Abdurasulova Amina Raximovna
Rashidova Sayyora Sharobovna
Obidova Muhabbat Fozilovna
Keyin olimlar qiyofasida chiqqan o’quvchilar olimlar haqida malumotlarni ketma ketlikda aytishadi.
ABDURASULOVA AMINA RAHIMOVNA
(1912, Urganch).
Birinchi o’zbek ayollari orasida kimyo fanlari doktori (1965), professor (1966). O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1939), organic kimyo kafedrasi assisenti (1943-48), dosenti (1948-1966), O’zbekiston milliy universiteti organic kimyo kafedrasi mudiri (1969 yildan). Ilmiy ishlari fenollar va ularning efirlarini alkillashga bag’ishlangan bo’lib nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Ortoziklogeksilfenolni sintezi sanoatda qo’llanilgan. 60 ga yaqin maqola va avtorlik guvohnomalarini e’lon qilgan
OBIDOVA MUHABBAT FOZILOVNA
(1931.18.10, Toshkent).
O’zbekiston FA akademigi (2000). Kimyo fanlari doktori (1974), professor (1976). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). O’zbekiston FA Kimyo instituti (1957-58) va Polimerlar kimyosi instituti xodimi (1959-64), O’rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoato institutida sector mudiri (1965-67), laboratoriya mudiri (1967 yildan). Ilmiy ishlari neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatida ishlatiladigan gidrokreking katalizatorlari sinteziga oid. Obidova M. rahbarligida vitaminlar va yarim mahsulotlar ishlab chiqarishda uzoq muddat faol ishlaydigan gidrogenlash katalisatorlarining turlari olingan.
RASHIDOVA SAYORA SHAROFOVNA
(1943. Jizzax)
O’zbekiston FA akademigi (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993). Kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Moskva universitetini bitirgan (1965). O’zbekiston FA Kimyo institutida laboratoriya muditi (1972-79), polimerlar kimyosi bo’limi rahbari (1979-81), O’zbekiston FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981 yildan). Asosiy ilmiy ishlari yuqori molerulyar birikmalar kimyosi-polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reakziyalarga oid. Rashidova S. rahbarligida yo’naltirilgan kimyoviy modifikaziyali biologic faol polimerlar, dorivor preparatlar, o’simliklarni himoya qiliash vositalarini olish uchun yuqori molekulali moddalarni tanlashning nazariy asoslari, qishloq xo’jaligi ekinlari (g’o’za,sholi, qand lavlagi va b.) urug’larini ekishga tayyeplashda biologic faol polimerlarni qollab kapsullalashning ekologik zararsiz texnologiyalari ishlab chiqildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (1995 yildan). “Do’stlik” (1999), “El-yurt hurmati”(2003) ordenlari bilan mukofotlangan.
As.: Biologichesko aktivnie polimerniye kompozizii v semenovedenii (hamkorlikda), T.,1987. Vodorastvorimiye biologicheski aktivniye polimerniye sistemi I ix primenenie v selskom xozyastve. T.,2003.
3. Ular o’zlarini tanishtirib bo’lishgach -shu olimlar haqida vaektarina savollari otkaziladi bunda savollar umumiy beriladi va saolga javob bilgan o’quvchilar qo’l ko’tarib javob beradilar .Bundan maqsad o’quvchilar olimlar hayoti haqida qanchalik o’zlashtirilgani tekshiriladi.
1- Boshlovchi: Mana olimlar hayoti kimyo faniga qo’shgan xissalari haqida bilib oldik.
Qani sinab ko’raylikchi ular hayot faoliyatlarini qanchalik o’zlashtirdingiz ekan. Hozir vektarina savollarini o’tkazamiz. (savollar o’qiladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |