Mavzu: S.Ayniy va I. Ibratning ijodiy faoliyati.
Reja:
I.Ibrat ma’rifatparvarlik qarashlari.
I.Ibratning ijodiy faoliyati.
S.Ayniyning hayoti va ijodiy faoliyati.
S.Ayniyning ilm-fan sohasida tutgan o‘rni.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”. 2008.
2. Karimov I. A. Jamiyatimizda mafkura xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin. / / “Tafakkur”, 1998, 2-son.
3. S.Ayniy. Asarlar. 8 jildlik. –T.: 1963.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik allomalardan biri Ishoqxon Ibratdir. U ma’rifatparvar shoir, tilshunos, tarixshunos, publitsist va ilg‘or pedagogdir. Ibrat uning taxallusi. U 1862 yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ildi. Uning otasi Junaydullaxo’ja Sunnattilloxo’ja o’g’li ancha bilimli,sohibkor bog’bonlardan edi. U adabiyotga, she’riyatga ixlos qo’yib, “Xodim” taxallusi bilan she’rlar bitgan kishi bo’lgan. Onasi Huribibi o’z davrining o’qimishli, oqila ayollaridan bo’lib, o’z uyida qishloq qizlarini o’qitar edi. U ham adabiyot ixlosmandi bo’lib, she’rlar yozib turgan. Ibrat 1886 yilda Qo’qon madrasasini tugatib, o’z qishlog’I To’raqurg’onga qaytrib keldi va o’z ijodini ilg’or o’qituvchi safatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O’sha yili o’z qishlog’ida maktab ochdi.
1887 yilda onasi Huribibi o’g’liga Makkaga olib borishni iltimos qiladi va ular yo’lga otlanadilar.Biroq onaizorga o’z vataniga qaytish nasib qilmaydi. U yo’lda qattiq shamollab, olti oydan so’ng vafot etadi va Jidda shahriga dafn etiladi. Ibrat shundan so’ng Sharq mamlakatlari bo’ylab, sayohatga chiqadi. Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina, Rim shaharlarida bo’ladi. Afg’onistonning Qobul va Jidda shaharlarida ancha vaqt istiqomat qiladi. 1892-1896 yillarda Hindistonning Kalkutta va Bombayda yashaydi. Ibrat u yerlarda ko’p ishlatiladigan arbail lisonni, ya’ni to’rt tilni; arab, fors, hind-urdu, ingliz tillarni mukammal o’rganadi.U yerda o’zining “Lug’ati sitta-al-sina”, “Jome’ul-xutut”, “Tarixi Farg’ona” asarlari uchun boy material to’pladi. U 1896 yilda Hindistondan Birma orqali Xitoyga, so’ng Qashqarga o’tdi. Qashqar orqali o’z vatani Namanganga qaytdi.
1901 yilda 6 tildagi arab, fors, tirk, o’zbek va ruscha so’zlarni o’z ichiga olgan “Lug’ati sitta-al-sina” nomli mukammal lug’at kitobini Toshkentda nashrdan chiqardi. Tilshunoslik fanining murakkab sohasida ancha mukammal “Jomeul-xutut” (Yozuvchilar majmuasi) nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarni 1912 yilda o’zining bosmaxonasi “Matbaai Ishoqiya”da nashr ettirdi. Uning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur asarida namoyon bo’ldi. Ibrat o‘zining “Tarizi madaniyat” asarida xabar berishicga, keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy,lingvistik, pedagogic asarlar va 30 yillik poetik ijodining majmui bo’lmish “Devoni Ibrat” she’rlar to’plamini yaratdi.Uning “Tarixi Farg’ona”, Tarixi madaniyat”, “Mezonul zamon” asarlari ham bizgacha yetib kelgan. Bu asarlarda o’zining pedagogic-ma’rifatparvarlik qarashlarini ilgari surgan. Bundan tashqari uning “Tarixi chofxona”, “Madaniyat haqida masnaviy”, “Turkiston ahliga xitob”,” Gazeta xususida”, “Tabrik Namangandin”, “Qalam”, “Muxammasi Ibrat” kabi she’rlari ham diqqatga sazovordir. Bu she’rlarida ilg’or fan texnika, madaniyatning kuychisi sifatida maydonga chiqib, mamlakatni, xalqni qoloqlikka yetaklovchi ammallarni fosh qiladi. U 1937 yilda 75 yoshida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |