“O'zbek filologiyasi” fakulteti "Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari: "To’maris"



Download 173,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi173,12 Kb.
#906146
  1   2



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O'ZBEK TILI VA 
ADABIYOTI UNIVERSITETI
“O'ZBEK FILOLOGIYASI” FAKULTETI 

"Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari 
orqali yetib kelgan namunalari: "To’maris", 
"Shiroq""
 
mavzusidagi
KURS ISHI
 
 
Tayyorladi: Niyozboyeva Gulchiroy 
Tekshirdi: Orzigul Hamroyeva
TOSHKENT – 2022
 


Mavzu: Qadimgi qahramonlik eposining yunon 
manbalari 
orqali 
yetib 
kelgan 
namunalari: 
“To’maris”, “Shiroq”

Reja:
 
1. To’marisning ahamoniylar shohi Kir II ga qarshi 
kurashi.
2. Shuxratning "MARDLIK AFSONASI" balladasi va 
Mirkarim 
Osimning 
"TO'MARIS" 
tarixiy 
hikoyalarida 
vatanparvarlik, 
vatanga 
bo‘lgan 
muhabbat tuyg'ularining ulug‘lanishi.
3. Shiroqning qahramonligi. 


Har bir insonning tug'ilib o'sgan tuprog'i u uchun 
yagona va muqaddasdir, yani Vatanidir. Shu Vatani suvsiz, 
qaqragan cho'lda bo'ladimi (Afrikadagi eng ogʻir sharoitda 
yashovchi negr qabilalari) yoki faqat qorli muzlikda 
(Eskimoslar), u yerdagi sharoit qanchalar mushkul, og'ir 
bo'lmasin shu makonini muqaddas biladi va kerak bo'lsa 
himoya qiladi, o'zlari uchun shu joyni, Vatan deb 
hisoblashadi. Serquyosh o'lkamiz O'zbekiston, bu 
joylardan mustasno, to'rtta fasl galma-gal keluvchi sexrli 
o'lka, ikki daryo orasidagi unumdor zamin, tabiati hech 
qayerda takrorlanmas, betakror o'lkadir O'zbekiston. Shu 
boisdan bo'lsa kerak tarixdan ma'lumki yurtimizga 
qanchadan qanchа yog'iylar yurtimizni egallashni va bu 
yerlarga egalik qilishni xohlamagan deysiz. Men bu 
mavzuni ana shu yovuz yog'iylar yurushi va mardonovor 
jasorat ko'rsatgan ajdodlarimizga bag'ishladim. Vatan 
himoyasi yo'lida o'z jonini tikib, uni himoya qilgan 
ajdodlarimiz haqida
lavxalar va ularga qisqachа tavsiflar keltirilgan. 


Vatan himoyasi haqida so`z ochgan ekanmiz, 
To`maris momo va uning jasorati haqida to`xtalmay 
o'tolmayman. Ona yurt uchun qo'liga qilich ushlagan, 
Vatan manfaati yo'lida o'g`lining o'limini mardlarchа 
qarshi olgan bu ayol tillarda doston bo'ldi. Tomaris yurtiga 
bosqinchilik qilgan qonХО'r shox Kir II (Kayhusraf) ni 
jangada yer tishlatgan Toʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon 
xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga 
rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda.Birinchi turk ayol 
hukmdori- 
massagetlar 
qabilasining 
malikasi 
To'maris.To'maris miloddan oldingi VI asrda yashagan. 
To'maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan.U besh 
yoshida ot minishni o’rgangan. To'maris yoshligidan 
otasidan ta'lim olgan. Uning onasi erta vafot etgan 
edi.To'marisning eri Rustam juda kuchli qahramon edi, 
ammo u erta vafot etgan. Rustam vafotidan keyin To'maris 
taxtga o'tirdi.Miloddan avvalgi VI asrda Axmoniylar 
podshosi Kir II O'rta Osiyoga bostirib kirib qabilalarni 
bo'ysundirdi. Kir II To'marisga o'z xabarchisini yuboradi. 


U To'marisga unga uylanishni va ikki xalqni urushsiz 
birlashtirishni taklif qildi. Massagetlar malikasi esa bu 
taklifni rad etdi.Erondan kelgan qoʻshin va massagetlar 
oʻrtasidagi 
dastlabki 
jangdaTo'marisning 
oʻgʻli 
boshchiligidagi massagetlar gʻalaba qozongan. Ikkınchi 
jangda esa forslar hiyla bilan uni asir olishadi. 
To'marisning o’g’li bunga chiday olmay oʻz joniga qasd 
qilgan.Shundan keyin jangga To'maris boshchilik qiladi. 
Uzoq davom etgan jang nihoyat, massagetlar gʻalabasi 
bilan yakunlanadi. 
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" (mil. 
av. 5-asr) asarida yozilishicha, Ahamaniylar davlati 
asoschisi Kir II mil. av. 530-yilda Turonga bostirib 
kirganida, To'maris massagetlar qabilasining malikasi 
boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) 
boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar 
podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng 
davlatni boshqargan. 


Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini va massagetlar 
oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda 
To‘marisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi 
massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar 
hiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir 
olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini 
oʻldirgan. To‘maris oʻgʻlining halokatidan esankirab 
qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan 
massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq 
forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz 
jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi 
jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: 
"Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha 
janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin 
bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. 
Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan 
kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. 
Nihoyat, 
massagetlar 
gʻalaba 
qozondilar. 
Fors 
qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang 


maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29-yil shohlik qilgan 
edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (To‘maris)ning 
buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn 
toʻlgʻazilgan meshga solingan". 
To‘marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati 
toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar 
toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib 
olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi 
Oysuluv obrazida To‘maris faoliyati oʻzining badiiy 
talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" 
qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov 
"Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek 
Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. 
Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" 
festivali oʻtkazilmoqda. Mashhur qozoq rejissyori Akan 
Satayev afsonaviy qahramon To'maris haqida badiiy film 
suratga oldi. Film hozirda Turkiyada namoyish etilmoqda. 
Bundan tashqari vatanni, qahramonlar jasoratini madh 
etuvchi she'rlar va hikoyalar ham bir talay. Mana shunday 


asarlardan yana biri taniqli va mashhur o‘zbek yozuvchisi 
Mirkarim Osim tomonidan yaratilgan ,,To‘maris va 
Shiroq" asarida. Mohir yozuvchimiz ushbu asarda 
To‘maris va Shiroq jasoratlarini juda ustalik bilan yaqqol 
aks ettirgan. Bilamizki, Mirkarim Osim tarixiy asarlar 
yozishda juda ustalik bilan yondashuvchi mohir ijodkordir. 
Ushbu asarda o‘z vatani uchun jonini ham fido qilishga 
tayyor bo‘lgan mard va jasur qahramonlarimizning 
boshidan o'tkazgan qiyinchiliklari, o‘limdan ham qo'rqmay, 
yovga qarshi kurashganlari, vatanini har nedan ortiq 
ko‘rganliklari 
batafsil 
yoritilgan.Maqolada 
buyuk 
adiblarimizning"Mardlik 
afsonasi","To'maris" 
kabi 
asarlarida ulug'langan vatanga cheksiz muhabbat, kerak 
bo'lsa unga jon fido qilishdek ijobiy xususiyatlari atroflichа 
yoritib berilgan. Bu kabi asarlarning yosh avlod 
ma'naviyatiga ta'siri, barkamol yoshlarni yetishtirishdagi 
o'rni xususida fikr yuritiladi va shu orqali asar ham keng 
tahlil etiladi.Shuhrat va Mirkarim Osim ijodining o'ziga 
xos tomoni tarixiy mavzularni o'xshash jihatdan yoritishdir. 


Ular bir xil tarixiy mavzuni tasvirlashgan. Faqat ulardagi 
farqli 
tomon 
asarlarining 
janridir: 
Mirkarim 
Osimning"To'maris" 
asari 
tarixiy 
hikoya, 
Shuhratning"Mardlik afsonasi" asari esa ballada1 janrida 
yozilgan. Har ikkalasi ham xalqimizning shonli 
o'tmishidagi 
qahramonliklaridan 
birini 
tasvirlashga 
bag'ishlangan. Bobolarimiz tarixda bo'lib o'tgan o'shа 
hayotiy voqea har ikkala yozuvchi asarida turli talqinda 
yoritiladi. 

Download 173,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish