Kirish
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda “Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari” fanining mazmunini yoritish, nazariyani amaliyotga tatbiq qilish, til birliklari, til hodisalarining amaliy qiymatini aniqlash, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarni belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, zamonaviy yo`nalishlar, jarayonlar, til birliklarining tizim sifatida mavjudligini asoslash, lingvistik strukturani nazariy muammolar va amaliy tilshunoslik asosida tahlil qilish kommunikatsiya tizimining asosiy vositasi bo‘lgan til mohiyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
I.O ‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari” fanining mazmunini yoritish, nazariyani amaliyotga tatbiq qilish, til birliklari, til hodisalarining amaliy qiymatini aniqlash, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarni belgilash, tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari muhim xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish, zamonaviy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklarining tizim sifatida mavjudligini asoslash, lingvistik strukturani nazariy muammolar va amaliy tilshunoslik asosida tahlil qilish kommunikatsiya tizimining asosiy vositasi bo‘lgan til mohiyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek tilshunosligining bugungi taraqqiyot bosqichida til tizimi va inson lisoniy faoliyati mexanizmini til egasi bo‘lgan shaxs, uning lisoniy ongi va tafakkuri, ruhiyati; nutqiy vaziyat, ijtimoiy muhit, xalq madaniyati kabi omillar bilan bog‘liqlikda o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. XX asr so‘nggida tilshunoslik ilmiy paradigmasiga «til shaxsi» kategoriyasining kiritilishi bugungi kunda assotsiativ lingvistika, kognitiv lingvistika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, pragmalingvistika, etnolingvistika kabi inson fenomeni muammolari bilan shug‘ullanuvchi lingvistik yo‘nalishlarning shakllanishiga olib keldi. Tilni o‘rganishga bu jihatdan yondashuv jahonning qator tilshunosliklarida mustaqil ilmiy paradigma sifatida shakllanib ulgurgan, biroq o‘zbek tilshunosligida endigina rivojlanayotgan antropotsentrizm g‘oyalarining chuqurroq ildiz yoyishiga turtki beradi.
“Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari” fani bo‘yicha o‘tiladigan o‘quv soatlari ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Mazkur fan mazmuni o‘quv rejadagi o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda bakalavrlarning tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari bo‘yicha kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |