2. O‘n ikki maqomning tarkibiy qismlari.
Musiqa risolalarida mualliflar dastlab 12 maqom nomini sanab ko‘rsatganlar. Ular - Ushshpq, Navo, Buslik (Abu Salik), Rost, Husayniy, Hijoz, Rahoviy, (Roxuviy), Zangula, Iroq, Isfahon, Zirafkapd (yoki Kuchak) va Buzurg (Buzruk) maqomlaridir.
O‘n ikki maqom tarkibiy guruqlari ustida alohida to‘xtalib o‘tamiz:
1. Maqomi Ushshoq. “Ushshoq” iborasi arabcha "oshiq” so‘zining ko‘pligi, ya’ni “oshiqlar” demakdir. Dastlab, bu maqom lirik kayfiyatlarni ifodalagan. Ushshoq maqomi lirik (ishqiy) shs’rlar bilan ijro etiladigan asar hamda oshiqlar tilidan aytilgani uchun unga “Ushshoq” nomi berilgan bo‘lsa ksrak.
Ushshoq maqomining tovushqatori tabiiy miksolidiy ladiga mos keladi. Shunday ladga mos keladigan kuy va ashulalar ham Ushshoq maqomi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |