O`ZBEK TILI SINTAKSIS
SHUXRAT SOTVOLDIYEV 33 210 87 88
AJRATILGAN BO’LAKLAR
Bir bo’lak ma’nosini ta’kidlab, izohlaydigan va boshqa bo’laklardan balandroq
ohang bilan aytilib, ulardan ajralib turadigan bo’laklar ajratilgan bo’lak deyiladi.
Ajratilgan bo’lakl
arning ikki xil vazifasi bor:
1. Ta’kidlash, bo’rttirish
2. Konkretlashtirish, tushuntirish
Ajratilgan bo’laklar ikki xil usulda ajratiladi:
1. Tartibni o’zgartirish orqali
2. Bir nomni boshqacha nomlash orqali
Tartibni o
’
zgartirishda ajratmoqchi bo
’
lingan bo
’
lak gapning oxiriga o
’
tkaziladi va
bitta so
’
z bo
’
lsa undan oldin vergul, kengaygan bo
’
lsa undan oldin tire qo
’
yiladi.
Chiroyli gullar terdim. Gullar terdim, chiroyli.
Sizga xushbo’y, muattar gul keltirdim.
Sizga gul keltirdim
–
xushbo’y, muattar.
Bir nomni boshqacha nomlashda biron bir bo’lakning yoniga xuddi o’sha
bo’lakning ma’nosini beragidan, aniqroq tushuntiradigan so’zni qo’shamiz. Bunday
paytda vergul, tire yoki qavs ishlatilishi mumkin.
Men unga, Karimga to’liq ishonaman.
Men ko’chada do’stimni –
Qodirni ko’rdim.
Menga lingvistika (tilshunoslik) yoqadi.
KIRITMALAR.
So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi
munosabatlarini ifodalovchi sintaksis birliklarga kritmalar (kirishlar) deyiladi.
Kiritmalar so`z va birikma holatida bo`ladi. Albatta, ehtimol, chamasi, balki.
Kirishlar gapning boshqa bo`laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi.
Shuning uchun u boshqa gap bo`laklaridan farq qiluvchi alohida ohang bilan talaffuz
qilinadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi.
M: Ehtimol, u bugun kelmas. U bugun, ehtimol, kelmas. U bugun kelmas, ehtimol.
So`zlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda
ekanligiga qarab, quyidagi kiritma so`zlardan muvofig`ini qo`llaydi:
I. Tasdiq munosabatini ifodalamoqchi bo`lsa, darhaqiqat, haqiqatan ham, to`g`ri
II. Ishonch munosabatini bildirmoqchi bo`lsa, albatta, shubhasiz, shaksiz.
III. Gumon ma`nosini
ifodalamoqchi bo‘lsa, ehtimol, balki.
IV. Chama-taxmin ma`nosini ifodalamoqchi bo`lsa, chamasi, chamamda, taxminan
So`zlaridan foydalanadi .
Kirish so‘zlarning o‘z qo‘llanilish uslublari bor:
-
Shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so‘zlari
kitobiy
uslubga xos.
-
Shaksiz, fikri ojizimcha so‘zlari
badiiy uslubga xos.
-
Bayon qilinishicha so‘zi
publitsistik uslubga xos.
Menimcha, sizningcha, uning ta‘kidlashicha, fikri ojizimcha, aytishlaricha
singari kirishlar fikrning kimgadir qarashli ekanligini bildiradi.
Birinchidan, ikkinchidan, avvalo, avvalambor singari kiritmalar
o‘z fikri
tartibiy qismlarining ahamiyatlilik darajasini
ifodalaganda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |