MARDLIK AFSONASI
Uzoq-uzoq o'tmishlar tarixin titsam,
Massagetlar shonidan bir qissa bitsam,
Afsona deb, kitobХОn, qoʻlimni tutma!
Shonli uzoq o'tmishdan koʻzing berkitma!
Axir, qanchа chuqurdan qaynasa buloq,
Suvi shunchа pok boʻlur, shunchа totliroq!
Ko'hna tarix bu kunga gar bo'lsa ibrat,
Uni eslab turmoqlik kerakdir albat.
Afsonaga o'xshaydi qissaning o'zi,
Ammo unda mavjuddir haqiqat izi.
Haqiqatdan tugʻilar ba'zan afsona!
Ulush qo'shsa ne ajab ertakchi ona
Baxshi unga bogʻlasa qanot va quyruq,
Qalbi bergach ko'ksidan shunday bir buyruq!
Tariximiz ko'p ulkan, keksa, beqiyos,
Har yili yuz dostonga boʻlur bir asos!
Amudan suv ichganmiz, choʻlda mol boqib,
Bobotogʻda yurganmiz lolalar taqib...
Ba'zan dushman kelardi tomogʻin qoqib,
Jang qilganmiz qirlarda, tunda o't yoqib.
Bir kun yurtga ot soldi bosqinchi eron,
Kayxusravning niyati: yer-suv, mulk, qiron...
- Bosh eg! – dedi ellarga,- men yashay mag'rur.
Men o'tganda qoʻlingni qovushtirib tur!
Menga bo'shat uyingning yumshoq toʻrini!
Menga bo'shat yoz chog'i salqin soʻrini!
Kabob yasa qoʻzining barra go'shtidan,
Xazinamga soliq yig' bog', qir, dashtidan!
Haramimga toʻplansin tam-tam goʻzallar!
Shavkatimga toʻqilsin doston, g'azallar!..
Nayrang bilan amudan o'tdi ot solib,
Bayrog'ida shum ajal, erksizlik olib.
Tinch bir oʻlka oromin yoʻqotdi shunda,
Hatto go'dak koʻksiga oʻq otdi shunda!..
El-u yurtni qopladi motam libosi,
qon yigʻladi hattoki, koʻlida gʻozi.
Qon yig'ʻladi el, elat, urug' va aymoq,
Qon yig'ʻladi dala-tuz, sahro, qir va bog'.
Qon yig'ladi beshikda tilsiz norasta,
Qon yig'ladi chol- kampir, dillari xasta.
Qon yigʻladi bog'da gul, qirda chechaklar,
Qon yig'ladi nomus deb, qiz, kelinchaklar.
Qon yig'ladi qoʻ'zi- qo'y taqir o'tloqda,
Qon yig'ladi:- suv! suv!- deb dehqon qirg'oqda.
Shunda chiqdi otilib ona toʻmaris,
-o'lim yovga!- dedi u.- bukmaymiz hech tiz!
Bizni sahro burguti, lochini derlar,
Bizga aziz, muqaddas bu ona yerlar.
Dushman oti nag'alin izi tushmasin!
Bogʻimizdan biror qush bevaqt uchmasin!
Uyat bizga- dushmanga bosh egib yashash!
Boqing, dushman mol-mulkni qilur xomtalash!
O'choqdagi olovim so'nmasin desang,
Ariqlarda suvlarim tinmasin desang,
Gullarimning shoxlari sinmasin desang,
Bola-chaqam qon yig'lab qolmasin desang,
Qoʻllarimga yov zanjir solmasin desang,
Ona yurtim daxlsiz, muqaddas desang,
Toʻldi sabr kosasi, yetar, bas desang,
Desang ona elimning aziz tuprogʻi,
Desang bevaqt so'lmasin hatto yaprogʻi,
Sariq xazon bo'lmasin yorim jamoli,
Qon hidiga to'lmasin bahor shamoli,
Bulut ichra tolmasin yorqin quyoshim,
O't ichida yonmasin qir, dala-toshim,
Boʻgʻzimda qolmasin erk toʻla kuyim,
Aylanmasin azaga bazmim va to'yim,
Oyoqosti bo'lmasin ajdodim goʻri,
Podam ichra oralab yurmasin bo'ri,
O‘tirmasin yov chiqib uyim to'riga,
Suv sepmasin tandirda qolgan qoʻrimga,
Bukilmasin ellikka yetmasdan belim,
Kesilmasin ogʻzimda bu biyron tilim,
O'yilmasin koʻzlarim, koʻrsin jahonni,
Qullik uchun tutmayman tanda bu jonni
Desang, xalqim, bosh ko'tar, tur, oyoqqa tur!
Dushman kelur bostirib, qarshisiga yur!
Omochni qo'y, qoʻlingga qilich, yarog' ol!
Agar qilich topmasang, bolta, o'rog' ol!
Neki bo'lsa ol qoʻlga, lekin qurol ol!
Хoh kattasan, xoh kichik, xoh er, xoh ayol!
Oyogʻingga etik kiy, belingni bogʻla!
Ona tuproq tuzini, vaqt keldi, oqla!
Хoh otlisan, xoh yayov, anjoming tuzat!
Maydonga chiq, maydonga, mardliging ko'rsat!
«ХО'p bo'ladi!» dedi el, turdi oyoqqa.
Hatto chollar tayanib hassa-tayoqqa!
Bitta mushtga aylandi yurt, ovul, qishloq,
Toʻlib ketdi lashkarga qir-u soy, toshloq!
Kiyim-boshi qurama, maqsad bittadir,
Bir ogʻizdan barchasi xitob etadir:
- sensan yurtning onasi, onaliging qil!
Sening soʻzing biz uchun amri vojib, bil!
Oʻzing boshla maydonga, boshla, to'maris!
Qolsin bizdan tarixda shonli porloq iz!
Qoʻli bogʻliq yashashdan o'lim a'lodir,
Bosqinchi yov o'limga mahkum balodir.
Oʻzing boshla mardona, boshla, to'maris,
Yo o'lamiz, yo yurtni shonga koʻmamiz!
«ХО'p! men rozi! dedi u, – tinglang alqissa:
Mening uchun qonundir, elim ne desa!»
Boshlab ketdi lashkarni, ostida tulpor,
Xalq ishonchi qalbiga yana kuch toʻplar!
Qilich, qalqon yarashar magʻrur bastiga,
Uzun sochi olingan qalpoq ostiga.
Baland poshna etigi xipchа oyoqda,
Olov koʻzi der edi: dushman qayoqda?
Ishonch bilan lashkarni boshlab ketdi u,
Nechа qir-u soylardan boshlab o'tdi u.
Jangga kirdi mardona, iftiХОr bilan,
Ishonch bilan, o'ch bilan, nomus-or bilan.
Gʻurur bilan, kuch bilan, matonat bilan,
G'azab bilan, zarb bilan, zo'r nafrat bilan...
Ming-minglab bosh sapchadek uzilib qoldi,
Ming-ming tana majolsiz cho'zilib qoldi.
Qonlar qonga qorishdi, o'lik o'likka,
Otlar jangga kirardi pishqirib tikka.
Duch kelganni kesadi oʻrogʻ-u bolta,
Uzun qilar so'yillar qoʻl boʻlsa kalta!
Mundoq boqsa kavxusrav, qoʻshin holi tang,
Хos askarin tushirib, oʻzi qildi jang.
Amin edi mahorat, kuch, bardoshiga,
Mard toʻmaris ot qoʻyib chiqdi qoshiga.
Qilichbozlik boshlandi yakkama- yakka,
Tashlanardi otlari arslondek tikka.
Qalqon toʻsib qolardi qilich zarbini,
Ikki tomon garovga qoʻygan qalbini.
Qalbinimas, hayoti, erk, iqbolini,
Yurt nomusi, sharafı, istiqbolini!
Ming chirandi kayxusrav, boʻlmadi biroq!
Qochib qoldi qoʻshinin tashlab tumtaroq!
Quvib ketdi mardona yovqur to'maris,
Qorasini yoʻqotmay borar izma-iz.
Shiddatida bor edi yigit viqori,
Yetib borib qilichin tutib yuqori
Yelkasiga tushirdi boshi aralash.
deya: «oʻzi bo'lurmi tinch elni talash?!»
Otdan uchib kayxusrav mukkalab ketdi,
Qora qonga belanib yoqasin tutdi.
Titrar edi maqtanchoq, chiranchoq qalbi,
Bir-biriga tegmasdi po'rsildoq labi.
Uchib ketgan qoʻlidan tilla sop qilich,
Zarbof to'ni der edi: «endi jondan kech!»
Shafqat tilab boqardi to'marisga u,
Tilin oʻnglab ololmas hatto so'zga u.
Kalta qildi soʻzini toʻmaris esa:
«Hukm shudir qahramon xalqim ne desa!»
Bir ogʻizdan xalq dedi: «dushmanga oʻlim!»
Xalq qalbida nafrati, qahri limmo-lim!
Shart uzildi murdorning boshi tanidan...
Bosh dumalab yotardi el oyogʻida,
Oltin sirg'a yiltillab so'l qulog'ida!
Mard to'maris so'z olib dedi: «Xaloyiq!
Yovga bergan zarbingiz maqtovga loyiq!
Doʻstga boʻ'lgan mehrchа yovga gahringiz!
Oltin sirg'a yiltillab so'l qulog'ida!
Mard to'maris so'z olib dedi: «Xaloyiq!
Yovga bergan zarbingiz maqtovga loyiq!
Doʻstga boʻlgan mehrchа yovga qahringiz!
Endi butun ozoddir qishloq, shahringiz!»
So'ngra boqdi dumalab yotgan u boshga:
«Tiriklikda to'ymovding sira qon-yoshga,
Mana endi to'yib ol, boshing ko'mib ich,
Bu gal senga kerakmas qalqon-u qilich!»-
Deya uzuq boshni u chuqurga otdi,
Chuqurdagi qonga bosh koʻmilib botdi!
Xalq olqishlab qizini dedi: «tashakkur!
Aqling- daryo, mehring- ko'l, har bir soʻzing-
dur!»
El tinchidi, oʻlkada ur-sur yoʻqoldi,
Yovdan faqat tuproqda qonli iz qoldi.
Tunda yomg'ir, sel kelib yuvdi uni ham,
Goʻyo qayta boshidan poklandi olam!
Tutdi omoch qulogʻin erksevar dehqon,
Mard to'maris dovrug'in el qildi doston.
Shiroq
Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) — Turon
xalqlarining axomaniylar podshosi Doro I (Doro)
bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Shahrining
hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib
qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini
Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi
Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat „Harbiy
hiylalar“ (“Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati
tilga olingan.
Shiroq, Eron shoxi bo'lgan Doro I bosqiniga qarshi
kurashgan xalq qahramoni. Shiroq Sak qabilasidan bo'lgan.
Sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors
qo`shinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy)
o'tkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq
kelib, o'z rejasini bayon qilgan. Rejaga ko`ra, Shiroq o'z
qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va
yolg'iz oʻzi (Doro I lashkariga qarshi turgan). Shiroq, Doro
I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam
yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi)
u Eron qo'shinini Saklar qabilasi turgan yerga qisqa yo'l
bilan olib borishini aytib, dushman qo'shinini Qizilqum
choʻli ichkarisiga boshlaydi. Shiroq, Doro I ning qo'shinini
7 kun mobaynida cho'lning qoq o'rtasiga olib kelib qo'yadi.
Doro I aldanganini bilib undan so'rashganda. Shiroq
atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga
qarata quyidagi so'zlarni aytgan:"Men yolg'iz o'zim Doro I
qo'shinini yengdim. Sizlarni aldab, cho'lning qoq o'rtasiga
olib keldim. Хohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin,
vohagachа toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!".
Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqqa
yolvorib, unga suvsiz cho'ldan olib chiqishi uchun katta
boylik va'da qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jon
fido qilishini aytgach, Doro I ning sarkardasi Ranosbat uni
qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi
suvsizlik
va
ochlikdanQizilqum
choʻlida
qirilib
ketgan.Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari
Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun
harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning
huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon
qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini
himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I
lashkariga qarshi turgan.
Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari
nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari
kesilgan edi) u Eron qoʻshinini saklar (shaklar) qabilasi
turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman
qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Eron
qoʻshini „yoʻlboshlovchi“ning maslahati bilan faqat 7
kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi.
Jazirama issiqda choʻlni kechib oʻtayotgan dushman
qoʻshini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat,
muhlatning 7 kunida dushman qoʻshini aldanganini
payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va
uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan:
„Men yolgʻiz oʻzim Doro qoʻshinini yengdim. Sizlarni
aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan
tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt
tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!”.
Daxshatga tushgan shoh va uning sarkardalari
Shiroqga yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi
uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi
yoʻlida jonni fido qilishini aytgach, Doro 1 ning sarkardasi
Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning
asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida
qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli aʼyonlari
yomgʻir yogʻishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra
daryosi (Amudaryo) qirgʻogʻigacha yetib kelishgan.
Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar oʻrtasida
jangnoma
va
rivoyatlar
yaratildi.
Bu
rivoyatlar
„Shiroq“ nomi bilan mashhur. Buxoro choʻponlari
oʻrtasida bu rivoyatlar hozir ham aytiladi. U turkiy
xalqlarga qoʻshni boshqa hududlardagi xalq ogʻzaki
ijodiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bu tarixiy voqeani
oradan 800 yil oʻtgach, Poliyen oʻz asarida yuqoridagicha
keltirib oʻtgan. Yozuvchi Mirkarim Osim “Shiroq”
hikoyasi va shoir Usmon Qoʻchqor „Shiroq“ dostonida
Shiroq jasoratini ulugʻlashgan. Toshkentda Shiroq nomli
koʻcha mavjud. Shiroq milliy qahramon sifatida
Oʻzbekiston tarixiga oid turli kitoblarda oʻziga munosib
oʻrnini egallagan.
Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy manbalar
1.
“To‘maris va Shiroq haqida qissa”. Mirkarim Osim.
Toshkent-1987. G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va
san’at nashriyoti.
2.
“Mardlik afsonasi” balladasi. Shuhrat. Tanlangan
asarlar. 2015.
Internet manbalar
1.
hozir.org
2.
wikipedia.org
3.
ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |