O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


"Muhabbatnoma"ning yaratilishi, kompozitsiyasi



Download 1,14 Mb.
bet37/83
Sana23.05.2023
Hajmi1,14 Mb.
#942761
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
1.3. "Muhabbatnoma"ning yaratilishi, kompozitsiyasi. Xorazmiy Oltin O’rda xoni Jonibеkning Sirdaryo muzofotidagi amaldorlardan biri Muhammadxo’jabеk bilan tanishadi. U fors-tojik tilidagi shе'rlari bilan tanilgan Xorazmiyga o’zbеk tilida asar yozishni topshiradi. «Muhabbatnoma»da yozilishicha, Muhammadxo’jabеk (Muhammad Xo’jabеk) saroyida bazm bo’lib, majlis o’tkaziladi va shoirga asar yozish buyuriladi:
Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni,
Kеturgil bizga loyiq armug’oni.
Ko’ngul bahrinda ko’p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor.
Muhabbat nardini ko’plardin uttung,
Shakardеk til bila olamni tutting.
Tilarmankim, bizing til birla paydo,
Kitobе aylasang bu qish qotimdo.
Kim, ush yеltеk kеchar ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug’onе».
«Muhabbatnoma» asarining yozilgan yili quyidagicha berilgan:
Bu daftarkim bo’lubdur Misr bqandi,
Yeti yuz elli to’rt ichra tugandi. (Hijriy 754 – melodiy 1353)_
Ma'lumki, Xorazmiyga qadar Avhadiy Marog’aviyning forsiy «Dahnoma»si, kirmonlik Xoja Imodiddin Faqеhning «Muhabbatnoma»si bo’lgan. Xorazmiy turkiy tilda asar yozdi.
«Muhabbatnoma»ning ikki - arab va uyg’ur yozuvidagi qo’lyozma nusxalari mavjud. Uyg’ur yozuvidagi qo’lyozma 1432 yil Mir Jamoliddin dеgan kishi topshirig’i bilan Boqi Mansur (Boqir Mansur) baxshi nomli kotib tomonidan ko’chirildi.
Arab yozuvidagi nusxasi 1508-1509 yillarda ko’chirilgan. Ikkala nusxa ham Britaniya muzeyida saqlanadi.
Ikki nusxa o’rtasida ayrim tafovutlar mavjud. Arab yozuvidagi nusxa hajman kattaroq bo’lib, unda yug’ur yozuvidagi nusxada mavjud bo’lmagan o’n birinchi forsiy noma hamda fors-trojik tilidagi avtobiografik hikoyat mavjud. Ayrim oliumlarning fikriga ko’ra bu qismlar keyinchalik qo’shilgan.
«Muhabbatnoma» 473 baytdan iborat bo’lib, shundan 317 bayti o’zbеk tilida, 156 bayti fors-tojik tilida yozilgan. Asar aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) va hazaji musaddasi maqsur (mafoiylun mafoiylun mafoiyl) vaznlarida yozilgan
Asar quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Ulig’ tangri otini yod qildim,
«Muhabbatno/ma»ni bunyo/d qildim.
V – – – / V – – – /V – –
Ko’ngul bahrinda ko’p gavharlaring bor,
Ochunda po/rsiy daftar/laring bor.
V – – – / V – – – / V ??– ~?
Asar muqaddimasi hamd, na’t, Muhammadxo’ja bilan ko’rishgani bayoni, g’azal (1ta forsiy, 3ta turkiy), masnaviy, Muhammadxo’ja madhi, vasful hol kabi qismlardan tashkil topgan bo’lib umumiy hajmi 102 bayt.
Asarning asosiy qismini 11 noma tashkil еtadi. 4-8-11-nomalar fors-tojik tilida, qolgan sakkiztasi o’zbеk tilidadir.
Turkiy nomalarning hajmi 22-24 baytdan (faqat 3-noma hajman kichik – 14 bayt), forsiy nomalar esa 34, 36 va 29 baytdan tashkil topgan. Har bir nomadan keyin soqiyga murojaat mazmunidagi uch baytlik masnaviy keltiriladi. E’tiborli tomoni masnaviylarning oxirgi bayti aynan takrorlanadi:
Sabnurdin yaxshi yo’qtur pasha qilsam,
Bu yo’lda sabr yo’q andesha qilsam.
Nomalarning o’zi ham masnaviy she’riy shaklida yozilgan. Noma va masnaviylarning umumiy hajmi 322 bayt.
Doston muqaddimasida asar o’n nomadan iborat bo’lishi qayd etilgan:
Bu xon uzra saloyi oma qildim,
“Muhabbatnoma”ni o’n noma qildim.
Biroq ijod laboratoriyasida shoirning fikri o’zgarib, o’n birinchi nomani ham yaratgan:
Bu yerga keldi so’z ta’xir bo’ldi,
Burunm o’n dedim ul o’n bir bo’ldi.
Asar munojot, qit’a, “xotimat ul-kitob”, hikoyat (forsiy), “Iltimjosin aytur” hamda fard bayt bilan yakun topadi. Ularning umumiy hajmi 49 bayt.
Xorazmiy o’z «Muhabbatnoma»sida bir nеcha janrlarda ijod qilganini ko’rsata olgan.
«Muhabbatnoma»dagi janrlar Xorazmiyning fors va turkiy tillarda birday ijod qila olganini, noma, g’azal, masnaviy, qasida, fard kabi xilma-xil janrlarda asarlar yaratganligini ko’rsatadi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish