Ozbek mumtoz adabiyotida yusuf alayhissalom obrazi, anana va talqinlar


“Yusuf alayhissalom qissasi”da obrazlar tizimi



Download 0,61 Mb.
bet8/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#758023
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
dissertatsiya

2.2. “Yusuf alayhissalom qissasi”da obrazlar tizimi
Milodiy 1309—1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabguziy” asarini kitobat olamining gozal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab otgan paygambarlarning hayoti, ezgu oy-u amallari, hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uygunlashib ketgan. El orasida qadimdan mashhur bolgan bu asar “Paygambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhissalomgacha otgan barcha paygambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy paygambarlar bilan birga paygambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta orin berilgan.
Rabguziyning kitobida takidlanishicha, Odam Atodan Muhammad alayhissalomgacha bir yuz yigirma tort ming paygambar otgan. Bazi paygambarlar bir davrda zamondosh bolib, yonma-yon yashashgan. Masalan, Rabguziy oz asarida Muso bilan Xizirni, Muso bilan Xorunni, Muso bilan Lutni, Dovud bilan Ishmuilni, Xizr bilan Ilyosni, Maxaharqiyo bilan Yunusni zamondosh deb tasvirlaydi. Masalan, Rabguziy Ilyos paygambarning hayotini tasvirlaganida shunday suhbatni keltiradi19:

  • Sen Jalil togida turgan Ilyosmisan?- soradi Armala.

  • Bale, — javob qildi Ilyos.

  • Men sen aytayotgan soz uchun uch yuz yetmish paygambarni oldirdim. Ularning yetakchisi sensan. Men seni oldi deb hisoblayman. Sen oz oyoqing bilan olimga kelding.

Demak, Rabguziy oz asarida takidlashicha, Ilyos paygambar bilan zamondosh uch yuz yetmish paygambar bolgan.
Rabguziyning birinchi kitobida Odam Ato alayhissalom, Shis alayhissalom, Idris alayhissalom, Nuh alayhissalom, Hud alayhissalom, Solih alayhissalom, Ibrohim alayhissalom, Ismoil alayhissalom, Ishoq alayhissalom, Lut alayhissalom, Yoqub alayhissalom, Yusuf alayhissalom, Muso alayhissalom kabi on uch nafar paygambar hayoti va faoliyati haqida alohida hikoya qilinadi.
Ikkinchi kitobida esa Muso alayhissalom, Xorun alayhissalom, Dovud alayhissalom, Ishmuil alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Maxaharqiyo alayhissalom, Yunus alayhissalom, Ilyos alayhissalom, Jirjis alayhissalom, Luqmoni raximahullohi, Uzayr alayhissalom, Zakariyo alayhissalom, Yahyo alayhissalom, Iyso alayhissalom, Zulqarnayn, Muhammad Rasululloh kabi on yetti nafar yalovoch va tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Shuningdek, paygambarlarning zavjasi(xotini) yoki volidasi(onasi) bolgan avliyo, salohiyatli ayollarga ham lutfan alohida sahifalar bagishlagan. Odam Ato yonida Momo Havoni, Ibrohim paygambar bilan Sora raziyallohu anhuni, Ismoil paygambar bilan onasi Bibi Hojarni, Yusuf bilan Zulayhoni, Iysoning volidasi Bibi Maryamni, Muhammad Rasululloh yonida Xadicha raziyallohu anhu va Oyisha raziyallohu anhuni gozal tasbehlar bilan aks ettiradi.20
Bu ikkala kitobda yigirma toqqiz nafar paygambar va tarixiy shaxslar haqida alohida qissalar mavjud bolib, ularning hayoti, faoliyati hadislar, sharqona rivoyat-u hikmatlar orqali juda qiziqarli ifoda etilgan. Quroni Karimdan oyatlar keltirilishi asarning orginalligini oshirgan. Ikkinchi kitobning ozida yetti yuzga yaqin oyat-u hadislardan misollar keltiriladi. Shuningdek, rivoyatlar va hikmatlar orqali farishtalar bilan parilarning, obidlar bilan zohidlarning farqi nimadaligi, Yajuj bilan Majuj haqidagi axborotlar asosli va goyat gozal ifodasini topgan. Mis, simob, temir, oltin kabi kimyoviy elementlarning kashf etilishi, ishlatilishi ham ushbu soha egalarini, kimyogarlarni qiziqtirishi tabiiy. Kimyoviy elementlarning kitobdagi ifodasi ota-bobolarimiz azal-azaldan ilmu fanga juda qiziqqanligini ozida aks ettiradi.
Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb tilga olingan shaxsning Aleksandr Makedonskiyga daxldorligi, Zulqarnayn nisbasiga oid talqinlar shunchalar xilma- xilki, bu muammo yechimi dunyo olimlarini mudom oylantirib, bahslarga sabab bolib keladi. Chunki, uning tarixiy shaxs va adabiy obraz sifatidagi talqinlari bazan bir-biridan keskin farq qiladi, shuningdek, Zulqarnayn nisbasi haqida ham turli xil qarashlar mavjud. Zulqarnaynga oid ilk manba Quroni Karim bolib, “Kahf” surasining 83:98 oyatlarida u haqida qimmatli malumotlar berilgan.21 Ushbu muborak manbada Iskandarning avval garbga borib, bir qavmni togri yolga chaqirishi, keyin esa Sharqqa borib boshqa bir qavmni hidoyatga chorlashi takidlanadi. Rabguziy ham Zulqarnayn haqida Quroni Karimga asoslanib yozganligi keltirilgan misollaridan korinib turadi. Masalan: “Zulqarnayn Iskandariya nomli joydan bolgani uchun Iskandar deb ataldi. Zulqarnayn ham unga keyinchalik berilgan nom bo`lib, yer yuzining magribidan mashriqigacha bosib olib, boyinsundurgani uchun shunday ataldi. “Qarn” so`zi arab tilida “muynuz”(munguz, shox) demakdir. Ikki muynuzlik degan manoni anglatadi. Zulqarnayn boshidagi kiyimi(dubulgasi)da oltindan ikkita shox bor edi. Mavlo Taolo unga paygambarlik yubordi. Urdilar shoxlari sindi. Yana aytishlaricha, u ikki qarnli bolib yashagan edi. Yana uning paygambarligiga ham ixtiloflar bor. Bazilar paygambar edi dedilar, bazilar Olloh yorliqagan malik edi dedilar.22
“Kahf” surasidagi bu oyatni dalil qilib keltiradilar: “Darhaqiqat, Biz unga (Zurqarnaynga) bu Yerda saltanat, hukmronlik berdik va (kozlangan) barcha narsasiga yol imkoniyat ato etdik”(18: 84)”.23
Rabguziy ozi yozgan soz boshida mengacha paygambarlar qissasi kop yozilgan ularndan otib biror narsa deyishim qiyin deb malumot beradi24 va kamtarligini ham namoyon etadi. Bitta shu jumlaning ozi ham ajdodlarimizning ilmga bolgan etiborini anglatadi.
Rabguziy Muhammad Rasululloh hayoti va faoliyatini gozal qahramonliklarning namunasi qilib korsata olgan. Shuningdek, asarda Muhammad paygambar Hindistonga musulmonlikni qabul qilishlari uchun xat jonatgani takidlanadi. Diplomatik aloqalarga ham orin beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Rabguziyning paygambarlar haqidagi qissalari ham badiiylik, ham til nuqtai nazaridan katta etiborga loyiq yozma yodgorlikdir. Unda qadimiy qadriyatlarimiz bilan sharq falsafasi uygunlashib ketgan. Masalan, birinchi kitobdan orin olgan as-samovati-Samoning siyrati, Sifati al-arazna-Yer siyrati qismi bayon etilsa, ayni shu orinning rivoyat-u hikmatlar dunyoviy ilmlarga ham uygunligi anglashiladi. Bugungi fanda ham yer turli qatlamlardan iborat ekanligi aytiladi va har birining oz nomi bor. Bu asarda ana shu yer qatlamlarining qadimgi nomlaridan ogoh bolish mumkin. Mazkur tushunchalar “Qissasi Rabguziyda ham oz ornini topganligini qayd etish joiz. Shuningdek, mazkur asar sharqona qadriyatlarni tarannum etganligi bilan ham ahamiyatlidir.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish