O’zbek tili adabiyoti uslubiyoti kafedrasi


MAVZU:    XX  ASR  BOLALAR  ADABIYOTIGA  MILLIY  UYG’ONISH



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/140
Sana01.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#291915
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Bog'liq
bolalar adabiyoti va folklor

MAVZU:    XX  ASR  BOLALAR  ADABIYOTIGA  MILLIY  UYG’ONISH 
G’OYALARINING KIRIB KELISHI. HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY 
IJODI.  
 
 
 
 
REJA: 
 
1.
 
XX    asr    boshlari  o’zbek  bolalar  adabiyotining    taraqqiyotida  jadidjilik 
harakatining o‘rni.  
2.
 
Bolalar adabiyotida ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy-tarbiyaviy g’oyalarning kirib 
kelishi.
  
    3.      Hamzaning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati. 
4.
 
   Hamza darsliklarida axloqiy tarbiya mavzusi.     
 
 
 
 
 
Adabiyotlar: 
1.Karimov I. A. Jamiyatimizda  mafkura xalqni xalq, millatni millat qilishga 
xizmat qilsin. / /  “Tafakkur”, 1998, 2-son.   
 
 
2  Aliev A.Istiqlol va adabiy meros – T:.Fan. 1997 
3. Sharofiddinov O.Istiqlol fidoyilari. – T.1993 
4.
 
Mamajonov S.Barhayot Hamza. – T:.Fan. 1991 
   5.Karimov  N.Xamza  Xakimzoda  Niyoziy.(“O’zbek  tili  va  adabiyoti”,  jurnal)     
1992 № 1. 
   6. Bolalar adabiyoti: yangilanish mashaqqatlari. // O’zbekiston adabiyoti va san’ati. 
2002, 16 iyun 
        XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  Turkistonda  chor  mustamlakachiligining  
kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida jadidchilik harakati  ortib 
ketdi.  Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga 
qaratilgani sababli eski tuzuzm, eski turmush, eska maktab tarafdorlarining kuchli 
qarshiligiga duch keldi. Bu qarshi kuch vakillari qadim yo qadimchilar deb atalgan 
bo‘lsa,  yangi  tuzum  o‘rnatishga,  oddiy  xalq  kishilariga,  ularning  bolalariga 
ma’rifat  yog‘dularinin  sachratishga  harakat  qilgan  kishilar  esa  jaded  yoki 
jadidchilar deb ataldi. Jadidlar tarix maydoniga, avvalo, milliy mustaqillik uchun, 
mustamlakachilikka  qarshi  shior  bilan  chiqdilar.  Shu  bois,  bu  harakat,  aholining 
ziyoli qismining e’tiborini tezda o‘ziga jalb qildi. Ayniqsa, yosh ziyolilar-olimlar, 
shoirlar,  yozuvchilar,  jurnalistlar,  huquqshunoslar,  matbaachilar,  ilg‘or  fikrli 
savdo-tijorat  xodimlari  jadidchilik  harakatining  eng  oldingi  saflarida  bo‘ldilar. 
Ular  hayotni,  voqea-hodisalarni,  milliy  mustaqillik  va  qaramlikni  idrok  etib, 
xalqning,  millatning  istiqbolini  to‘g‘ri  tasavvur  qildilar.  Ular  xalqning  milliy 
qadriyatlarini,  ilg‘or  urf-odatlarini,  tarixini,  madaniyati,  insoniy  huquqlarini 
tiklash uchun kurashib, katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ldilar.  
 
Turkistinda  jadidchilik  harakatining  shakllanish  va  rivojlanishida  “  Yosh 
buxoroliklar”  katta  faoliyat  ko‘rsatdilar.             “  Yosh buxoroliklar”   keyinchalik, 
jadidlar  ,  ya’ni  yangilik  tarafdorlari,  taraqqiyparvarlar  deb  ataldi.  Abduvohid 
Burxonov, Usmo Xo‘jayev, Behbudiy, Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, S. Ayniy “ Yosh 
buxoroliklar”  ga  yetakchilik  qildilar.Jadidlar  o‘z  orzu-istaklarini,  faqat  maktab, 


 
 
maorif  va  ta’lim-tarbiyani  to‘g‘ri  yo‘lga  qo’yish,  uni  rivojlantirish  bilangina  
amalga  oshirish  mumkin,  deb  bildilar.  Ular  targ’ib  etgan  g’oyalar  hamon  o’z 
ahamiyatini  yo’qotgani  yo’q.  Jadidlar  harakatining  ma]naviy  taraqqiyotimiz 
tarixidagi o’rni buyukdir.         
 
Ma’rifatparvarlikni  bayroq  qilib  ko’targan  Hamza  (“Qiroat”,  “Yengil 
adabiyot”,  “O  ‘qish  kitobi”),  Avloniy  (“birinchi  muallim”,  “Ikiinchi  muallim”, 
“Adibi  avval”),  S.  Ayniy  (“Bola  tarbiyasi”),  Behbudiy  (“Bolalar  uchun  kitob”) 
tomonidan  yozilgan  darslik  va  qo  ‘llanmalarda  bolalar  hayoti,  o  ‘qishi,  axloq-
odobi  haqida  materiallar  beriladi.  Ularning  asarlarida  yangi  davr  nafasi  ufura 
boshladi. Ular bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fan nurlaridan bahramand bo’lishga, 
davrning  haqiqiy  o’g’il-qizlari  bo’lib  kamol  topishga  targ’ib  etadilar.  Shu  bilan 
o’zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishlariga o’z hissalarini qo’shdilar.                                                                                                                                                                                                                                                                                
                

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish