O’zbek terminologiyasida anatomik atamalarning o’rni



Download 22,27 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi22,27 Kb.
#614964
  1   2
Bog'liq
5.Anorboyeva D


O’ZBEK TERMINOLOGIYASIDA ANATOMIK ATAMALARNING O’RNI
Anorboyeva Dilshoda
Andijon Davlat Universiteti Pedogoika Instituti
E-mail: _____________mail.com


Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek terminologiyasi, anatomik atamalar, ularning o’zbek tilidagi ifodasi hamda anatomik terminologiya lug’atini tuzish haqidagi fikrlar ifodalangan. Shuningdek, maqolada mazkur masala yuzasidan muallif tomonidan shakllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar: termin, atama, anatomiya, Anatomik terminologiya


Annotation: This article presents ideas about the Uzbek terminology, anatomical terms, their expression in the Uzbek language, as well as the creation of a dictionary of anatomical terminology. The article also contains the author's scientific proposals and practical recommendations on this issue.
Keywords: terminology, dictionary, anatomy, anatomical terminology
Har qanday millatning tarixi, o`ziga xos tabiati, qadriyatlari, avvalo, o`sha xalqning ona tilida aks etadi. Bejiz tilni millatning maʼnaviy immuniteti deb baholamaganlar. Boisi, o`z tilini asrab-avaylagan, uni zamonlar osha rivojlantira olgan millatgina o`zligini, milliy qiyofasini saqlab qoladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 4 -oktabrdagi “Davlat tili haqida”gi (1989- yil 21 -oktabr) qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to`g`risida”gi qarori hamda 2019 -yil 21- oktabrdagi “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” farmonida “o`zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro`-eʼtiborini tubdan oshirish” masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Аyniqsa, «Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug`at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o`zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo`llanishini taʼminlash dolzarb vazifa bo`lib turibdi... Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudentsiya, diplomatiya, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to`laqonli qo`llash bilan bog`liq» ekanligi taʼkidlab o`tildi. 2020-2030 yillarda o`zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalar nutq hodisalari qatorida tibbiyot xodimlarining til-nutq-madaniyat aloqadorligida o`rganishga keng yo`l ochdi. Barcha soha vakillari uchun o`zbek tilining onomastik lug`atlarini yaratishga xizmat qiladigan tadqiqotlarni yaratish, qo`shni mamlakatlar va qardosh turkiy xalqlar tillari bilan qiyoslash, lug`atlar bilan ishlash imkoniyatini yuzaga chiqarish va nutq madaniyati bilan bog`liq muammolarga alohida eʼtibor qaratish tavsiya qilindi.
Dorixonadan xarid qilingan mahsulotning yo`riqnomasidagi nechta so`zning maʼnosini bilamiz? Undagi jumlalar mazmuni haqida gapirmasa ham bo`ladi. Nari borsa, uchta-to`rtta so`z-da: dozasi, nojo`ya ta’siri, mutaxassis, maslahatlashing kabi. Аxir, yo`riqnomani savodli har bir kishi o`qib tushuna olishi kerak emasmi? Buning uchun esa lingvistika bilan tibbiyot hamkorligi zarur. Anatomik terminologiyaning ilmiy va ommabop variantlari farqlanishi kerak. Anatomik ilmiy va ommabop matn farqlanishi, ilmiy tadqiq qilinib, lingvistik tavsiyalar ishlab chiqilishi zarur” ligi tilshunos olim B.R.Mengliyev tomonidan tanqidiy izohlangan edi.
Shifokorlar va bemorlar nutqida qo`llanuvchi faol tibbiy atamalar tibbiy terminlardan keng maʼnoda tasvirlanishi, leksik birliklar orqali ifodalanishi bilan farqlanishi lozim. «Аtama» keng qamrovli tushuncha bo`lib, unda terminologiyaga umuman tegishli bo`lmagan toponimiya, antroponomiya, oykonimiya, yaʼni onomastikaga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi, «termin» esa bu professional bilimlarning muayyan sohasi tushunchalar tizimiga kiruvchi bir tor sohada qo`llanuvchi rasmiylashgan so`zdir. Shu maʼnoda, «termin» tushunchasi «atama» tushunchasining ichiga kiruvchi ilmiy-lug`aviy birliklar sifatida ifodalanadi. O`zbek atamashunosligi zahirasini boyitish maqsadida ushbu tibbiy terminlarning atamalar orqali yoritilishi, aniq va ixcham terminlar o`rniga sermazmun izohlarning berilishi, aytilishi noo`rin bo`lgan tibbiy terminlarning noyob tibbiy atamalar bilan to`ldirilishi, ularni yaratishda ona tili imkoniyatlaridan keng foydalanishi asos qilib olingan.Har bir millat madaniyatida kasallik nomlarini ifodalovchi qarashlar majmui mavjud. Ular shu xalq dunyoqarashini, dinini, urf-odatini, yashash tarzi va tarixini o`zida mujassamlashtiradi.
Anatomiya inson tanasi tuzilishini o’rganadi. Anatomik terminologiya tibbiyot terminologiyasining fundamenti hisoblanadi. Anatomik terminlar lotin tilida(ba’zan lotin tiliga o’zlashgan yunon tilida) nomlanadi. Anatomik terminlarning bir tilda nomlanishi ularning son jihatdan oshib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
Anatomiyada tana qismlarining fazodagi holatini o’rganishda o’zaro perpendikular sathlardan foydalanadilar. Bular sagittal, frontal va gorizontal sathlardir. Sagittal sath deb tananing oldingi va orqa tomonidan kesadigan yuzaga aytiladi. Sagittal sath odam tanasini chap va o’ng bo’laklarga bo’ladi. Frontal sath tananing ikki yon tomonidan kesib o’tadigan, peshonaga parallel bo’lgan (peshona suyagi lotincha “os frontale”) yuzaga aytiladi. U tanani oldingi va orqa qismlarga ajratadi. Gorizontal sath frontal va sagittal sathga nisbatan perpendikular, 90o burchakda joylashadi. U tanani yuqorigi va pastki qismlarga ajratadi. Sathlarni inson tanasining istalgan qismidan o’tkazish mumkin va ularning soni cheklanmagan.
Gorizontal sathda ajratilgan tana qismlarining inson boshiga yaqin tomonini superior(yuqori) deb, oyog’iga yaqin tomonini esa inferior(pastki) deb nomlanadi. Sagittal sathda ajralgan tana qismlari dexter(chap) va sinister(o’ng) deb, frontal sathda ajralgan tana qismlari anterior(oldingi) va posterior(orqa) deb yuritiladi.
Tarjimaviy termimolgik lug’atlarni tuzishda maqsad bir tilda mavjud bo’lgan tushunchalarni boshqa tilda to’g’ri va aniq ifodalashdir.
Ba’zi a’zolarning joylashgan o’rnini belgilashda tanadan bo’ylama chiziqlar (linea) o’tkaziladi. Oldingi o’rta chiziq – linea mediana anterior to’sh suyagi o’rtasidan, to’sh chizig’i – linea sternalis to’sh suyagi chekkasidan, o’rta o’mrov chizig’i – linea medioclavicularis(mamillaris) o’mrov suyagi o’rtasidan o’tadi. To’sh chizig’i bilan o’rta o’mrov chizig’i o’rtasida linea parasternalis chizig’i o’tadi. Oldingi qo’ltiq osti chizig’i – linea axillaris anterior, o’rta qo’ltiq osti chizig’i – linea axillaris media, orqa qo’ltiq osti chizig’i – linea axillaris posterior nomlariga mos sohadan, kurak chizig’i – linea scapularis kurak suyagidan, umurtqa yon chizig’i – linea paravertebralis umurtqa suyaglari ikki yonidan, orqa o’rta chiziq – linea mediana posterior umurtqa o’tkir qirralari ustidan o’tadi.
Anatomik terminologiyada qo’llaniladigan prefikslar.
Sub- (lotincha “ostida”). So’z oldida ishlatilib, ostida, ostki, ost ma’nolarini anglatadi. Masalan, submandibularis “pastki jag’ osti” degan ma’noni anglatadi.
Hypo- (qadimgi yunon tilida “ostida”). Hypo prefiksi sub prefiksi bilan ma’nodoshdir. Masalan, hipolingual “til osti” degan ma’noni anglatadi.
Infra- (lotincha “pastda, ostki tomonda”). Bu prefiks ham sub bilan ma’nodosh. Yuqori ma’nosini bildiruvchi super- va supra- prefikslariga zid ma’nolidir. Masalan, infraorbital “ko’z kosasi osti” ma’nosini anglatadi.
Inter- (lotincha “o’rtasida”,”orasida”). Bu prefiks ikkita tuzilma orasida degan ma’noni anglatadi. Masalan, musculus intercostalis qovurg’alar orasida joylashgan muskuldir.
Super- yoki supra- (lotincha “yuqori”, “tepada”). Biror tuzilmaning ustida, tepasida degan ma’noni anglatadi. Masalan, supraorbitalis “ko’z kosasi usti” ma’nosini anglatadi.
Parietal (lotincha “paries” – “devor”). Tana bo’shliqlarini o’rab turgan devorlar shunday nomlanadi. Masalan, peritoneum parietale – qorin bo’shlig’i a’zolarini ichki tomondan o’rab turgan parda.
Terminal (lotincha “terminus” – “oxirgi”). Qon-tomir, nerv tolalarining oxirgi tarmoqlari shunday ataladi. Masalan, aksonning terminal tarmoqlari.
Visceral (lotincha “viscera” – “ichki organlar”). Tana bo’shlig’ida joylashgan organlarga, ularga boruvchi nerv va qon-tomir tarmoqlariga nisbatan ishlatiladi. Masalan, oshqozon peritoneum viscerale bilan qoplangan. Peritoneum visceraleni o’zini esa peritoneum parietale qoplagan.
O`zbek tilshunosligida tibbiyot lingvistikasi monografik tadqiqot obʼekti sifatida maxsus tadqiq etilmagan. Rus, turk, ingliz tilidagi tibbiy terminologiya – nutqni yumshatishning lisoniy vositalarini har tomonlama tahlil qilishga bag`ishlangan monografik tadqiqotlarning mavjudligi jahon tilshunosligida bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilayotganligi va uning ahamiyatlilik darajasini ko`rsatadi. Shunday ekan, o`zbek tilshunosligida tibbiyot lingvistikasini atroflicha tadqiq qilinishi va mazkur masalani o`rganishga doir tadqiqotlar zarur. Chunki bunday tadqiqotlar nafaqat nutq lingvistikasi, tibbiyot deontologiyasi, xususan, tibbiyot xodimlari nutq madaniyatini rivojlantirish va tibbiy taʼlim mazmunini boyitishga xizmat qilishi hamda taʼlimda o`quv materiali sifatida foydalanish imkonini berishi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.



Download 22,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish