O‘zbek bolalar kitobxonligida chet el adabiyotining o‘rni. Rus bolalar asabiyotining badiiy xususiyatlari. Chet el bolalar adabiyotining o‘zbek bolalar adabiyotiga ta’siri.
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining rivojlanishib, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o’rni ahamiyati katta.Negaki tarjima asarlarini o’qigan har bir yosh kitobxoning dunyo xaqidagi fikri tasavvuri boyib o’sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf –odatlari, mehnatlari, orzu- intilishlari bilan oshno bo’ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan –elga ,tildan-tilga o’tib dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(SH.Perro ), “Robinzon Kruzo” (D. Defo ), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift ), “Dyumchaxon”(X.Andersen), “ Oltin baliq”(A.S.Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado”,(M.Tven ), “Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustun”(J.Vern ), “Don Kixot”(J.Servantes ) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlari jo’sh urdirib yuboradi.
XX asrda bunyod etilgan “Maugli”(R. Kipling), “Kichkina Shahzoda” (A.de Sent- EkzYuperi ), “Katta va kichik Karlson”(A.Lindgren), “Toshkent –non shahri”(A.Neverov), “Vinni Pux”(A.Miln ), “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”(S.Marshak ), “Uch baqaloq”(Yu.Olesha ), “Quvnoq Jaqbaqlar”(B. Kerboboyev ), “Doktor Aybolit”(K. Chukovskiy), “Timur va uning komandasi” (A.Gaydar ), “Chipolinaning sarguzashtlari”(J.Rodari ), “Styopa amaki”(S.Mixalkov ), “Kim bo’lsam ekan?”(V.Mayakoviskiy ), “Bilmasvoy quyosh shaxrida”(N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o’zbek kitobxon bolalarida ham katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o’rgatadi,nimagadir da’vat etadi.Bu asarlarning katta ko’pchiligida ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqaloq”); noshukir bo’lmaslik, ota-ona pand-nasixatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”);inson va insonga mehr (“Maugli”);tabiatini asrash, hayvonat olamini sevish(“Doktor Aybolit”);odamlar xizmatini qilish, beminnat yordam ko’rsatish(“Temur va uning komandasi”); o’ziga pishiq-puxta bo’lish, ichki sirlarni o’zgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil Shapkacha”);namunali o’qish, kasb-hunar egasi bo’lish (“Kim bo’lsam ekan?”); sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish (“ QuvnoqJapbaqalar”)dek olijanob g’oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo’lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o’stiradi.
SHARL PERRO
(1628-1703)
Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro o’z elining badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o’zining “Qizil shapkacha”, “zolishka”va “Etik kiygan mushuk”asarlari bilan jaxonga tanildi.
Sh.Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og’zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqir o’rgandi. Shuning uchun ham u o’z ertaklarida xalq umidlarini dadil ilgari surdi. Perroning qahramonlari o’z mexnat sevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G’arazgo’ylik, maqtanchoqlik, qizg’anchiqlik o’rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Bob”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika”kabi ertaklari ham xuddi “Qizii shapkacha”kabi bolalarbobdir.
DANEL DEFO
XVII-XVIII asr ingliz adabiyotiga, jumladan, roman janriga asos solgan mashhur adiblardan biri Daniel Defo bo’ldi. U publisist hamda jo’rnalist sifatida ham o’sha yillarda Angliyada va umum yevropada nom chiqardi. 1660-yilda London shaxrida savdogar oilasida dunyoga kelgan Defoningbutun o’tmishi ajoyib-g’aroyib voqealarga boy bo’ldi.
Depo maqola, pamfletlardan tashqari “Robinzon Kruzo”, “Robinzon Kruzoning kiyingi sarguzashtlari”, “Robinzon Kruzonning jiddiy mulohazalari”, “Kapitan Singlton”, “Kavalerning memuarlari”, “Mashhur Moll Flendersning quvonch va tashvishlar”, “Polkovnik Jakning tarixi va sarguzashti hayoti” kabi romanlar; iqtisod, tarix pedagogika, giografiya, falsafaga bag’ishlangan o’nlab kitoblar yozdi.
Defo garchand Robinzon Kruzo haqida uchta roman yozgan bo’lsada, eng samaralisi, uning nomini jaxonga yoygani “Robinzon kruzo”(1719)bo’ldi. U bu kitobga 1713 yilda ingliz yozuvchisi Richard Stil tomonidan shatlandiyalik matros Aleksandr Selkrik ocherkini asos qilib oldi. Aliksandr Selkrit-Robinzon Kruzo 1676 yilda Shatlandiyaning Larga shaxrida etikdo’z oylasida tug’ilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |