O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi matn tilshunosligi



Download 327,66 Kb.
bet60/95
Sana06.07.2021
Hajmi327,66 Kb.
#110727
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
Matn tilshunosligi. Lingvistika

Afsuski, chiroq ko‘targan odam ko‘p qoqiladi... (O‘.Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”)

Keltirilgan mikromatnning birinchi jumlasida qo‘llangan chiroq so‘zi matnning keyingi jumlalarini mazmuniy tomondan bog‘lovchi komponent vazifasini bajargan. Bunda matn tuzuvchi chiroq so‘zi orqali haqiqat referentiga ishora qilib, 2- va 3-jumlalarga implikativ axborotni joylashtirgan.

O‘xshatish mazmuni ifodalangan matnlarga xos bir jihat shundaki, ularning tarkibida qo‘llangan o‘xshatish qurilmasi matnning metaforik mazmun kasb etishiga olib keladi. Bunga matn tuzuvchining o‘xshatish uchun asos bo‘lgan birlikni dastlab o‘z ma’nosida, keyin esa ko‘chma ma’noda qo‘llashi sabab bo‘ladi. Quyidagi matnlarga e’tibor bering: Kelinchak o‘z erini murakkab va siyqa bir kitobni o‘qiyotganday mashaqqat bilan ba’zan adashib, gumonsirab, rashk qilib o‘qirdi. Biroq oxir-oqibatda hammasiga qo‘l siltab loqayd va beparvo bo‘lib qolardi: erini endi istamay, bezillab, bundan ham beshbattar yuragi sovib ketishidan qo‘rqib, xijil va lanjlik bilan o‘qirdi (N.Eshonqul. “Ochilmagan eshik” hikoyasi)

Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi... Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan... Farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko‘proq bo‘ladi, birovnikida – qora kataklar... (O‘.Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”)

Ko‘rinadiki, 1-mikromatndagi o‘qimoq, 2-mikromatndagi oq kataklar, qora kataklar ifodali birliklarning matn nihoyasida metaforik ma’no kasb etishi matnda emotiv modallikning yuzaga kelishini ta’minlagan. Lisoniy vositalarning bu taxlit “hamkorligi” haqida S.Boymirzaeva shunday deb yozadi: “Darhaqiqat, matnda tavsifiy birliklar (epitet, o‘xshatish) yagona bir maydonga birikib, etakchi (dominant) ma’no kasb etadi va shu yo‘sinda emotiv modallik mazmuni ifodalanadi”142.

3. O‘xshatish mazmunli matnlarning navbatdagi turida o‘xshatish qurilmasi semantikasi metaforik ma’no turlaridan biri bo‘lgan personifikatsiyaga asoslanadi. Professor M.Mirtojiev: “Metaforaning bu ko‘rinishida ham so‘zning leksik ma’no referenti hosila ma’no referenti bilan sirtqi belgi, harakat yoki holat xususiyati vazifasi kabilar doirasida o‘xshash bo‘laveradi. Ammo bu o‘xshashlik hosila ma’no referentiga jonli holat baxsh etish orqali yuzaga chiqadi”, - deb ta’kidlagan edi143. M.Mirtojievning mazkur fikri so‘z-metaforalarga oiddir. Matn-metaforalarga nisbatan “hosila ma’no referenti” ifodasini qo‘llash nojoiz: matn-metaforalarda hosila ma’no referenti haqida emas, balki o‘xshatish semantikasi ta’sirida yuzaga kelgan metaforik mazmun haqida gapirish o‘rinlidir. Quyidagi mikromatn yaratilishi ayni shu jarayonga misol bo‘la oladi:



Sulton o‘rnidan turib, suvsar mo‘ynali oq po‘stinni o‘z qo‘li bilan sayyohga kiygizdi.

Har tomondan har xil ovozlar qushlarday uchib keldilar:

Qulluq bo‘lsin!

Buyursin!

Sultonimizga ofarin!

Qulluq sultonimizga, qulluq!

Sulton qo‘li bilan ishora qilib, gala-gala ovozlarni ortlariga qaytarib yubordi. Ular uchishga payt poylab, inlariga qayta qo‘nishdi. (SH.Bo‘taev. “Hisomiddin al-YOg‘iy” hikoyasi)

Ko‘rinadiki, ushbu mikromatn yaratilishiga OVOZLAR BU – QUSHLAR kognitiv metaforasi asos bo‘lgan, ya’ni har tomondan eshitilgan ovozlar har tarafdan birma-bir uchib kelib, bir manzilga qo‘nayotgan qushlarga o‘xshatilgan. Bu esa matn referentlariga jonli holat baxsh etib, tasviriylikning yuzaga kelishini ta’minlagan.

Quyidagi matnda ham “sarg‘aya boshlagan g‘o‘zalar”ning “titrab turgan kelinchak”ka o‘xshatilishi personifikatsiya hodisasining matn darajasida namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lgan: Alamli, shapaloqday-shapaloqday yuzlari sarg‘aya boshlagan, mahzun turishlari va mungli qarashlari bilan sharq ayollariga o‘xshab ketadigan, kelinchakdek titrab turgan bu g‘o‘zalar nelar demoqda?! Nega ular bunchalik bezovta, bunchalik ruhsiz, bunchalik so‘lg‘in?(N.Eshonqul. “Momoqo‘shiq” qissasi)

4. O‘xshatish mazmunli matnlarning navbatdagi turida personifikatsiya hodisasining aksini ko‘rish mumkin. Masalan, N.Eshonqulning “Momoqo‘shiq” qissasidan olingan quyidagi mikromatnda ayol dilbar bir she’rning go‘zal satriga o‘xshatiladi. Matn nihoyasida esa go‘zal satr birikmasi ayol referenti o‘rnida qo‘llanib, majoziy ma’noga ega bo‘lgan:

Yo‘q, bu ayol hammasidan ham dilbar bir she’rning go‘zal satriga o‘xshaydi – bu erlardan qachonlardir qandaydir daho shoir o‘tganu, uni mulku falak bilan bog‘lab turadigan uchqur xayollari va mo‘‘jizalar yaratuvchi tilidan tuprog‘i jizg‘inak bo‘lib yotgan sahroi-biyobonga bu go‘zal satr bir tomchi ko‘zyosh yanglig‘ sirg‘alib tushib qolgan. Oy esa shu go‘zal satrni izlab yurgan ul shoirning yoniq xotirasidir. (N.Eshonqul. “Momoqo‘shiq” qissasi)

Kuzatishlar natijasida aytish mumkinki, o‘xshatish mazmunini ifodalovchi bu kabi matnlar o‘z kompozitsion tuzilishiga ko‘ra badiiy uslubda yaratiluvchi matnlarning tipik ko‘rinishlariga aylangan. Buni bir turdagi matnlarning ko‘plab nasrnavislar ijodida qo‘llanganligi ko‘rsatib turibdi.

O‘xshatish mazmuni ifodalangan matnlar o‘zbek tilida so‘zlashuvchi til egalarining ijodiy tafakkuri, fikrlash tarzi va milliy mentalitetining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi, shuningdek, tilning yaratuvchanlik imkoniyatini ko‘rsatuvchi lingvomadaniy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. SHuningdek, bu kabi matnlar semantikasi o‘xshatish munosabati nafaqat so‘z birikmalari yoki gaplar, balki matnlar orqali ham voqe bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu esa ayni hodisani kengroq tushunish va yanada chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.


Download 327,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish