqa kiy, Atoiy, ravon bo’l Hirottin.
Kes boshimni, yerga sol, yotsun qaro zulfing bikin,
Gar nazar qilsam yuzingdin o’zga yuzga qayrilib.
Ishq zar-zo’r bilan emas, balki samimiyat va sadoqat bilan bog’liq:
Oshiq ermas ul mahvash, kim tilar zar birla vasl,
Oshiq uldur, kim visoling naqdin istar zoridin.
“Vasl no’shi dunyoda bo’lmas Atoiy, neshsiz” degan shoir keksalik ayyomiga qadar ham sevgining zavq-shavqi va dard-alamini kuylaydi.
Ishqingda qaro boshim oqardi,
Bir boqmadi ko’z qaroqi birla.
Atoyi g’azallarining g’oyaviy mavzusi asosan: oshiqona; diniy-tasavvufiy; peyzaj xarakteridadir. Atoyi ilohiy ishqni kuylaganda go’zallik, hayot, koinot, inson haqida fikr yuritib, ularni ta`riflaydi va ulug’laydi. Zero, shoir mavjudot va mahluqot vujudi mutlaq xohishi va jamoli tajallisidan bunyodga kelgan, uning husni va qudratini ko’z-ko’z qiladigan borliqdir deydi. Majoziy ishq haqida yozganida esa ma’shuq, yor, do’stlar, go’zallikni ta’rif-tavsif etib, o’zida haq ishqini mujassam etgan inson orqali yaratuvchining san’ati, qudrati va mo’jizakorligini tarannum etadi.
Atoyining ilohiy ishq kasb etadigan g’azallari majoziy mazmundagi g’azallardan ohangi,obrazlari,mazmuni bilan biroz farq qiladi.Bunday g’azallardagi “xol”, ”zulf”, ”gul”, ”’bulbul”, ”raqib”, ”may”, ”maayxona”, ”ma’shuq” kabi obrazlar o’zgacha ma’no kasb etadi.
“Yor g’amin tark et , Atoiy” – dersan , nosih vale ,
Tark etarmu odame hargiz qadimiy hamdamin ?
Atoiy « jannatning eski bog’i » deb ta’riflagan « yuzi navbahor » yordan voz kechmaydi :
Sa’y etar zohid meni jannatning eski bog’ina ,
Men borurmanmu yuzungdek navbahorimdin yiroq .
Binobarin , u « Huru qusur kavsaru to’bi » larni zohidning o’ziga havola qilib , dilbarining visoliga oshiqadi .
Zohido huru qusur , kavsaru to’bi sango ,
Bizga dilbar vaslidur dunyovu uqbodun murod .
Atoyi lirikasidagi ishq mavzuiga umumiy tarzda shunday xarakteristika berish mimkin: Shoirning lirikasidagi ishqiy g’azallarda insoniy muhabbat, hayotning, umrning g’animatligi, shirinligi bilan birga majoziy, so’fiyona obrazlar orqali ilohiy ishq tarannum etilgan. Ba`zi g’azallarda majoziy ishq, ba`zilarida sof ilohiy ishq, ayrim g’azallarda majoziy va haqiqiy ishq qorishib, omuxta tahrirlanganining guvohi bo’lamiz. Bunday g’azallarni ajratish uchun, albatta, har bir kishi tasavvuf adabiyotidan, undagi timsollar mohiyatidan yaxshi xabardor bo’lishi kerak.
Shayxzoda Atoyi devoni shunday bayt bilan boshlanadi:
Eyki xo’blar ko’zgusinda o’zin izhor aylagan
Ham o’zi ul ko’zguga boqib meni zor aylagan.
Ushbu baytdagi “xo’blar ko’zgusi “ istioraviy ibora bo’lib, ikki xil ma’noni anglatadi:
yaxshi kishilar, komil insonlar yoki komil insonlar yuzi, qalbi. Ko’zguning ham tasavvufda manosi bor.
Xo’blar ko’zgusi – borliqdagi barcha go’zal ashyolarning zamirida yotuvchi ilohiy mohiyat va buyuk qudratdir. Atoyi jannatda ilohiy husndan umidvorlikni, eng ulug’ ne`mat – Alloh jamoliga musharraf bo’lishdek ishtiyoqini o’ziga hos tarzda tasvirlaydi:
Bo’lsa Jannatda Atoyi sensizin qilg’ay fig’on,
Soldilar do’zaxga deb firdavsi a’lodin meni.
Yoki:
Jannatda gar tajalli husningni ko’rmasam,
Kavsar suyi so’g’olsinu ham hur bo’lmasun.
Shoir e’tiroficha ilohiy marhamatga beqiyos jamolga avvalo Haq oshiqlari, komil insonlar muyassar bo’ladilar. Komil inson tushunchasi “sohibnazarlar”, “sanamlar”,”ahli dillar”, “oshiqlar”, “sarv qadlar”, “xo’blar” kabi istioraviy ibora va nomlar bilan devonda uchraydi:
Tut go’sha Atoyi, sanamlar ko’zi bikin,
Sohibnazar bo’l, ahli jahondin kamora qil.
Yor g’amin vajhi mayishat qil Atoyi dunyoda
Kim, budur sohibnazarlar ollida husni maosh.
Yuzingda obidi asmon ko’rsa Haq nurin,
Qilib sujud, degay yo sanamni, yo samadi.
Atoyi zamondoshlari ijodida ham komil inson ta’rifiga tez-tez duch kelamiz.
Obraz – sa’nat va adabiyotning o’ziga xos bir kategoriyasidir. Ijodkor biror voqelik yoki narsa va hodisani mushohada etib, ularni hissiy – emotsional tarzda ifodalaydi. Obraz va obrazlilik har bir badiiy asarning qoni, eng muhim xususiyati hisoblanadi. Obrazlar mundarijasini belgilash hissiy yoki fikriy manzaralarni aniqlashda tasvir vositalari (o’xshatish, ramz, itiora va sifatlash kabi )larning muhim ahamiyatga ega ekanligiini ham qayd etish zarur.
Ishqiy g’azallardagi obrazlar sistemasi asosan oshiq va ma`shuq munoisabatini hartaklterlashga xizmat qiladi. Ba’zi obrazlarning badiiy ahamiyatini yanada teran ochib berish uchun ularning uzoq asrlik takomilini tadrijiy rivojini bilish lozim. Masalan, obraz yaratilishining vosiata omillaridan biri bo’lgan tashbeh sa’nati orqali yuzni oyga, gulga, shamga, quyoshga va boshqalarga o’hsxatish Sharq she’riyatida jumladan arab, fors va turk xalqlari adabiyotida an’anaviy qoidaga aylandi. Ayni paytda zilf, qosh, ko’z, kiprik, qoboq, xol, yonoq, og’iz, lab, tish, engak, soch kabi insonning har bir uzvi bilan bog’liq o’ziga xos tadrijiy vositalar ham an’anaviylik kasb etadi. Majoziy g’azallar bilan birga tasavvufiy g’azaallarning ham o’z obrazlari istilohiy atamalari ishlab chiqildi va keng tadbiq etildi. G’azal va undagi obrazlar shu darajada rivojlanib, takomillashib ketdiki ayrim g’azallardagi yor, zulf, hol, xat, nay kabi obrazlarni ham majoziy ham haqiqiy ma’noda talqin qilih mumkin bo’lib qoldi.
Ko’zingek fitna yo’q davri qamarda
Labingdek tama yo’q qandi shakarda
Yuzingda topdim har ne tiladim
Tilakjlar tush bo’lur oyu saharda
Xating fikrimda ko’nglimni munajjim
Ko`rar har lahza yuz turli xatarda
Topilmas nasli odamin seningdek
Yuzi oy kun tug’ardin kun botarda
Beling fikri xayolim bog’lamoqda
Tasavvur qilmas el illo kamarda
Ko’zing ko’nglim olurg’a mayl qilsa
Turubtur ushmunda son ham nazarda
Atoini o’shal bemor ko’zlar
Tutibdurlar davosiz dardisarda
Ushbu tavsifiy g’azalda lirik qahramon holati hamda ma’shuqning ko’z, lab, yuz, xat, bu kabi a’zolari turli badiiy vositalar va usullar, qiyoslar orqali tavsiflangan. G’azaldagi obrazlar va ifoda usuli garchi an`anaviy bo’lsada, lekin shoirning ularga yangicha munosabati ham mavjudki, obraz haqida gapirganda ana shu jihat e`tibordan qoilmaslilgi lozim.
Mazkur g’azaldagi she’riy obrazlarning an`anaviyligi, majoziy hamda ilohiy mazmun mohiyatga egalini tahlil jarayonida kuzatish mumkin.
Bobur Mirzo she'riyatida Allohga solih banda bo`lish umidi balqib turgan, uning rizoligiga erishishdek ulug` saodatga musharraf bo`lish orzusi ufurgan hamda ulug` Tangrining buyukligini vasf etuvchi ruboiylar mavjud. Jumladan, quyidagi ruboiy Bobur Mirzoning hayot sinovlaridan o`tgan bukilmas irodasi Allohning rizoligiga erishish yo`lida ham benazir ekanligini dalillaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |