O`ZBEK HAJV SO`Z USTALARI
20-yillar o`zbek fel`etonchiligida atoqli adib, shoir Hamza Hakimzoda
Niyoziyning ham alohida o`rni bor. Taraqqiyparvar jadid adabietida o`zining o`sha
davrning muhim ijtimoiy muammolariga bag`ishlangan fel`etonlar bilan ancha
faol ishtirok etgan va o`z asarlari bilan milliy ijtimoiy fikr taraqqiyoiga salmoqli
hissa. H.Niyoziy «Mushtum» jurnalida «Ko`cha ashulasi», «Yangi Farg`ona»
gazetasining «Chig`iriq» bo`limida «Saylov oldida», «Bir eshon o`pkasi», singari
she`rlari bosilib chiqdi.Ammo uning hajviy she`rlarida umuminsoniylik ruhi ham
yo`q emas edi. Shoir o`zining oldingi davr ijodidagi bosh yo`nalishi bo`lgan
taraqqiyparvarlik, millat holiga achinish g`oyalarini keyingi asarlarida ham davom
ettirdi. Jaholat, mutaassiblik kabi ijtimoiy illatlarni qoraladi.
E omon bo`l, qayda ul o`nbesh qadoqlik papkalar,
Sizki bundoq shum, munofiq, o`zgadan Kim o`kpalar?!
deb zaharhanda bilan xitob qiladi shoir bunday shaxslarga
10
.
Jamiyat hayotdagi ijtimoiy illatlarni yuqotishda, ularga nisbatan jamoatchilik
fikrini qo`zg`atishda hajviy publitsistikaning katta rol` o`ynashini yaxshi bilgan
adib nasriy fel`eton janrida ham samarali ijod qildi. Adibning «Mushtum»
jurnalining dastlabki sonlarida bosilgan «Mahalliy sarmoyani kuchaytirish
choralari» fel`etoni o`sha davr hajviy publitsistikasi asarlari orasida o`ziga xos
salmoqqa egadir. «Tovonteshar» imzosi bilan yozilgan mazkur fel`etonda
yozuvchi Qo`qon ijroqo`mi ishidagi qator nuqsonlarni, o`z manfaatini xalq
manfaatidan yuqori qo`yuvchi ba`zi bir xodimlarni achchiq til bilan tanqid qiladi.
Fel`eton o`sha davrda qo`llaniladigan ayrim rasmiy-hujjatlarga o`hshatma-
parodiya tarzida yozilgan bo`lib, unga kinoyali mazmun beriladi:
«Qaysiki mahalliy hukumat kishilari, mahalliy sarmoyani ko`paytirish
chorasini istasalar Qo`qon ijroqo`mining shul xususda qilg`on qarorlaridan ibrat
olsin, masalan:
10
«Янги Фарғона» газетаси, 1928, 6 март.
19
Boqimanda solig`larni yig`ishtirish xaftasi e`lon qilib, butun mas`ul
ishchilarni boqimanda soliqlarini undirish to`g`risida tashviqot kampaniyasi
o`tkazish uchun bo`lislarga chiqarib, ul chiqqan vakillar qishloqlarni sayohat
qilishga chiqib, tashviqot o`rniga ov qilib, qaytishda ijroqo`mlarning qo`lidan olib
kelgan tilxat bilan qanoatlansin»
11
.
Fel`eton davomida rasmiy qarorga parodiya shakli davom ettirilib, «olti
soatlik ish vaqtlarining ¾ qismini oshxonada o`tkazadigan», «har bir kirgan
kishidan arizadan ilgari papirosga gadoylik qiladurg`on ota o`g`li»lar ustidan
kulinadi. Mazkur fel`eton yangi tuzum amaldorlari hatti-harakatlaridagi nuqsonlar
va illatlarni qattiq tanqid qilishi bilan hamohangdir.
20-yillarning birinchi yarmida «Mushtum» va boshqa nashrlar sahifalarida o`z
fel`etonlari bilan doimiy ishtirok etgan fel`etonchilardan biri G`ozi Yunus edi. U
o`z materiallarini Ayyor, Dahriy, Jimit, Mulla Mushfiqiy, Mulla Cho`qmor, Mix,
Murdasho`y, Mal`un, Mardikor, Kishi, Ishchi, Murtad, Otto`rva soqol, Oqpadar,
Sumalak avliyo, To`g`ri so`z, Eski musulmon, Eshimqul, Shapaloq, Qalampir,
Qo`rqoq maxzum, G`urt, Cho`qmor, G`ip, G`is va boshqa taxalluslar bilan
imzolar edi. G`ozi Yunusning fel`etonlari mavzu jihatidan xilma-xil bo`lib, davr
ijtimoiy masalalariga qaratilgan edi.
G`ozi Yunusning «Qo`y terisini yopingan bo`rilar» fel`etoni ham aniq
faktlarga asoslangan bo`lib, unda oldin Toshkentshahrida politsiyachi bo`lib
xizmat qilgan, so`ngra Chimkent viloyatining ijroqo`m raisi o`rinbosari mansabiga
o`tirib olgan Abduqodir Abdurazzoqov degan kishi tanqid ostiga olinadi. Muallif
bu fel`etonida dalillarni bayon qilishda o`ziga xos uslub – jarchilik shaklidan
ustalik bilan foydalanadi: «- Hoy, un yalagan qalloplar, qon yalagan qassoblar,
toshdan urgan baqqollar, bo`ydan o`rgan bazzozlar, kayfi ketgan bangilar, zikr
aytgan hangilar, eshitmadim demanglar, manna bu ko`z oldingizda sazoyi
qilinuvchi kishi-o`sha «ota»miz Nikolayning eng murdor, eng jallod
gorodovoylaridan Abduqodir Abrazzoqovdir».
11
«Муштум» журнали. 1925. 13-сон.
20
Fel`eton davomida bu shaxsning barcha qilmishlari o`sha- «tantanali sazoyi
qilish» uslubida birma-bir sanab chiqiladi va so`ngida: «Eski hukumat jallodlariga
bizning oramizda o`rin yo`q! Bitsin eski idora jallodlari! Bitsin qo`y terisini
yopingan monarxiya dumlari!» - degan xulosa chiqariladi.
12
Ko`rinib turibdiki, fel`etonchi o`z «qahramon»ini fosh etishda kulgisiz g`azab
uo`g`otish usulini tanlagan. Shuni aytish kerakki, yuqoridagi singari kulgisiz satira
faqat alohida hollarda o`z natijasini berishi mumkin. Undan zarur-nozarur
foydalanish esa muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. G`ozi Yunusning bir qator
maqola-fel`etonlarida anna shu holni ko`rish mumkin. Jumladan, u «Zamonning
zayli» fel`etonida dindorlar tanqid qilar ekan, ularni «oq sallali devlar», «axlatlar»
deb aytadi. Muallifning «O`zbekiston», «1925 yil» kabi fel`eton-maqolalarida
to`g`ridan-to`g`ri bayon qilish, xitob etish hollari ustun turadi. Bu – fel`etonchining
hajviy jurnalistika badiiy-estetik printsiplarini bir yoqlama tushunishi, ya`ni
ijtimoiy kulgining ahamiyatini tan olmasligi natijasidir, Abdulla Qodiriy G`ozi
Yunus fel`etonlaridagi xuddi anna shu kamchilikni qattiq tanqid ostiga olganligini
biz yuqoriroqda aytib o`tgan edik. Umuman olganda G`ozi Yunusning fel`etonlari
sinfiy
manfaatlarga,
bol`shevistik
partiya
siyosatiga
xizmat
qilishga
bag`ishlanganligidan umri qisqa asarlar bo`lib, o`z xizmatini allaqachon o`tab
bo`ldi. Faqat umuminsoniyat manfaatlari yo`lida va katta ijodiy mehnat-mahorati
bilan yozilgan asarlargina kelgusi davrlar uchun xizmat qilishi mumkin.
Ziyo Said «Salom va tanqidli payon» fel`etonida o`sha davr o`zbek
adabiyotining namoyandalari haqida fikr yuritsa, «To`ng`izzoda allanima balolar
vaziri» fel`etonida esa Italiya fashistlarining boshlig`i Musollinini fosh etadi.
Yigirmanchi yillar o`zbek hajvietining namoyandasi bo`lgan Ziyo Said
hajvso`zning yirik janri-fel`etonlar turkumiga ham qo`l urdi. U o`z hamkasbi,
«Mushtum»ning o`sha yillardagi ma`sul kotibi Nosir Said bilan birgalikda «Oxirat
maktublari» deb ataluvchi turkum fel`etonlar yaratdi. :
Yigirmanchi yillarning boshlaridan matbuotga ilk qadam qo`ya boshlagan
Abdulla Qahhor o`z ijodini hajviy publitsistikadan boshladi desak xato qilmagan
12
«Муштум». 1925, 7-сон.
21
bo`lamiz. U «Mushtum» jurnalining dastlabki sonlaridan boshlab faol ishtirok eta
boshladi. Yozuvchi dastlab hajviy she`r janrida ham ijod qildi. U «Mushtum»da
bosilgan qator hajviy she`rlarida jaholat va nodonlikdan tanqid qildi. Masalan, u
«Eshagim» she`rida xalq og`zaki ijodi yo`lidan borib mutaassib dindorlarni
qoralasa, «Oy kuyganda» she`rida qoloqlik, xurofot ustidan kuldi. Shoir qoloq
tushunchali kishilarning oy tutilganda vahimaga tushib, qilgan qiliqlarni bunday
hajv etadi:
Har ko`chada dodu fig`on,
Tomga chiqib aytib ozon,
Tovoqlarga keldi qiron,
Tomosholar bo`ldi vayo.
13
Turmushga sinchkovlik bilan qarovchi yosh adib hayotda yangilik da`vo
qilsa-da aslida eskidan qolgan odatlarni ham ko`ra bildi. Masalan, u “Pes qildim”
she`rida o`sha davrda mushtumxonlarga tanish bo`lib ketgan ibora- «Toshpo`lat
tajang nima deydir?» asarining qahramoni doim takrorlaydigan «Pes qildim»
degan iborasini radif qilib olib, qoloqlik va jaholat ustidan kuladi:
Taralg`on soch, buqoq shimlik
Avom mullog`a pes qildim.
Qo`lida rus gazeti bor.
U bilmas balki o`ng yog`in
Shuni ham ish qilib yurg`on
Gazetxonlarga pes qildim.
O`sha davr g`oyalarida mahkam turuvchi yosh shoir ana shu aqidalar
asosida qoralana boshlangan shoirlar-Fitrat va Cho`lponlarga ham «til tekizib»
o`tgan:
Shu ham she`ru shu ham yalla
Haqorat bo`ldi shoirga…
Dedingmu Fitratu Cho`lpon,
Haqoratlarga pes qildim!
14
13
«Муштум», 1924. 8-сон.
14
«Муштум», 1924. 11-сон.
22
A.Qahhorning o`sha davrda yaratgan hajviy she`rlari bo`lajak adibning ilk
ijodiy izlanishlari mahsuli sifatida ma`lum badiiy qimmatga egadir. Abdulla
Qahhor yigirmanchi yillarda fel`etonning kichik shakllari ustasi bo`lib ham tanildi.
Uning bu davrdagi fel`etonlarning aksariyati dinga qarshi bir dindorning
ochko`zligini quyidagicha hajviy bo`rttirish bilan tasvirlaydi.
Shuni aytish kerakki, yigirmanchi yillarning boshqa hajviy jurnalistlari qatori
G`ofur G`ulom ham o`z asarlarida shu davr muxitiga mos xizmat qildi.
«Mushtum»da bosilgan «Ish qopi bilan, gap – qofiyasi bilan» (1928, 11),
«Telefonda anketa to`lg`azish» (1928, 21) kabi fel`etonlarni o`sha davr
irodalaridagi
sansolorlik,
byurokratik
hollarni
tanqid
qiladi.
«Shoirlik
nosqovog`idan bir otim» deb nomlanuvchi fel`etoni nuqsonlar qalamga olingan.
Fel`etonchi bu asarida «she`rni men zanbarini onam to`qisin» qabilida ish
ko`ruvchi, she`r nimaligini bilmasdan shoirlik da`vosini qiluvchi didsiz, kaltabin
bir shaxsning umumlashgan obrazini yaratadi. Fel`eton qahramoni guyo o`z uyida
xotini bilan ham:
O`tin yo`q, yog` tugab chelakning
Ichida kalamush o`libdir.
Oshxona buzilib elakning
Gardishi dabdala bo`libdir,
Tarzida «she`r» bilan gaplashadi. Shu o`rinda muallif o`sha davrda «oq she`r
» nomi bilan mashhur bo`lgan ayrim tumtaraqay uslubdagi she`rlarni ham
masxara-parodiya qiladi:Jonginam, shunday yaxshi, unumli zamonda
Bir boqib qo`ying, qolmang armonda.
Ko`r bo`lsin, yo`qolsin,
Chemberlen!
26 iyul` yarmanka.
Ushbu fel`etonning «Handalak polizidagi bir mojaro» «Eshimqulga Nazira»
deb atalgan qismida esa G`ozi Yunusning bo`sh asarlari ustidan piching bilan
kulinadi:
Qaysi shudgordan etilib chiqdim,,
23
Qaysi pushtada g`o`dayib pishdim…
15
.
G`afur G`ulom bu davrda hajviy publitsistika bilan birlikda hajviy she`riyatda
ham peshqadamlik qildi. Uning she`riy hajvlari mavzu jihatdan rang-barang, shakl
va uslub jihatdan o`ziga xos edi. Shoir har bir mavzuga mos uslub, obrazlilik,
kulgu turi va me`yorini topa bildi. Masalan, shoir «Obaki dandon» she`rida hayit
bahonasi bilan ayshu ishratga beriluvchilarni kesatiq kulgisi bilan fosh qilsa,
«Husn» hajviy she`rida satanglik illati ustidan piching bilan kuladi. Shoirning
«Kampirimning hiylasi» hajviy she`rida esa hayotdan olingan komik hol-qarib
quyilmagan cholning hatti-harakatlarini engil masxara, yumoristik kulgi bilan
tasvirlandi:
Asta-asta lab yalab tashlar edim shoshqolni,
Tole`imdan aylanay, ko`rsatdi ushbu folni:
Sa`ri kovshim teskari kiydi, qo`limda zo`r asso
Pur salobat sala-tasbih, qochirardim zolni.
Dilda haqning zikrin aytib ko`chaga qo`ydim qadam,
Shoyad uchratsa «xudo» deb bir satang xushholni.
Nogohon o`tdi likonglab parda ichra bir pari,
Tortdi-ketdi yonginamdan chimchilab men cholni.
Qarib-qo`yilmagan chol haligi ayolning orqachidan yo`rtadi va bir yo`lakka
kirib, paranjidagi bu «pari» bilan uchrashuvni «va`da»lashadi. Lekin keyingi
voqealar butunlay boshqacha tus oladi:
Ertaning fikrin qilay deb hovliga kelgan edim
Kirmasimdan bachchag`ar kampir yo`g`on bir tolni-
Keltirib boshimg`a urdi, chiqdi ko`zning paxtasi,
Beshni urganda chiqardi miyadan misqolni.
«Voh!»- deb erga cho`zilsam urdi shappoti bilan.
Ko`p haqoratlar qilurdi men g`aribu lolni,
Ko`chada ko`rgan o`shal nozik badan bilsam keyin-
Kampirim ermish, sinarmish men qari dajjolni
16
.
15
«Муштум», 1928. 8-сон.
16
«Муштум», 1928. 15-сон.
24
G`afur G`ulom o`zbek hajvietida birinchi bor she`riy fel`etonga asos soldi.
Uning «Mushtum»ning 1930 yil, 17-sonida bosilgan «Qo`ltiqlangan kalla
to`g`risida qofiyali va`z (Tizma fel`eton») deb atalgan she`riy asari anna shu
janrning barcha talabalariga javob beruvchi birinchi asar edi.
G`afur G`ulomning bu davrda «Mushtum»da bosilgan «Klassiklardan qachon
so`z ochar, ehtiyot bo`ling-olovlar sochar», «Dramaturg ko`pmi, shoir?»
fel`etonlari 30-yillarda adabiy mavzuda yaratilgan eng mukammal hajviy
publitsistik asarlardi. Mazkur fel`etonlarda o`zbek adabiyotining barkammollikka
erishishi masalalari haqida fikr yuritiladi hamda bu yo`lda uchrovchi illatlar-
bilimsiz, saviyasi past, bo`sh asar yozuvchilar tanqid qilinadi. Birinchi
fel`etonning qahramoni Suvonqul shoirlik da`vosini qiladi, ammo uning
tushunchasicha «Pushkin-katta ko`cha», «Tolstoy-yo`g`on degani», «Fuzuliy-eski
maktabda o`qilaturg`on bir kitob», «Muqimiy-Hapalak qishlog`ining so`fisi» va
hakozo. Muallif ana shunday kaltabin, maqtanchoq shaxsning tipik obrazini ustalik
bilan yaratadi. «Dramaturg ko`pmi, shoir?» fel`etonida ham zamon talabiga javob
bermaydigan bo`sh, pul uchun yozilayotgan asarlar ko`pligi o`tkir kinoyaviy
iboralarda ochib tashlanadi:
«..Modomiki, she`rni olov pusqurguchi, vahimalar yaratuvchi, o`z-o`zidan
lovillab yonguvchi va hammasi yig`ilib elliktadan oshmagan, ishlatila-ishlatila,
suykala-suykala sartarosh qayrog`iday chibin ko`nsa oyog`i tiyg`anadigan
darajada shablon so`zlarda har qachon yozish mumkin, na vaznu qofiya, na saj`i
tashbih, na nisbat, na tanosib, na sifat va na salmoq she`r yozish shartlari bilan
aloqador emasdir va bu she`rlarga O`zgizning kassasi har qachon ochiqdir, qani ey
mening osoyishta tinglaguvchim, onang ham shoirlarning ro`yxati bormi,
haligacha qancha asari bor? Agar bo`lmasa hayf senday o`g`ilgakim, haligacha
sening uchun saharlar turib oq sut bergan onayi mehriboningni qarigan kunlarida
shunchalik jo`n, shunchalik o`nimli shunchalik obro`li bir kasbga tashviq
qilmabsan va duosini olmabsan»
17
.
17
«Муштум», 1931. 18-сон.
25
Adib yuqoridagi kabi istehzoli-dabdabali xitob yo`li bilan adabiyotdagi
kamchiliklar ustidan kuladi.
Jumladan, biz Mavlono Paydoning
Bo`yra to`qilur,
Kitob o`qilur,
Oltmishga kirgan bo`lsang, yuz yoshingga qirq yil bor,
Bu sahifani o`qib bo`lib, yonidagi sahifani o`qi,
Singari «chuqur mazmunli», «hikmatli so`z»larini o`qib, «huzur» qilsak,
uning «soddalik», «go`llik» bilan aytib yuborgan:
Raypishchetorgga ishga kirgan bo`lsang-o`g`il to`yini boshla,
Behafsala yozilgan asarni hafsala bilan so`kadilar,
Xalq haqqini egan sassiq bo`lar
18
kabi iboralaridan «kosaning tagidagi
nimkosa»ga qilingan ishora sifatida tushunamiz. Yozuvchi shu tarzda hayotdagi
qator illatlarni fosh etishda Mavlono Paydo obrazidan foydalandi. Umuman
olganda, mazkur obraz garchi tugallanmagan bo`lsa-da (ikkinchi jahon urushi
boshlanib ketganligi tufayli) o`ziga xos mukammal hajviy tip-niqob sifatida o`zbek
hajvchiligi tarixida munosib o`rin egallaydi.
18
«Муштум», 1941. 8-сон
26
Do'stlaringiz bilan baham: |