Hindu ar keltursa shakkar tang-tong. Tong: 1) sahar 2) hayratlanarli 3) ilojsiz Noz agar qilsang manga matlubdur. Har ne voqe’ bo’lsa sendin xo’bdur. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti (“Badoyi’ ul-vasat”)da jami 13 tuyuq mavjud bo‘lib, ulardan 11 tasi aa-ba, 2 tasi ba-da tarzida qofiyalangan va barchasida tajnisga rioya qilingan. QIT’A QIT’A (ar.) – parcha, bo‘lak, qism). Ikki baytdan bir necha baytgacha hajmda bo‘lgan, juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoluvchi (ba , da, ea …) lirik janr. Qit’a, asosan, falsafiy, ijtimoiy va axloq-odob bilan bog‘liq mavzularda yaratilgan. Shuningdek, qit’a nasriy asarlarda ma’lum bir masala haqidagi fikr-mulohazalarga yakun sifatida “qissadan hissa” tarzida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |