O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Fizikaga xos o'z va o'zlashgan so'zlar tasnifif



Download 67,43 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi67,43 Kb.
#469595
Bog'liq
Презентация BOLTAYEV SAMANDAR

O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Fizikaga xos o'z va o'zlashgan so'zlar tasnifif

Reja:

  • O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam
  • O`zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi
  • Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi
  • O`zbek tili leksikasining boyish manbalari

O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam

Ma’lumki, o`zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo`lib kelgan. Bu aloqalar o`zaro aloqada bo`lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o`z ta’sirini o`tkazadi. O`zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo`limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Tildagi o`zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo`ladi.

O`zbek xalqi qardosh bo`lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo`ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog`liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo`ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do`stona aloqalar o`rnatgan. Bular o`zbek tili leksikasiga ko`plab so`zlarning o`zlashishiga sabab bo`lmoqda.

Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:

1. O`z qatlam.

O`z qatlam. O`z qatlamga umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar kiradi.

1. Umumturkiy so`zlar. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar umumturkiy so`zlar deyiladi. Bu so`zlar turkiy qabilalarning goh qo`shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so`zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o`zbek, qozoq, uyg`ur, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no`g`oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo`miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud.

2. O`zlashgan qatlam. O`zbekcha so`zlar. O`zbek tili sharoitida o`zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so`zlar o`zbekcha so`zlar deyiladi. O`zbekcha so`zlar o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida, o`z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:

1. Asli o`zbekcha so`zlarga shu tildagi so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil qilingan so`zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo`l+lan+ma, o`t+kaz+gich, tur+g`un, bola+larcha.

O`zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi O`zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo`llanmaydi. Ayrim so`z keng jamoatchilik tilida qo`llansa, ba’zilari esa ma’lum territoriyada yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug`ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga ko`ra o`zbek tilidagi so`zlar ikki guruhga ajratiladi:

1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika.

2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika.

O`zbek tili lug`at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi.

O`zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo`llanadigan so`zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o`zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko`ra ular umumiste’moldagi so`zlar deb ham yuritiladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi. Umumiste’moldagi so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi.

Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:

1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).

2. Eskirgan qatlam.

3. YAngi qatlam.

Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga ham ega bo`lmaydi.

O`zbek tili leksikasining boyish manbalari O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.

1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.

2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.

Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan.

E’tiboringiz uchun

Rahmat!


Download 67,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish