14-mavzu. Matnning statistik va lingvistik mikroskop tahlili
Statistik tahlil: leksik-semantik tahlil, morfologik tahlil, sintaktik tahlil. Badiiy matnni lingvistik mikroskop ostida tahlil qilish: fonetik sath, leksik-semantik sath, morfologik sath, sintaktik sath.
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
“Matn tilshunosligi” kursining amaliy mashg‘ulotlariga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Magistrlar, avvalo, matn nazariyasi muammolarini o‘rganadilar. Mavjud ilmiy-nazariy adabiyotlar ustida mustaqil ishlaydilar. Shuningdek, til birliklarining matnda tutadigan o‘rni, vazifalarini yaxshi his qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Tilning ijtimoiy funksiyasi, estetik qiymati, til va nutq, til va tafakkur, tildan foydalanish, matn nazariyasi, matnning uslubiy xoslanishi, umuman, matnga yondashuv masalalari bo‘yicha olingan bilimlarni amalda sinab ko‘radilar. Matnni anglash, uni tahlil qilish malakasiga ega bo‘ladilar. Ilmiy, badiiy, rasmiy, publitsistik va og‘zaki matn tuzish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |