O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


-MAVZU AHMAD YUGNAKIY VA AHMAD YASSAVIY IJODI



Download 1,14 Mb.
bet25/83
Sana23.05.2023
Hajmi1,14 Mb.
#942761
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
5-MAVZU


AHMAD YUGNAKIY VA AHMAD YASSAVIY IJODI
5.1. Didaktika va didaktik adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari. "Didaktika" yunoncha so'z bo'lib, "o'qitadigan", "o'rgatadigan" degan ma'nolarni bildiradi. "Didaktik adabiyot" deganda esa pandu hikmat, nasihat, o`git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi.
Didaktik mazmud adabiyotda, xususan o’zbek mumtoz adabiyotida turli-tuman shakllar va janrlarda o’z ifodasini topadi. Xususan, hikoyat, doston, she’riy janrlar vahokazo. Bular orasida doston janri alohida o’ringa ega. Bu holat asosan yozma adabiyotga xos. Didaktik dostonchilik adabiyotimizda qadim an'analariga ega. Bu haqda Muhammad Qoshg'ariy "Devonu lug'otit turk"da ma'lumot berib o'tadi va she'riy yo'l bilan pand-nasihat aytuvchi bilimdon donishmand kishilar ko'p bo'lganini xabar qiladi. Bizning adabiyotimizda didaktik dostonning ilk namunalari "Qutadg'u bilig" va "Hibat ul -haqoyiq"dir. Didaktik adabiyot degan tushuncha esa pand-nasihat ruhidagi xilma-xil janr va turlarda yozilgan asarlarni qamrab oladi.
5.2. Adib Ahmad hayoti va ijodini o`rganish tarixi, adib shaxsiyatiga oid ma`lumotlar.
Adib Ahmad Yugnakiy haqidagi dastlabki ma`lumotlar Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida keltirilgan. Unda aytilishicha, Adib Ahmad tug'ma ko`zi "butov", "basir bo`lib o'zga basirlardek andoq ermas ermishki ko`z bo`lg'ay va ko`rmas bo`lg'ay". Shunga qaramay o`zi "bag'oyat ziyrak va zakiy, zohid va muttaqiy" kishi bo`lganligi shu manbada qayd etiladi. Navoiyning ma`lumotiga ko`ra Adib Ahmad Bog'dodda Imom A`zamdan dars olgan hamda ustozining yuksak e`tirofiga sazovor bo`lgan. Ushbu ma'lumnot Adib Ahmadning yashagan davriga oid turli bahs-munozaralarga sabab bo'lgan. Bu haqda Fitrat, N.Mallaev, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, B.To'xliev, H.Boltaboev M.Imomnazarov kabi olimlarning fikrlari mavjud.
Ahmad Yugnakiy haqida o'z asarida ayrim ma'lumotlar uchraydi. Dostonning nusxalaridan birida XV asr hukmdorlaridan Arslonxo'ja Tarxon adib haqida Adibning yeri Yugnak ekanligi (manbalarda Yugnak Farg'ona vodiysida ham, Turkiston atrofida ham, Samarqand yoki Sirdaryo atroflarida ekanligi ko'rsatiladi), otasining oti Mahmud, o'zi Adib Ahmad, kitobining oti "Hibatul haqoyiq", asarni Qoshg'ariy tili bilan yozgani kabi ma'lumotlar qayd etiladi. Yana bir noma'lum shaxs tomonidan yozilgan qaydda esa, shoirning ko'zi ojiz bo'lgani, kitob 14 bobdan iborat ekanligi yoziladi:
Tug'a ko'rmas erdi adibning ko'zi,
Tuzattim bu o'n to'rt bob ichra so'zi.

"Hibat ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar armug'oni")ning bugungacha uchta nisbatan to'liq qo'lyozmasi va uchta ayrim parchalari saqlanib qolgan. Ularning eng qadimgisi 1444-yilda Samarqandda Ulug'bekning nufuzli beklaridan bo'lgan Arslonxo'ja Tarxon topshirig'iga ko'ra, kotib Zaynul Obiddin ibn Sultonbaxt al Jurjoniy al Husayniy tomonidan uyg'ur yozuvida ko'chirilgan. Keyingi nusxa uyg'ur va arab yozuvlarida bo'lib, 1479-yilda Turkistondan Istambulga borib qolgan kotib Shayxzoda Abdurrazoq baxshi tomonidan ko'chirilgan. Uchinchi qo'lyozma arab xatida bo'lib, unga turkiya sultoni Boyazid II muhri bosilgan. Bu nusxa ham XV asr oxiri XVI asr boshlarida ko'chirilgan.


Doston nusxalarining beshtasi Istambulda bittasi Germaniyada saqlanadi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish