O`ZBEK TILI SINTAKSIS
SHUXRAT SOTVOLDIYEV 33 210 87 88
Sintaktis
So
’
z birikmasi va gap
Nutqimizda gaplardan foydalanamiz.
Gap tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bog‘langan
bo‘ladi. So‘zlar bog‘lanis
hi uchun:
1) ular mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘ladi. Masalan, kitob o‘qimoq, maktabga
bormoq.
Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi so‘zlari mustaqil so‘z
bo‘lmaganligi uchun so‘zlarning bog‘lanishiga misol bo‘lolmaydi;
2) so‘zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim. Masalan, oyna so‘zining ma’nosi
sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo randalamoq, uzilmoq so‘zlariga mos emas.
Shuning uchun nutqda ma’nosi mos bo‘lmagan so‘zlarni bog‘lash xato bo‘ladi;
3)
so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Masalan,
Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‘shimchalar to‘g‘ri
qo‘llangan. Lekin
Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‘ shimcha
noto‘g‘ri qo‘ll
angan.
So‘zlarning gapdagi bog‘lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‘rganuvchi bo‘lim
sintaksis deyiladi. Tovushlardan so‘z va qo‘shimchalar, so‘z va qo‘shimchalardan gap
hosil
bo‘ladi. Gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Mustaqil so‘zlarning
nutqda bog‘lanishidan so‘z birikmasi hosil bo‘ladi.
So‘z birikmasi bo‘lish uchun:
1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim;
2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak;
3) so‘zlarning
biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi za
rur;
4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak.
So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z, keyin kelgan so‘z hokim so‘z
deyiladi. Tobe so‘z hokim so‘z ma’nosini izohlaydi, to‘ldiradi. Nutqda biri ikkinchisini
izo
hlamaydigan bog‘lanishlar ham mavjud: olma va anor; o‘qidi va yozdi; Salim, Halim
kabi.
Bir mustaqil so‘z boshqa mustaqil so‘zni izohlaydigan bog‘lanish tobe bog‘lanish
deyiladi. Bir mustaqil so‘z
boshqasiga ergashmay, izohlamay bog‘lansa, teng
bog‘lanish deyiladi. So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi:
yoshlar va kelajak,
otam bilan onam, oy hamda quyosh. Teng bog‘lanishda tobe va
hokim so‘z bo‘lmaydi, ikkala so‘z ham teng huquqli bo‘ladi.
So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga
qarab, ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z
birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi.
Otli so‘z birikmasida
hokim so‘z ot, sifat, son, ravish va otlashgan so‘zlar
bilan
ifodalanadi: shaharning ko‘chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug‘ur
-
chug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, do‘stlarning barchasi, o‘qdan tez kabi.
Fe’lli so‘z birikmasida
hokim so‘z fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o‘qidi,
daftarga
yozmoq, tez yugurgan,
ohista gapirish, ta’sirli so‘zlab, zavq bilan o‘qimoq.
So‘z birikmasi so‘z qo‘shilmasi (teng bog‘lanish) va qo‘shma so‘zga o‘xshaydi.
So‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo‘shma so‘z nutq
jarayonigacha mavjud bo‘ladi va u lug‘atlarda aks etadi.