Islomga qadar bo’lgan davrdagi o’zbek adabiyoti (Qadim zamonlartdan milodning IX asrigacha).
Islom ta’siridagi o’zbek adabiyoti (X asrdan XX asr boshlarigacha).
Yangi o’zbеk adabiyoti (XX asr boshlaridan hozirgi kunga qadar).
Umuman olganda, adabiyot tarixini davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Bu savolga aniq javob bеrish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqеalar bilan bog’lashadi. Ba'zi olimlarimiz, xususan, N.Mallaеv o’zbеk adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari, o’zbеk xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o’sib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so’z san'atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko’zda tutib bosqichlarga ajratish kеrakligini ko’rsatib o’tadi.
N.Mallaеvning o’zi oliy o’quv yurti talabalari uchun chiqargan “O’zbek adabiyoti tarixi” darsligida o’zbek adabiyoti tarixini quyidagi davrlarga ajratadi:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
X-XII asrlar adabiyoti.
XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot.
XVII asrdan XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.
Prof. B.To’xliеv adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar «Avеsto», «Alpomish» va b.
Ilk o’rta asrlar adabiyoti («Kultеgin» bitiklari va b.)
O’rta asrlar adabiyoti (IX-XVI asrlar)
A.Tеmuriylar davri adabiyoti.
B.Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVII-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti. (B.To’xliеv. O’zbеk adabiyoti. 9-sinf. -T., 2000. 13-b.
Bizninng o’rganadigan ilmimiz “O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti tyarixi” bo’lib, u badiiy merosimizning eng qadimgi zamonlardan XX asrninng boshlariga qadar bo’lgan davrini o’z ichiga oladi.
“Mumtoz” so’zi arab tilidan olingan bolib, lugatda “saralangan, tanlangan, imtiyozli” degan ma’noni bildiradi.3 “Va Yofas o’g’loniki, Abut-turkdur, tarix ahli ittifoqi bila debturlarki, nubuvvat toji bila sarafroz va risolat mansabi bila qarindoshlaridin mumtoz bo’ldi” (A.N. “Muhokamat ul-lug’atayn”).
Bu atama XX asrda qo’llanilgan “klassik” atamasi o’rnida kiritilgan bo’lib yuqoridagi ma’nolardan tashqari “namunali, namuna bo’la oladigan” degan ma’noni ham ifodalaydi. Demak “mumtoz adabiyot” deganda, aslida qaysi davrda yaratilganligidan qat’i nazar, boshqalardan o’ziga xosligi bilan ajralib turadigan, boshqalar uchun namuna vazifasini bajargan asarlar va ularning ijodkorlari tushuniladi. Biroq “Ozbek mumtoz adabiyoti tarixi” atamasi tarkibida mumtoz so’zi o’zining lug’aviy ma’nosidan tashqari muayyan davr adabiyotining nomini ifodalaydi. Binobarin, unda mazmuni, badiiyati, saviyasidan qat’i nazar ko’rsatilgan davrda (qadim – XIX asrning I yarmi) yaratilgan barcha asarlar nazarda tutiladi. Xuddi shunday, G’afur G’ulom yoki Erkin Vohidovga nisbatan mumtoz (klassik) shoir atamasini qo’llash mumkin bo’lsa-da, ular O’zbek mumtoz adabiyoti vakillari emas.
“O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish davri adabiyoti” ilmi oily ta’limninng bakalavriat bosqichi “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishida olti bo’lim (semestr) sakkiz davrga bo’lib o’rganiladi:
II semestr:
1. Islomgaca bo’lgan davrdagi o’zbek adabiyoti yoki antik davr (Eng qadimgi zamonlardan IX asrgacha).
2. IX-XII asrlar o’zbek adabiyoti (Ilk islomiy davlatlar davri).
3. XIII-XIV asrlar (mug’ullar hukmronligi davri).
4. XIV-XV asrning I yarmi (Temuriylar hukmronligininng ilk davri).
Do'stlaringiz bilan baham: |