86-100 BАLL «А’LO»
- talaba mashg‘ulotlarga doim tayyorlanib keladi, juda faol, dasturiy materiallarni yaxshi biladi, xulosa va qarorlar qabul qila oladi, ijodiy fikrlaydi, bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladi;
- talaba ijodiy masalalarni hal qilish mobaynida tegishli bilimlarni qo‘llash doirasini maqsadga muvofiq tanlab, yechimini topishga xizmat qiluvchi yangi usul va yo‘nalishlarni topa oladi, o‘quv materiali mohiyatini tushunadi;
- talaba taqdim etilgan o‘quv masalalarini yechish yo‘llarini izlaydi, dasturiy materiallarni biladi va aytib bera oladi hamda tasavvurga ega bo‘ladi.
|