O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Download 1,9 Mb.
bet199/202
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#242347
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril

NIMASABABDANQUYOSHTUTILADI?

Quyoshning tutilishida uch samoviy jism: Oy, Yer va Quyosh ishtirok etadi. Ma’lumki, Oy Yer atrofida aylanadi, Yer esa o'z navbatida to'xtovsiz quyosh atrofidagi orbita bo'ylab harakat qiladi. Shunday qilib, vaqti-vaqti bilan Oy Yer va uni yoritadigan quyosh o'rtasiga tushib qoladi. Shu holatda quyosh tutilishi degan hodisa ro'y beradi. Quyosh faqat yangi oy chiqqan kezlar tutiladi, chunki ayni shu vaqtda Oy Yerning quyoshga qaragan tomonida joylashgan bo'ladi. Agar Oyning orbitasi ham Yerning orbitasi joylashgan tekislikda bo'lganida edi, quyosh har yangi oy chiqqanida kech tutilar edi. Biroq Oy Yer atrofidagi 29,5 kunlik harakati vaqtida, odatda, Yer bilan Quyosh o'rtasidagi to'g'ri chiziqni chetlab o'tadi.

Munajjimlar Quyosh tutilishi boshlanishini va u qancha davom etishini oldindan sekund-sekundigacha aniq aytib bera oladilar. Shuningdek, ular oldindan bu tutilish to'la, qisman yoki halqasimon bo'lishini ham ayta olishadi.

Agar Oy Quyoshni butunlay to'sib qo'ysa, bu to'Ia tutilish deyiladi. Ammo Yer bilan Oy o'rtasidagi masofa doimo bir xil bo'lmaydi va u ko'pincha juda uzoq bo'ladi. Bu esa Quyosh tutilishiga hamisha ham imkon beravermaydi, shunda Oyning qora gardishi butun Quyoshni to'sib qo'yadi, biroq uning aylanasi bo'ylab ingichka ko'rinib turadi. Bu quyoshning halqasimon tutilishini bildiradi. Oyning Quyosh yuzasini qisman to'sib qofcyishi qisman tutilish deyiladi.

Quyosh har yili kamida ikki marta tutiladi. Ularning soni beshtagacha ham yetishi mumkin. Yer sharining ma'lum bir qismida quyoshning to'la tutilishini har 250—300 yilda bir marta kuzatish mumkin. Shuning uchun munajjimlar butun Yer vuzi bo'ylab Quyoshning to'la tutilishi ortidan «quvib» yurishadi.

Lug'at


samoviy - небесный tutilish - затмение chiziq - черта, линия halqa - кольцо

chetlab o'tmoq - обходитьстороной munajjim- ясновидец

ILON QAYT QILGAN SUT

Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino har kuni ertalab uyidan chiqayotganida, uning eshigi oldida bemorlar ikki tomonga tizilishib qator o'tirishar ekan. Uydan chiqib ketayotgan vaqtida u kasaliarga qarab? ulardan hol-ahvol so'rar va: «Siz falon narsa bilan kasalsiz, buning davosi falon narsa», - deb o'tib ketar ekan.

Bir kuni u bir bemorga juda diqqat bilan qarab turibdi-da, unga lom- mim demasdan, boshqalardan hoi so'ragani o'tib ketibdi. Bu holdan bemor juda xafa bo'lib, hatto xayotdan ham umidini uzibdi. Uyiga qaytib kelib: «Men shu kasalimdan oMar ekanman. Agar o'lmaydigan bo'lganimda edi, Ibn Sino sal e'tibor berib qarardi. U bo'lsa so'rashga ham loyiq ko'rmadi. Endi go'ru kafanimning hozirligini ko'raveringlar», - debdi.

Shu tariqa bemor o'zining oMimini kutib yotibdi. Bir vaqt uyning burchagidagi teshikdan bir zaharli ilon chiqib, o'rmalab kelaveribdi. Hon uyning o'rtasida turgan bir kosa sutga yaqinlashib, sutni o'z damiga tortibdi, bir ozdan keyin ichgan sutini qaytadan kosaga qayt qilib tashlabdi. Buni kuzatib turgan bemor ilon iniga qaytib ketgandan keyin, o'zicha o'ylab, bari-bir oMar ekanman, tuzalishimdan-ku hech darak yo'q, kel, shu zaharli sutni ichay-da, o'lsam oMib qo'ya qolay, degan qarorga kelibdi. So'ngra u sutni simirib ichibdi. Lekin bemor оЧтау, aksincha, tobora tuzala boribdi. Kundan-kunga tuzalib borayotganini sezgan bemor o'zining oMmaganini, balki sogfclig"i borgan sari yaxshilanayotganini aytib, e'tiroz bildirish niyatida Abu Ali ibn Sino oldiga boribdi. Ibn Sino uning ahvolini ko'rib, juda hayron qolibdi va bemorga:

- Sen ilon qayt qilgan yegulikni qachon va qanday qilib topding? Kasalingning davosi zaharli ilonning qayti edi. Uni topishning iloji bo'lmaganidan, u kuni men sening kasalingni ham so'rab o'tirmagan edim,- debdi.

Shunda kasal Abu Ali ibn Sinoga qoyil qolib, bo'lgan voqeani batafsil gapirib bergan ekan.

Lug'at

umid- надежда

kafan- саван

e'tiroz- возражение

qayt qilmoq- рвать (рвота)

batafsil- досконально, подробно

FOYDALANILGANADABIYOTLAR:

RasulovR.MirazizovA. O'zbektili. OO'Y rus guruhlari uchun darslik. Т.:

Aloqachi. 2005.

1. Rasulov R.Mirazizov A. O'zbek tili. O'rta maxsus ta'lim

muassasalari rus guruhlari uchun qo'llanma. Т.: Fan va

texnologiyalar. 2007. 2. Adilova S., To'xtamirzayev M. O'zbek tili. Bakalavriatning barcha

yo'nalishlari rusiyzabon talabalari uchun o'quv qo'llanma. Т.: Fan va texnologiyalar. 2007.

3. Mahmudov N., Rafiyev A., YoMdoshev I. Davlat tilida ish yuritish.

Akademik litseylar uchun darslik. Т.: Sharq. 2004. 5. M.Usmonova, E.Azlarov., G'.Sharipov. O'zbek tili Т., 1987 6- O'.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar Т., 2006.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish