O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi matn tilshunosligi



Download 327,66 Kb.
bet54/95
Sana06.07.2021
Hajmi327,66 Kb.
#110727
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Matn tilshunosligi. Lingvistika

Gapini tugatmasdan derazadan yana g‘ira-shira oqshom yorug‘i ko‘rindi.

Soqchi ikkovlari baravar yugurib borishdi. CHuqurlikdagi hovlida, hovuz chetidagi simyog‘ochda lampochka yonib turar, Jumanov yaproqlarini chang bosgan archa tagida g‘ayritabiiy yonboshlab yotar edi: boshi hovuzning sement qirrasida, gavdasi qirg‘oqda... Koryagin uning jon taslim qilayotib, oyog‘ini uch-to‘rt silkitganini ko‘rdi.

Berilgan mikromatnda xalqimiz kechmishidagi fojiali davrlardan biri – paxta yakkahokimligi vaqtida “o‘zbek ishi” deb atalgan mash’um harakatning qurboniga aylangan sovxoz direktori Jumanovning tergovchining ma’naviy va jismoniy qiynoqlariga chidolmasdan, o‘zini tergov bo‘layotgan binoning yuqori qavatidan pastga tashlab halok bo‘lishi epizodi tasvirlangan. Agar matndagi jumlalarga mantiqiy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, uning ikki o‘rnida muayyan jumlalar tushirib qoldirilganini ko‘rishimiz mumkin: bu – Jumanov! – Vasiliy Stepanovich deraza tomon talpindi. – Jumanov... jumlasidan keyingi Jumanov deraza rahidan o‘zini pastga otdi hamda Soqchi ikkovlari baravar yugurib borishdi jumlasidan oldingi Koryagin va soqchi yuqori qavatdan pastga tushib, hovliga chiqishdi jumlalaridir. Axborot izchilligi ushbu jumlalarni taqozo etsa-da, ularni matn tarkibida qo‘llamaslik matnning mazmuniy yaxlitligiga ta’sir etmagan: retsipient muallif nazarda tutgan propozitsiyalarni matnda ifodalangan vaziyatdan kelib chiqib, o‘zi tiklashi mumkin.Implikatsiyaning bu usuli badiiy matnlarda ko‘p uchraydi. Demak, mantiqiy uzilish, aytish mumkinki, matn va retsipient munosabatlariga, ya’ni matnning mazmuniy idrokiga oid hodisa bo‘lib, aborot siqiqligining yuzaga kelishiga xizmat qiladi.

Matnning psixolingvistik xususiyatlaridan biri interpretativlik hisoblanadi. V.P.Belyanin fikriga ko‘ra, har bir retsipient muayyan matn haqida o‘z interpretatsiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Matn idroki natijasida yuzaga keluvchi interpretatsiya xarakteri faqat matnning emas, retsipientning ham psixologik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Muallif bilan retsipient psixologik jihatdan qanchalik yaqin bo‘lsa, ularning matn haqidagi interpretatsiyasi shunchalik muvofiq bo‘ladi104.

Til insoniy his-tuyg‘ularni ifodalashning eng samarali usullaridan biridir. U shunday xususiyatga ega bo‘lganligi uchun ham o‘quvchining tuyg‘ularini “boshqara oladi” – uning qalbida turli kechinmalar, hissiyotlarni paydo qiladi.

Xususan, badiiy matn “Insonni ruhan to‘lqinlantirish, yig‘latish, kuldirish, xayolot olamiga etaklash, o‘yga cho‘mdirish, estetik tafakkurini shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga o‘rgatish kabi ko‘plab imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi”105.

Badiiy matnning ayni shu xususiyatini tadqiq etgan rus tilshunosi V.P.Belyanin o‘z kitoblaridan birida Vigotskiyning “Hamma joyda – fonetikada, morfologiyada, leksika va semantikada, hatto ritmika, vazn va musiqada – grammatik va shakliy kategoriyalar ortida psixologik omillar yashiringan!” – degan fikrini keltirib o‘tadi.

Psixolingvistikaning vazifalaridan biri til birliklari ortida yashiringan psixologik omillarni matnning lingvistik xususiyatlari bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iboratdir.

Psixologiyaga doir adabiyotlarda inson emotsiyasi affekt (kuchli, lekin qisqa muddatli emotsional reaksiyalar), hissiyot (uzoq va turg‘un emotsional munosabat), kayfiyat va stress (kuchli ruhiy zarba) kabi turlarga bo‘lib o‘rganiladi106. Tabiiyki, badiiy adabiyot bu emotsiyalarning barcha turlarini ifodalash imkoniga ega.

Psixolingvistikada o‘ziga xos yo‘nalish yaratgan V.P.Belyanin o‘zining “Osnovы psixolingvisticheskoy diagnostiki (modeli mira v literature)” nomli kitobida matnni psixolingvistik tahlil qilib, matnda ifodalangan emotsiya turlariga ko‘ra ularni 6 turga ajratadi: 1) yorug‘ matnlar; 2) qorong‘i matnlar; 3) qayg‘uli matnlar; 4) quvnoq matnlar; 5) chiroyli matnlar; 6) murakkab matnlar107. Uning “Psixologicheskoe literaturovedenie” nomli kitobida bu fikrlar yanada chuqurlashtirilib, badiiy matnlar psixiatrik adabiyotshunoslik nomli yangi yo‘nalish nuqtai nazaridan tahlil qilingan108.

V.P.Belyanin yuqoridagi matn turlari tahlilida insonning qanday hissiyotlari ustunlik qilganligini psixolog sifatida aniqlash barobarida ularda qanday lingvistik birliklar qo‘llanganligiga ham e’tiborini qaratadi.

V.P.Belyanin badiiy asarning psixolingvistik tahliliga bag‘ishlangan asarida109 hissiy-mazmuniy dominanta badiiy matn yaratilishida asosiy uyushtiruvchilik vazifasini bajarishi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning qarashicha, hissiy-mazmuniy dominanta “matn yaratilishi yadrosi sifatida badiiy matnning mazmuni, tuzilishi, sintaksisi, uslubi va leksik tanlovini belgilab beradi”110. V.P.Belyanin hissiy-mazmuniy dominata terminini quyidagicha izohlaydi: “Hissiy-mazmuniy dominanta – muayyan shaxs tipi uchun xarakterli bo‘lgan hamda olam manzarasi va matnni metaforalashtirish va verballashtirish uchun psixik asos bo‘lib xizmat qiladigan kognitiv va emotiv etalonlar tizimidir”111. SHu o‘rinda dominanta so‘zining psixologik talqinini keltirib o‘tishni joiz jeb bilamiz. Dominanta –(lot. dominans – hukmronlik qiluvchi) markaziy asab tizimida vaqtincha hukmronlik qiluvchi reflektor tizim bo‘lib, boshqa reflektor tizimlarning tormozlanishi natijasida organizmni muayyan faoliyatga yo‘naltiradigan yashirin tayyorgarlikni yaratuvchi jarayon hisoblanadi112. V.P.Belyanin hissiy-mazmuniy dominanta haqidagi qarashida matnda ifodalangan muayyan vaziyatni shaxs aksentuatsiyasi bilan bog‘laydi113.

O‘zbek badiiy prozasida ham insoniy hissiyotlar ifodasi berilgan mikromatnlar ko‘plab uchraydi. Biz tadqiqotimizning ushbu qismida, Belyanin izidan borib, turli hissiyotlarning ifodalanishida qanday til birliklari aktuallashishini tahlil etishga urinib ko‘ramiz.

Avvalo, aytish lozimki, hissiyot ifodasi berilgan mikromatnlar badiiy asarlarda turli holatlar vositasida yuzaga keltiriladi. Ulardan asosiylari, bizningcha, quyidagilardan iborat:

1. Asar personajining ruhiy holati uning nutqidan anglashiladi:



Nahot, Siz yoki Sizga nisbatan ko‘nglimda tug‘ilgan telba muhabbat faqat va faqat o‘zimning ustimdan kulish uchun yaralgan bo‘lsa?! Biron kimsaga lom-lim deb og‘iz ocholmayman, achchiq-achchiq kulaman, xolos. Sog‘inchning zo‘ridan ezilib-kichrayib, holsizlanib qolgan lahzalarda – bedor tunlar yurak dukuridan o‘zga hamroh topolmay alamdan avval o‘zimga malomat toshlarini yog‘diraman, so‘ng Sizni ayblashga o‘taman. Ayblayman... ardoqlayman... sog‘inaman... O‘zimni zo‘rlab bo‘lsa-da, Sizni eslamaslikka, ismingizu suratingizni xotiramda tiklamaslikka urinaman va harchand uringanim sari... Sizni avvalgidan ko‘ra qattiqroq yaxshi ko‘rib qolaman, avvalgidan ko‘proq va tezroq sog‘inaman, Sizga atalgan qaynoq ehtiroslarimni avvalgidan ko‘ra yonib-toshib izhor etish ehtiyoji ortib boradi... (X.Do‘stmuhammad. “Hijronim mingdir mening” qissasi)

2. Personajning ruhiy holati asar muallifi nutqi vositasida beriladi. Bunda muallif quyidagi usullardan foydalanadi: a) personajning ruhiy holatini bevosita bayon qiladi:



Eshikdan qoqinib-surinib Salohiddin zargar kirdi va uydan chiqayotgan tabibga to‘qnashib yiqilib tushdi. Tabib uni o‘rnidan turg‘izmoqchi bo‘lgan edi, chol uning qo‘lini siltab tashlab, o‘ksib yig‘laganicha o‘zini murda ustiga tashladi:

Bo‘stonimning guli! Ochilmay so‘lgan g‘uncham! Sen o‘lguncha men o‘lsam bo‘lmasmu? Qari qo‘yday ma’ratib, qari buvangni kimga tashlab ketmishsen, qo‘zichog‘im?.. Inongan farzandim sen eding! Endi bu davlat, bu xonumonim kimga qolur, oltinim? Kimga?..




Download 327,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish