O`zbek telecom AK Xorazm filiali direktori
A.Samandarovga Shovot tumani Kat qal`a
qishlog`ida yashovchi Matniyozova Zilola
tomonidan
Ariza
Beraman ushbu arizani shu haqdakim,meni korxonangizda ish bilan ta`minlashingizni so`rayman.Ko`zda tutilgan hujjatlarni ilova qilaman.
Z. Matniyozova / /
Sana: 27.09.2021
https://fayllar.org/inflyatsiya-tushunchasi-va-uning-iqtisodiy-mazmun-mohiyati.html
Bosh menuni ochish
Vikipediya
Qidirish
Xorazm
Boshqa tilda oʻqish
Yuklash
kuzat
Tahrirlash
Xorazm (forscha: خوارزم) — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimiy davlat[1][2][3] va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).
Xorazm
miloddan avval VIII asr — 1924
Flag of Khiva 1920-1923.svg →
Flag of the Khanate of Khiva.svg
1917dan 1920gacha bayrogʻi
Khwarezmian Empire 1190 - 1220 (AD).PNG
1190—1220 yillarda Xorazm imperiyasi.
Poytaxti
Kat, Urganch, Xiva
Til(lar)i
Xorazmiy, Xorazm-turkiy,
Dini
Islom
Boshqaruv shakli
Mutlaq monarxiya
Meros boʻlib oʻtishi
Xorazm XSR →
Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qadim tarixiy hudud fanda 2 xil: Qadimiy Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. Xorazm haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Behistun kitoblari, qadimiy yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va hokazo) hamda ilk oʻrta asrlarning arab geograflari asarlarida mavjud.
Xorazm nomi Tahrirlash
Miloddan avvalgi II asrga oid devoriy rasm, Akchaxan qalʼa
"Xorazm" nomii (toponimi) Avestoda Xvairizem, qadim forsiychada Uvarazmis, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tilga olinadi.
"Xorazm" nomining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.P. Tolstov "Xorazm" nomi talqinlari orasida "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi vatani", "quyosh (xalqi) zamini" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm alohida 3 ta soʻzdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "zamin", "hudud", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan.
Xorazm nomi "oziqlanadigan zamin", boshqasiga ko'ra "past zamin" degan maʼnoni anglatgan.[4]
Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qadimiy Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida behisob sersuv oʻzanlar, shimoliy va shimoliy sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan katta-kichik daryo jilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosildor yerlar joylashgan.
Xorazm qadim davrda Tahrirlash
Xorazm qalʼalari, miloddan avvalgi V asrdan milodiy VI asrgacha
Devoriy rasmlar, Xorazm, Tuproq qalʼa, milodiy II-III asrlar
Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX-VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.
Akchaxon qalʼa, devoriy rasmlar, I asr.
Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).
Miloddan avval 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.
Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.
Miloddan avvalgi VII asrdan antik davrigacha Tahrirlash
Miletlik Gekatey (miloddan avval VI asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (miloddan avval V asr) axamoniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining janubiy-sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shimoliy Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani haqida maʼlumotlar keltiradi.
Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axamoniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.
Xorazmda zardushtiylikning Olovga sigʻinuvchilar ibodatxonasi topilgan. Ibodatxona qoldiqlari Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Xumbuz-tepa yodgorligida topilgan. Bu yerda miloddan avval VII asrdan milodiy IV asrigacha sopollar ishlab chiqarilgan. Ushbu hududda topilgan ibodatxona miloddan avval V asr oxiridan IV asr boshigacha mavjud boʻlgan. [5]
Qadimgi Hazaraspni nomi "Azar-sipand" (Muqaddas olov) dan kelib chiqqan. Hazarasp Zardushtining va muqaddas "Avesto" kitobini vatani deb taxmin qilinadi. Akademik S. P. Tolstov oʻzining "Qadimgi Xorazm" asarlari va ilmiy maqolalarida Zardushtiylikning muqaddas olovi Hazaraspda yoqilganligini taʻkidlaydi. Buning tasdigʻi Humbuz-tepa ibodatxonasidir.[6]
Miloddan avval VI—V asrlarda Xorazm Axomaniylar tomonidan bosib olingan va davlatining 16 satraplik tarkibiga kirgan. Miloddan avval V asr oxiri esa, u alohida satraplik hisoblangan va miloddan avval IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan.
Xorazm antik davrida
Soʻnggi tahrir 23 kunlar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Maxfiylik siyosati Foydalanish shartlariDesktop
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.
Просмотр содержимого документа
«O`zbek xotin- qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari»
Sana: _______________
Sinf: 10
Fan: O`zbekiston tarixi.
Mavzu: O`zbek xotin- qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari
Darsning maqsadi:
Ta`limiy:O`zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqishi muammolari haqida ta`lim berish haqida batafsil ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: Ushbu mavzu bilan qurollantirish orqali o`quvchilarni vatanga muhabbatini oshirish va ajdodlarga munosib voris qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: mavzu haqidagi bilimlarini boyitish orqali erkin fikrlashga undash.
Dars tipi: yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, zakovatli-zukko,
shatranj).
Dars didaktikasi:
Jihozi: Darslik, Paranji. O`zbekiston va Dunyoning siyosiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`oz, bukletlar;
Texnik vositalar: Kompyuter, vidyeoproyektor, ekran.
Darsning blok sxemasi
T/r
Darning bosqichlari
Vaqt (daqiqa)
1
Tashkiliy qism
3
2
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni takrorlash.
8
3
Yangi mavzuni tushuntirish.
15
4
Interfaol usullardan foydalangan holda yangi mavzuni mustahkamlash.
15
5
O`quvchilarni baholash.
2
6
Uyga vazifa berish.
2
Tayanch kompetensiya
1.TK-1-Kommunikativ kompetensiya
2.TK-2-Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3.TK-3-O`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi
4.TK-4-Ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiya
1.FK-1Tarixiy voqiylikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntish
2.FK-2 Trixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash
Darsning shiori: “Tarixiy xotirasiz, kelajak yo`q”.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va siyosiy xabarlar ).
b) O`quvchilarni guruhga bo`lish. Guruhlarga “Amir Temur”, “Mirzo Ulug`bek”.
f) Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.
1. O`zaro hamkorlik.
2. Do`stlik.
3. Topqirlik.
4. Tezkorlik.
5. Zukkolik.
i) Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so`zlari yozilgan shakllar.
Sinfning darsda joylashish chizmasi
O`tilgan darsni takrorlash (8 daqiqa).
O`tilgan darsni takrorlash maqsadida “Aqliy hujum” o`tkazamiz, bunda har uchala guruhga mantiqiy savol beriladi.
So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib, “Zakovatli zukko” o`yini o`tkaziladi. Barcha guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib, “Charxpalak” asbobidan olingan savolga javob beradi.
Savollardan namunalar:
1.1927-yilda O`zSSR xalq xo`jaligida qishloq xo`jaligining salmog` necha foizni tashkil qilgan?
2. O`zbekistonda sanoat korxonalari qurilishi ning birinchi besh yilligi davrini aytib bring.
3. Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi kimning raisligida tuzildi?
4.Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi a`zolarini sanab bering?
5.Kadrlarni mahalliylashtirish deganda nimani tushunasiz?
6.Industrlashtirish atamasiga izoh bering
7.O`zbeklashtirish Markaziy komissiyasi qachon tugatildi. `
III.Yangi mavzu bayoni: O‘zbek ayollari va qizlarining hayoti asrlar davomida islom dini shariati ko‘rsatmalari asosiga qurilgan edi. Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, Sharq ayollarini “ozodlik”ka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollarning chachvon va paranjisini tashlab yangi zamon qurayotganlar safiga tezroq qo‘shilishi kabi muammolar kun tartibiga qo‘yildi. Bolsheviklar tomonidan O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda bu muammo qisqa muddat davomida shoshilinch hal qilindi, natijada katta yo‘qotishlar yuz berdi, ko‘plab xotin-qizlar eskilik va xurofot tarafdorlarinnig qutqusi bilan o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. O‘zbek ayollarini ozodlikka chiqarish va yangi turmushga jalb qilish, darhaqiqat, kerak edi. Biroq bu ishni bolsheviklar va sovet hokimiyati vakillari tanlagan tezkor yo‘l bilan emas, balki asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirilganda katta qurbonlar va yo‘qotishlar bo‘lmas edi. “Hujum” kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O‘rta Osiyo xotin-qizlari kengashida e’lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi.
yil dekabrda “Hujum” kompaniyasini o‘tkazish uchun O‘rta Osiyo respublikalari, xususan, O‘zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi.
1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlandi. Ularda 100 000 dan ortiq xo- tin-qizlar paranjilarini gulxanda yoqdilar. Lekin bolsheviklar partiyasining o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tez- lashtirish siyosati yomon oqibatlarga olib Xotin-qizlaming keldi. “Hujum”ga qarshi boMganlar ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar.
“Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan 1927-1928-yillarda O‘zbekistonda 2500 dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va qishloq sho‘rolarining a’zolari, xo- tin-qizlar klublari va kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi. Afsuski, bu fojialarning oldi olinmadi. Sovet hukumati “Hujum” kompaniyasini o‘tkazishdan quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan edi: birinchidan, o‘zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona an’ana va qadriyatlarini yo‘qotish va ma’naviyatimizga zarba berish; ikkinchidan, “xotin-qizlarni ozod qilish”, bahonasida sanoat korxonalari, kolxoz va sovxozlarda arzon-garovda ishlaydigan qo‘shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish, amalda ularni sho‘ro qullariga aylantirish edi.
Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. Sovet hokimiyati o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayonida ularni ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshirdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari bo‘lgan ishchi kuchlarini vujudga keltirish edi.
. O‘zbek ayollarini jamiyatning teng huquqli a’zolariga aylantirishda, erksizlikdan qutqarishda ularni madaniy va ijtimoiy hayotga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borishda ayollar klublari katta rol o‘ynadi. Bu klublarda ayollarga vrachlar turli maslahatlar berishardi, bolalar vrach ko‘rigidan o‘tardi. Shuningdek, ko‘plab kutubxonalar, bolalar bog‘chalari va yaslilar ochildi. Xotin-qizlarni qiziqtirgan va tashvishga solgan mavzular bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib turildi. 1927-yili Andijondagi Eski sha- har ayollar klubida 134 nafar a’zo bo‘lgan. Bu davrda o‘zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ishlash layoqa- tini ko‘rsatdilar. 1927-yili respublikadagi tuman ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 20 foizi, okrug ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 17 foizi ayollar edi. Jahon Obidova O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari, Tojixon Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu 2 nafar taniqli o‘zbek ayollari sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi XX asr 30-yillarida ayollar orasidan mashhur olimalar, shoiralar, yozuvchilar, muhandislar, shifokorlar, san’atkorlar, muallimlar yetishib chiqa boshladi.
IV.Mustahkamlash: Atamalarni izohlang
Atamalarni izohlang
Paranji - ko‘pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq ko‘rinmaslik uchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun to‘n shaklidagi, soxta yengli yoping‘ich (yuz chachvon bilan berkitiladi)
Chachvon - otning dumi qilidan to‘qilgan, paranji ostidan yuzga tutiladigan to‘r parda.
Artel - (ital. - xunarmand] kasb-hunar egalarining birgalashib, jamoa bo‘lib ishlash uchun tuzilgan uyushmasi shakllaridan biri.
Kooperatsiya - (lot. - sheriklik, hamkorlik) o‘zaro bog‘langan ishlab chiqa- rish jarayonida kishilarning yoki tashkilotlarning hamkorlik asosida ishlashini tashkil etish shakli.
Faol o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:
``Hujum``harakati
Salbiy oqibatlari
Ijobiy oqibatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |