O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Fizikaga xos o'z va o'zlashgan so'zlar tasnifif Reja: - O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam
- O`zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi
- Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi
- O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam Ma’lumki, o`zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo`lib kelgan. Bu aloqalar o`zaro aloqada bo`lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o`z ta’sirini o`tkazadi. O`zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo`limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Tildagi o`zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo`ladi. O`zbek xalqi qardosh bo`lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo`ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog`liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo`ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do`stona aloqalar o`rnatgan. Bular o`zbek tili leksikasiga ko`plab so`zlarning o`zlashishiga sabab bo`lmoqda. Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi: 1. O`z qatlam. O`z qatlam. O`z qatlamga umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar kiradi. 1. Umumturkiy so`zlar. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar umumturkiy so`zlar deyiladi. Bu so`zlar turkiy qabilalarning goh qo`shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so`zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o`zbek, qozoq, uyg`ur, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no`g`oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo`miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud. 2. O`zlashgan qatlam. O`zbekcha so`zlar. O`zbek tili sharoitida o`zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so`zlar o`zbekcha so`zlar deyiladi. O`zbekcha so`zlar o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida, o`z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: 1. Asli o`zbekcha so`zlarga shu tildagi so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil qilingan so`zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo`l+lan+ma, o`t+kaz+gich, tur+g`un, bola+larcha. O`zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi O`zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo`llanmaydi. Ayrim so`z keng jamoatchilik tilida qo`llansa, ba’zilari esa ma’lum territoriyada yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug`ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga ko`ra o`zbek tilidagi so`zlar ikki guruhga ajratiladi: 1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika. 2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. O`zbek tili lug`at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi. O`zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo`llanadigan so`zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o`zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko`ra ular umumiste’moldagi so`zlar deb ham yuritiladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi. Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi: 1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam). 2. Eskirgan qatlam. 3. YAngi qatlam. Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga ham ega bo`lmaydi. O`zbek tili leksikasining boyish manbalari O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi. 1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi. 2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda. Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan. E’tiboringiz uchun Rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |