Ko‘tarilmoq (yuqorilamoq) fe’li ijobiy hodisalarni, tushmoq fe’li esa salbiy hodisalarni ifodalovchi kognitiv metaforalarni hosil qiladi. Bu holat o‘zbek tilida ham mavjud. Masalan,mansabi (obro‘si, narxi) ko‘tarilmoq; mansabdan tushmoq, narxi tushmoq, obro‘si tushmoq kabi birikmalar buning dalili bo‘la oladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering: “Dunyo bozorida terilarimizning narxi tushmasa deyman. S.Ahmad, YUlduz”154. “Azizbekni qo‘lga tushirib berish bilan qipchoqlar huzurida ham YUsufbek hojining qadru qiymati yuqorilangan edi. A.Qodiriy. O‘tkan kunlar”155.
Misol sifatida keltirilgan bu kabi uzual metaforalar o‘zbek tili egalarining obrazli tafakkur tarzini ko‘rsatishi bilan birga ularning lisoniy xotirasida saqlanuvchi, qoliplashgan va shu bilan birga nutqda implitsit tarzda namoyon bo‘luvchi yashirin o‘xshatishlar o‘z qonuniyatiga ega bo‘lgan tizim sifatida mavjud ekanligidan dalolat beradi. O‘zbek tilining boyligi hisoblangan bu tizim birliklarini aniqlash tilimizdagi kognitiv modellarni belgilashda katta ahamiyatga ega.
SHu narsani aytish joizki, kognitiv metaforalar fe’l turkumi orqali ifodalanganda, kognitiv “aysberg” mental “ummonga” chuqurroq botgan bo‘ladi, ya’ni bunda o‘xshatish etaloni nutqda bevosita ifodalanmaydi. Qiyoslang: Ko‘zi yonmoq – ko‘zi o‘tday yonmoq.
Bunday metaforalar metaforalarga xos bo‘lgan yashirin mazmunni kuchsizlantiradi. Ular o‘zbek tilida juda ko‘p stereotip birliklarni hosil qilgan. Masalan: xayol dengizi, sevgi (g‘azab, qasos) olovi, umr daryosi, baxt ostonasi, hayot sharobi, umr karvoni, baxt kaliti, armon yuki, dil jarohati kabi. Nutqda bu kabi birliklar qo‘llanganida ular birikib kelgan fe’l ko‘p hollarda ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi: xayol dengizida suzmoq, sevgi o‘tida yonmoq, armon yukini ko‘tarmoq kabi. Bu kabi jumlalardan ham kognitiv metafora mavjud ekanligi anglashiladi, lekin ularda o‘xshatish etaloniga ishora qiluvchi birlikning verbal ifodaga ega bo‘lishi implitsit mazmunni ma’lum darajada susaytiradi.
So‘z birikmasi shaklida voqelangan metaforalar nasriy asarlarda ko‘p qo‘llaniladi. Bunday metaforalar mikromatn tarkibida asosan matn referentlarini ifodalaydi. Ular ko‘p hollarda qaratqichli birikma sifatida reallashadi: umr bahori, baxt ostonasi, hayot sharobi, baxt qushi kabi. Bu kabi birikmalar bir xil sintaktik shaklga ega bo‘lsa-da, ularni tashkil etgan elementlar o‘rtasida ikki xil mazmuniy munosabatni kuzatish mumkin: 1) metaforik mazmunli birikma elementlari o‘zaro o‘xshatish munosabatida bo‘ladi. Lekin bunday o‘xshatish implitsit xarakterda bo‘lib, birikmaning ichki semantikasiga xosdir. Masalan, N.Eshonqulning “Tun panjaralari” nomli qissasidan olingan quyidagi mikromatnda qo‘llangan metaforik birikmalar aynan shu hodisaga misol bo‘ladi: “... Sen nega meni bu xilvatga, bu zulmatga tashlab ketding? Nega qalbimdagi imon chiroqlarini o‘chirding? Axir sendan buni kutmagandim-ku? Mana shu kichkina ko‘rimsiz yuragimda muhabbating kemalari suzib yurardi-ku? Sen nega meni yolg‘izlikning yirtqich quzg‘unlariga tashlab ketding? … Nega meni umidsizlikning oq ayiqlariga em qilib tashlab ketding?
Bu tarzdagi birikmalar asosan nutqiy xarakterda bo‘lib, bog‘li ma’no asosida yuzaga keladi. Matn tuzuvchi ulardan mavhum tushunchalarni predmetlashtirish, jonlantirish, tasviriy ifodani yuzaga keltirish maqsadida foydalanadi;
2) birikma-metaforalarning yana bir turida so‘z birikmasining har ikkala elementi alohida denotatlar ifodasi sifatida voqelanadi. Masalan, imon chiroqlari, muhabbat kemasi, yolg‘izlik quzg‘unlari kabi birikmalar mantiqan bir tushunchani ifodalasa, umr bahori, hayot sharobi, ilm-fan cho‘qqilari kabi birikmalardagi har bir element muayyan denotatning nomi bo‘lib kelgan.
Birikma-metaforalar matn tarkibida ikki xil vazifani bajarib keladi: 1. Matn referentlarini pragmatik maqsadga ko‘ra qayta nomlaydi. 2. Matn makropropozitsiyasi shakllanishi uchun asos bo‘ladi.
Birinchi holatda birikma-metafora matn tarkibidagi biror jumla tarkibida keladi. Bunda matn referentining ko‘chma ma’noli so‘z asosida ifodalanishi gap propozitsiyasining ham metaforik xarakter kasb etishiga sabab bo‘ladi: Himmat va g‘ayratni aslo qo‘ldan bermang, - dedi Navoiy suyunib. – El, ulus sizdek zotlarga g‘oyat muhtojdir. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib, yurt tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak (Oybek. “Navoiy” romani). Mikromatndan ko‘rinadiki, ilmning daraxtga qiyoslanishi jumla tarkibidagi predikatlarning ham ko‘chma ma’noli so‘zlar vositasida ifodalanishini taqozo etgan, bu esa unda ifodalangan propozitsiyalarning obrazlilik kasb etishiga olib kelgan.
Tohir bundan uch yil oldin Quvasoy ko‘prigini buzib, yov qo‘shiniga katta talafot keltirgan paytlarda tarix daryosining qudratli oqimiga tortilmaganmidi? Endi umrbod o‘sha oqimdan chiqolmasdan,tarixiy voqealarning ichida yurishga mahkum etilganmikin? (P.Qodirov. “Yulduzli tunlar” romani)
Bu matnda esa tarixning daryoga qiyoslanishi qudratli oqimiga tortilmaganmidi tarzidagi obrazli ifodaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Ikkinchi holatda esa matn sub’ektining ko‘chim asosida ifodalanishi matn semantikasining shakllanishida asos bo‘ladi. Quyidagi matnga e’tibor bering: “O, o‘lmas qo‘shiq kemasi! Suz, suzaver! Ul olis diyorlardan menga tomon suzib kel, mening yuragimga langar tashla! Men seni asrlar, yillar osha kutdim. Ul momo yurtlardan meni izlab kelishingni bilardim. O, umid kemasi! Suz, suzaver! Bu sahro uzra ulug‘vor elkanlaringni yozib o‘t! Seni ko‘rib odamlar hali dunyoda go‘zallik va qo‘shiq mavjud ekanligiga ishonsinlar, seni kutib olish uchun yuraklarining qirg‘oqlariga chiqsinlar... (N.Eshonqul. “Momoqo‘shiq” qissasi).
So‘z birikmasi shaklidagi metaforalar matn referentlari va lisoniy belgi o‘rtasida mazmuniy shartlanganlik vaziyatini yuzaga keltiradi. Masalan: Akbar Salim otaning nima demoqchiligini fahmlab, yuzi xijolatdan bir qizardi. Lekindiliga qadalib turgan zaharli tikanlarni Salim ota bexato topgani uni qoyil qildi.Bu tikanlargabirov teginsa dili og‘rinadi, ammo ularni sug‘urib olib tashlamagunchavujudidagi karaxtlik, ruhidagi so‘niklik yo‘qolmaydi (P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani).
Bu o‘rinda birikma shaklidagi metaforalarning bir xususiyatiga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bilamiz. Gap shundaki, matn boshlanmasida ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘z birikmasi matnning keyingi jumlalari semantikasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ya’ni kogerentlik talabi bilan takrorlangan ko‘chma ma’noli birikmalar navbatdagi jumlalarga ham metaforik mazmunni olib o‘tadi. Biz ushbu hodisani – metaforik mazmunda qo‘llangan birliklarning keyingi jumlalarga mazmuniy ta’sirini “semantik inersiya” termini bilan nomlashni ma’qul, deb o‘ylaymiz. YUqorida keltirilgan zaharli tikanlar (iztiroblar) referentining keyingi jumlada sug‘urib olib tashlamoq (yo‘qotmoq; barham bermoq) birikmasini taqozo qilishi semantik inersiya natijasidir. Semantik inersiya metaforik mazmunning matn bo‘ylab yoyilishini, obrazli ifodaning bir maromda saqlanib turishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Quyidagi mikromatnlar ham semantik inersiya hodisasiga misol bo‘la oladi: SHohlar bilan bizning oramizda chuqur jarlarbor. Men bu jarga bir marta qulab, o‘lishimga sal qoldi (P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani); Adhamxongamening qilcha ham kuduratim yo‘q. Faqat uning o‘ziamalparastlik ko‘chasidan chiqmog‘i kerak. Bu ko‘cha ne-ne odamlarniadashtirib, mahv qilib yuborganini o‘zingiz bilursiz (P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani).
Bu kabi metaforik mazmunli matnlar o‘zbek yozuvchilari tomonidan voqelikni obrazli tasvirlash maqsadida qo‘llanib, badiiy konsept yaratishning samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Gap shaklidagi metaforalar, ya’ni o‘zida boshqa bir nutqiy vaziyat ifodasini implitsit tarzda namoyon etuvchi gaplar ham badiiy matnga xos xususiyatlardan biridir. Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi;Sanamaysakkiz dema; Osmon yiroq, erqattiq kabi xalq maqollarini metaforik mazmunli gaplarning tipik namunalari deb hisoblash mumkin. Metafora asosida ma’nosi ko‘chgan so‘z boshqa bir denotatning nomi bo‘lib kelgani kabi, yuqoridagi jumlalar ham o‘z tashqi tuzilishida ifodalangan propozitsiyadan tamomila farqlanuvchi boshqa bir propozitsiyaning nomi bo‘lib keladi. Muayyan til egalarining lisoniy xotirasida barqaror holatda saqlanuvchi bu kabi birliklar konvensionallik xususiyatiga ega bo‘lib, ularni lingvistik va ekstralingvistik omillarning dialektik birligi bo‘lgan156 lingvomadaniy birliklar157 sifatida tadqiq etish o‘zbek tilida so‘zlashuvchi til egalarining lisoniy ong darajasini belgilashda muhim omillardan biri bo‘la oladi.
Metaforik mazmun kasb etgan yuqoridagi kabi birliklar uzual xarakterga ega bo‘lib158, matn yaratuvchi ulardan tayyor holda foydalanadi. Badiiy matn tarkibida nutqiy xarakterga ega bo‘lgan metaforik mazmunli gaplar ham qo‘llanadi. Masalan: Ruhidagi karaxtlik tarqab ketgan, olam ko‘ziga bolalikdagiday jozibali ko‘rinar, dilida so‘nib qolgan chiroqlar parpirab yonib ketgan, istiqbolga ishonch, yaxshi ishlar qilish ishtiyoqi yana uyg‘ongan edi (P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani).
Tadqiqotchi A.T.Ryabov bu kabi jumlalarni muayyan til birliklari vositasida ifodalanuvchi freymning boshqa bir jumla mazmunida ifodalangan freymga joylashtirilishi tarzida izohlaydi159.
So‘z-metaforalarni kognitiv nuqtai nazardan ikki tushunchaning shaxs ongidagi o‘zaro qiyosiy munosabati sifatida izohlash mumkin, ammo metaforik mazmunli gaplarga bu tarzda yondashib bo‘lmaydi.
Bu tipdagi gaplarda ikki xil mazmun munosabatini ko‘rish mumkin.
1. Gapning sub’ekti, ob’ekti yoki predikatini ifodalovchi bo‘laklar metaforik xarakterda bo‘ladi. Masalan: Er-xotin nonushta qilib o‘tirganlarida Ahmad Tanbal bilan Ali Do‘stbekning o‘rgimchak to‘rlari yana uning xayolini chirmab oldi. (P.Qodirov. “YUlduzli tunlar” romani) Hayotimda go‘yo shunday bir qutb borki, unga barcha amirlaru elchilar, chopqinlaru urushlaro to‘planmishdir. Bu qutbda men sovuqqonlikka o‘rganmishmen, chunki siyosat bobida odamlarga xuddi shatranj taxtasi ustidagi piyodayu sipohiylarga qilgan shafqatsiz muomalani qilmasang, ularni aqlu farosat, hisobu kitob bilan idora etmasang, murodga etolmassen. Ammo bu shafqatsiz siyosatning sovuq izg‘irinidan o‘zim to‘ng‘ib keturmen. (P.Qodirov. “YUlduzli tunlar” romani)
2. Gap to‘lig‘icha metaforik mazmun kasb etadi. Masalan: Boburga birdan o‘z hayoti ham ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshab ko‘rindi. Axsida qulagan jar ham shu buloqning ko‘ziga tushgan. Ko‘chmanchi sultonlarning Samarqanddagi g‘alabasi ham... Ichki bir kuch bilan qaynab chiqayotgan buloq ko‘chkining tuproqlarini yuvib, toshlar orasidan yo‘l topib o‘ta boshlaganda Mavarounnahrdagi ijtimoiy zilzilalar zarbidan yangi-yangi jarlar qulaydi, qoyalar ko‘chadi-da, yana shu buloqning ko‘ziga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |