O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


To’rtlik shaklidagi she’rlar



Download 1,14 Mb.
bet56/83
Sana23.05.2023
Hajmi1,14 Mb.
#942761
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
13.3.2. To’rtlik shaklidagi she’rlar. Mavlono Lutfiy she`riyatida g’azal janri bilan bir qatorda ruboiy, qit`a, tuyuq, fardlar ham mavjud. Ularning hammasida ham ishq mavzusi yetakchi bo’lib, bu mavzuning turli qirralari badiiy tasvir vositalaridan lutfiyona foydalanish asosida yoritilgan. Natijada, nihoyatda ravon, o’ynoqi to’rtliklar maydonga kelgan. Jumladan,
Ruboiy:
Gar sayr uchun ul mahi tobon chiqadur,
Qo’l solib, etak yig’ib, xiromon chiqadur.
Chun jilva qilib nogahon boqsa qiyo,
Har bir boqishiga yuz suchuk jon chiqadur


To’rtlik:
Ko’nglum olding g’amzai fatton ila,
Eshigingda qul bo’lubmen jon ila.
Bizni, ey g’uncha og’izlik, to bakay,
Yig’latursen ul labi xandon ila.


Tuyuq:
Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila,
Kelmagaymen javridin haqqo tila.
G’amzasi o’lturdi-yu ul bexabar,
Men agar o’lsam ne g’am ul qotila.
Tuyuqda shaklan o’xshash, ammo ma`nosi boshqa bo’lgan "qotila" tajnis -omonimni hamda qofiyani maydonga keltirgan.
Biroq shu o’rinda ta’kidlash joizki, Lutfiyning to’rt misrali she’rlari (ruboiy, tuyuq, qit’a) mavjud nashrlarda noto’g’ri tasnif etilgan. Ruboiy va tuyuq janrlarining asosiy xususiyati vazn bo’lganligini e’tiborga olgan holda, Lutfiyning "Sensan sevarim" kitobiga kiritilgan to’rtlik shaklidagi 72 ta she`ri Boburning “Muxtasar” asarida berilgan tasnifga ko’ra quyidagi janrlarga bo’linishi lozim:
1. Ruboiylar 2 ta;
2. Uch tajnisli tuyuqlar 20 ta;
3. Ikki tajnisli tuyuqlar 8 ta;
4. Tajnissiz, uch qofiyali tuyuqlar 37 ta;
5. Tajnissiz, ikki qofiyali tuyuqlar 5 ta.27
Mavlono Lutfiyning go’zal she`riyati uning Movarounnahr va Xurosonda ham turkiygo’ylar ham forsiygo’ylar orasida malik ul-kalom tarzida shuhrat qozonishiga sabab bo’lgan edi. Mavlono Lutfiy Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning cheksiz hurmatiga sazovor bo’lgan edi. Mavlono Lutfiy she`rlariga tatabbu` qilish, o’xshatma yozish, muxammaslar bog’lash an`anasi Alisher Navoiydan boshlanib, Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy, ozarboyjon shoiri Muhammad Fuzuliy, o’zbek shoirlari Roqim, Amiriy, Ado, Tabibiy va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
Shunday qilib, Mavlono Lutfiy o’zining uzoq umri davomida yaratgan ajoyib she`rlari bilan o’zbek adabiyoti, xususan, she`riyati xazinasini lutfiyona nodir durdonalar bilan boyitib, malik ul-kalom, turkiy nazmning sehrgari tarzida ardoqlandi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish