O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek dialektologiyasi



Download 5,93 Mb.
bet109/165
Sana12.04.2022
Hajmi5,93 Mb.
#546952
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165
Bog'liq
Янги укув йили учун мажмуа 2022

Badiiy adabiyot va dialektizm
Badiiy adabiyotda shevaga oid fonetik, morfologik va leksik xususiyatlarning aks etishi dilektizm deyiladi. Bunda shevadagi qaysi yarusning aks ettirilishiga qarab dialektizmlar ham fonetik dialektizm, morfologik dialektizm va leksik dialektizm turlariga ega bo‘ladi.
Leksik dialektizm shevaga oid so‘zlarning badiiy asarlarda qo‘llanishidir. Masalan, dаrpanmangla (bezovtalanmanglar (Xorazm), …kelinbiyning biror marta noroziligini eshitgan emasman (Qo‘nalg‘a). Toshkentdagi axtiqlarini (nevaralarini) o‘zlari Urganchga kelganlari-dayam ko‘raveramiz (Qo‘nalg‘a).
Fonetik dialektizm badiiy asarda muayyan shevaga oid fonetik xususiyatlarning aks etishidir. Rozi bo‘ldi, palakat (Qo‘nalg‘a), galdi (“Xorazm”). Bormasangiz bo‘lmiydi (“Qo‘nalg‘a”). …zeykash (zaxkash) tomonga enib…(Avaz K. “Qo‘nalg‘a”)6.
Morfologik dialektizm badiiy asarda shevaga xos morfologik elementlarning qo‘llanishidir. Masalan, Shаttа(shu yerda,“Qora ko’zlar”). Dim (juda) gech galdingiz (“Xorazm”).Qarindoshim bilan bir maishat qilali (Qo‘nalg‘a).
Sintaktik-stilistik dialektizmlar gap qurilishida shevaga xoslikda ko‘rinadi: Shukur, odamga o‘xshab so‘zlab bilar ekansiz ( “Qo‘nalg‘a”). Alni na, o‘n marta yuvamilar (“Qo‘nalg‘a”).
Badiiy adabiyot tili xalq (millat) tili boyliklarining qayta ishlangan ko‘rinishidir. Shu jarayonda badiiy so‘z ustalarining voqea yoki qahramon sarguzashtlari o‘tadigan shevaga murojaat qilishlari e’tirof etib kelinadi. Adabiyotda mahalliy kolorit degan tushuncha bor. Bu esa adiblarga mahalliy kechinmalarni ifodalashda sheva xususiyatlaridan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Badiiy adabiyotda adib dialektizmlardan ikki o‘rinda foydalanadi, ya’ni:
1) dialogik nutqda qahramonning muayyan sheva vakili ekanligini ko‘rsatish, mahalliy koloritni berish maqsadida;
2) adabiy tilda sinonimi bo‘lmagan so‘zlarni majburan qo‘llaydi. Masalan, yozuvchi Komil Avaz “Qo‘nalg‘a” asarida sazaq (o‘simlik nomi), tuncha (mis qumg‘on), kalchayа (qumlikning taqir joyi), itdunak (yovvoyi qovun turi) va h.k. Hatto butun boshli badiiy asarda mahalliy sharoit, mahalliy mentalitetni, ruhiyatni ifodalashda to‘lig‘icha sheva xususiyatlaridan foydalangan holda tasvirlanadi. Bunga J. Sharipovning “Xorazm”, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarlarini keltirish mumkin.
Dialektal so‘zlarni badiiy adabiyotda qo‘llashda yozuvchilar turli usullardan foydalanadilar. Ayrim mualliflar shevaga oid so‘zni izohsiz ishlatib ketsalar, ayrimlari sahifa tegida uning ma’nosini keltirib boradilar (masalan, “Xorazm” romanida). Dialektal so‘zning ma’nosini izohlashda yana quyidagicha usullardan foydalanilgan:
- dialogik nutqdagi dialektal so‘z nuallif gapida reallashtiriladi: -Buvijon, - dedi u onasining mayus yuziga termilib. – Shirmon xoladan qarz olib tursangiz bo‘lmasmikan (Farg‘ona tong otguncha).
- dialogik nutqda ayni bir yoki turli personajlar nutqidagi shevaga xos va adabiy tildagi variantlarni keltirish bian izohlangan: - Ugra osh qilsak ham bo‘ladi, manjuza qilsak ham bo‘ladi. Lag‘monga go‘sht kerak (Farg‘ona tong otguncha). - Polvon, nega anqayyapsan. Xiva shahrini ko‘rmaganmiding? – dedi. – Katta qal’a, hamma yerini go‘rib boladimi, - dedi Polvon (Xorazm).
- shevaga xos so‘zlar juft soz tarkibida (antonim, sinonim tarzida) keltirilgan: Uzoq-yovuqdan ancha odamlar keldi (“Oltin vodiydan shabadalar”). … barcha xalq bel, kapcha ko‘tarib, yop-anhor, daryo bo‘yi sohil tomon yo‘l oldi (Xorazm)7.
Ayniqsa, dialektal so‘zlardan hazil, kinoya sifatida ham foydalanilgan:

Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish