Hamzaning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati. Hamza Hakimzoda Niyoziy o’zbek madaniyatining eng yirik namoyadalaridan biri. U ma‘rifatparvar shoir, o’qituvchi, jamoat arbobi, kompozitor, rejissyor, jurnalist sifatida ma‘lumdir. O’zbek teatr san‘atini rivojida muhim hissa qo’shgan buyuk dramaturg hamdir. Hamza 1989 yil 6 martda Qo’qon shahrida tabib oilasida dunyoga keladi. Hamza o’zining o’qishga bo’lgan zo’r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to’la xat savodli bo’lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o’qiy boshlaydi.Biroq madrasa ta‘limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko’ra, u Lutfiy, Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini mustaqil suratda mutoala qiladi, o’rganadi.
Hamza 1911 yili Qo’qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag’al bolalarni o’qitadi. Hamza yetim va kambag’al bolalar uchun «Doril yetim”(“Yetimlar maktabi”)ni ochadi va o’qituvchilik qiladi. Hamza birinchi sinf o’quvchilari uchun «Yengil adabiyot”, 2-sinf uchun “Axloq hikoyalari” o’qish kitoblarini tuzadi. 1919 yil boshlarida Hamza Qo’qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o’zi o’qituvchilik qiladi.1922-1924 yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xujayli tumanidagi 1-bolalar uyi mudiri va o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 1925 yilda esa u Farg’onaning Avval qishlog’ida o’qituvchi qilib tayinlanadi va g’oyat og’ir sharoitda ishlaydi. Shoir 1928-1929 yillarda Shohimardonga borib o’qituvchilik qiladi. 1-sinf o’quvchilar uchun “Yengil adabiyot”, 1914 yilda 2-sinf uchun “Axloq hikoyalari” o’qish kitobi o’quv qo’llanmalarini yaratadi. O’qish kitobi Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda 9 ta dars bo’lib, ularning har biri axloqiy masalaga qaratilgan. Barcha hikoyalarining qahramoni o’zida ijobiy fazilatlarni mujassamlashtirgan maktab o’quvchisidir. Hamzaning ijodi va o’qituvchilik faoliyati o’sha vaqtdagi hukumat amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni buzuvchi, din va ma‘rifatdan ozdiruvchi maktab” deb qoralab yoptirib, o’zini ta‘qib eta boshlaydilar.
Hamza 1913 yil fevralda chet elga ketib, Afg’oniston , Hindiston, Makka, Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo’ladi va 1914 yil boshlarida Qo’qonga qaytadi. 1915 yilda Shohimardonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi, bu o’quv muassasasi chinakam xalq maktablarining dastlabki namunasi edi. Hamza bu maktabda yoshlarga dunyoviy fanlarni o’qitadi, aqliy, axloqiy tarbiyaga alohida ahamiyat beradi. Hamza Hakimzoda 1915-1916 yillarda yaratgan “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul” kabi ashulalar to’plamlarida, “Milliy roman yoxud yangi saodat” qissasi, “Zaharli hayot” kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o’qishga, ilm o’rganishga davat etadi:
Kim bilurdi odamu olam nadur, hayvon nechuk?
Bo’lmas erdi agar insonda bu asgor ilm.
Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqqa kayfiyatini,
Lozim o’lg’ay topmoqqa avval o’qib axbor ilm.
Hamza “Sadoi Turkiston”gazetasida bosilgan bir she‘rida “bir iloj qilib kambag’al bolalarni aqchasiz... tarbiya va o’quvga boshlarini band qilmoq...”choralarini izlaydi, she‘r va maqollarida bolalarni o’qishga chaqiradi. Bu g’oyani Hamza «O’qi” she‘rida bayon etadi:
Ko’zimizga ko’rinib turgan hamma asboblar
Hech biri bo’lmas edi, gar bo’lmasa, zinhor o’quv.
Yer yuzida ko’milib yotgan hama oltin, kumush
Yuzag’a chiqdi barii, bis anga axbor, o’quv...
Gar dilingda o’ylagan orzuga yetmoq istasang,
Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, o’qi!
Qo’y o’yin, sayru tomoshani, g’animat yoshliging,
Shum fe‘llardan o’zingni aylagil bezor, o’qi!
Ey o’g’il, dunyoda bo’lmoq istasang olijanob,
O’qig’il maktab borib, zinhor o’qi, ming bor o’qi!
Do'stlaringiz bilan baham: |