O’zbek filologiyasi fakulteti Oʼzbek adabiyotshunosligi kafedrasi namozova surayyo safar qizi ning



Download 302,11 Kb.
bet9/12
Sana31.01.2022
Hajmi302,11 Kb.
#420674
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
БМИ (2)

Vijdon yig’lasa
Safar Kokilovning “ Tushlarimda yig’lab chiqaman” hikoyasini o’qib
Odamlar bor o’zi uyg’oq-vijdoni uxlar,
Orzulari juda bisyor-armoni uxlar.
Ko’rdim shunday musulmonni-iymoni uxlar.
Qanday yaxshi inson uxlab-vijdin yig’lasa
G’urur o’limga tik boqib –pinhon yig’lasa.
Makkor o’lim nafsga-yaqin sirdosh, o’rtoqdir
Iskandar istagi-odamzotga saboqdir.
Asli so’nggi shart ham-ko’ngil to’lib o’lmoqdir.
Yaxshilar vijdoni uxlaganda yig’laydi
Ko’zlarida yosh qalqib yuragini dog’laydi.
O’zni oqlab bo’maydi, Xaq barini bilguvchi
Istig’forimiz tinglab, ham mahfirat qilguvchi
Ajal shunday farishtaki, jon ipini uzguvchi
Vijdoni uyg’oq banda-ikki dunyoda aziz
Tuproq osti bo’lganda yer-u samoda aziz
Qanday yaxshi, inson uxlab vijdon yig’lasa,
G’urur o’limga tik boqib, pinhon yig’lasa.
"Najot farishtalari" kitobidan órin olgan hikoyalarda o'ylab topilgan emas, balki hayotning asl manzaralari tasvirlanadi. Haqiqatning tiniq ko'zlari turmushdagi fazilat va illatlarni, komil insonni tarbiyalashga xalaqit berayotgan to'siqlarni kitobxon ko'z o'ngida aniq gavdalantiradi. Bu hol o'z navbatida yozuvchining qobiliyatiga borib taqaladi. Yozuvchining qahramonlari- oddiy qishloq odamlari. Ularning aksariyati el-yurtga yaxshilik sog'inib yashaydilar. O'zlarining shaxsiy ishlari bitmasa bitmaydiki, o'zgalarga shodlik va quvonch baxsh etishga intiladi ular. Odamlardan, jamiyatdan ayricha yashashni o'zlariga ep ko'rishmaydi. Hamisha ko'pchilik quvonchini tashvishi bilan andarmon bo'lishadi. Atrofdagilarga mehr-oqibatli bo'lish, ko'mak berish, muruvvat ko'rsatishni eng birinchi gapdagi vazifa hisoblashadi. Yaxshilar ko'paysa yomonlik o'z-o'zidan barham topib ketaveradi. Turmush , hayot, dunyo go'zallashib boraveradi, deb fikrlaydilar. Feldsher Sobirovni, Shodmonovning shunday fazilatlari uchun kitobxon yaxshi ko'rib qoladi.
Tez yordam mashinasi chaqiriq berilgan uy yoniga kelib to‘xtaganda bizni ozg‘ingina bir yigit kutib oldi. Hovliga kirayotganimizda, Do‘xturaka, otamning toblari to‘satdan qochib qoldi. Avval hech bunday bo‘lmagan. Tezroq yordam qiling, aka. Rozi qilamiz
–dedi u shosha - pisha, biroz hovliqib Albatta, yordam qilamiz. Qani, avval bemorni ko‘raylik. Hammasi yaxshi bo‘ladi, inshollo. Siz xavotir bolmang–deb qo‘ydimu uni tinchlantirib, lekin o‘zim esa ishqilib bemor og‘ir bo‘lmasin da deb ichimda havotirgatushibqoldim. Dori- darmon solingan temir qutisini ko‘tarib olgan feldsherim bilan uy ichiga, mehmonxonaga kirdik. To‘rdagi divanda peshonasiga ho‘l sochiq qo‘yilgan o‘rta yoshlardagi, tepakal, semiz odam cho‘zilib yotibdi va har zamon “voy boshim” deb ingranib qo‘yardi. Divan boshida turgan xushbichimgina ayol bizni ko‘rib. –Dadasi, duxtur keldi,–deb qo‘ydi bemorga xiyol engashib. Biz bilan boshi rg‘ab unsiz salomlashdi. Divan yoniga qo‘yilgan stulga o‘tirdim-da,bemorning tomirini sanash uchun qo‘lini ushladi
–Qani,ho‘-o‘,aka.Mengaqarang-chi.Ko‘zingizni oching. Nima bo‘ldi?
–Bosh og‘riyapdi, –deb qo‘ydi bemor istar-istamas, ko‘zini ham ochmay.
Menuning qon bosimini o‘lchadim, yuragini o‘pkasini eshitib, tekshirib ko‘rdim. Tomiri tez uryapdi. Qon bosimi juda baland edi. Feldsherimga kerakli dorilardan ukol qilishni buyurdim.
–Qachondanberiyotibdilar?–dedimxotinigaqarab.
–Bironsoatlarbo‘libqoldi.
–Avvallarihamqonbosimioshibturardimi?
–Yo‘q, yo‘q. Hech unday bo‘lmagan.To‘satdan… –dedi ayol bosh chayqab.
Shu payt bemor hiyol ko‘zini ochib:
–Nima, davleniyam balandmi?–dedi
–Biroz ko‘tarilibdi, aka. Hozir ukol qilamiz,yaxshi bo‘lasiz…
Feldsher uning tomiridan, yonboshidan aytilgan ukollarni qildi. Dorilar ta’sirining natijasini kutib, o‘tirdik.
–Qandaysiz, aka. Og‘riq qolyapdimi? Yaxshimisiz? Dedim birozdan so‘ng peshonasiga qo‘limni qo‘yib. U bosh chayqadi.
–Yo‘q. Boshim og‘rig‘I qolmayapdi.
Men yana qonbosimini o‘lchadim. Yana ukollar qildik. Va yana kuta boshladik. Xonaga sukunat cho‘mdi. Bemor ham jim yotibdi.
–Nima bo‘ldi o‘zi? Biron narsadan xafa bo‘ldilarmi?–dedim sekingina qarshimda turgan o‘g‘liga. O‘g‘li yelka qisdi:
–Men ham hozirgina ko‘chadan keldim. Kelsam…
Bemor eshitib turgan ekan, menga boshini burib qaradi-da:
Ha, xafa bo‘ldim. Qattiq hayajonlandim, duxtur. Endi o‘zim afsusdaman. Hammasiga anovi… padarla’nati chumoli aybdor, – dedi to‘satdan.
–Nima?Chumoli?Chumolichaqdimi?
–He, undan battari bo‘ldi. Chaqsayam mayli ediya. Tishladi. Naqd bo‘g‘zimdan oldi.
Men hayron bo‘lib unga biroz tikilib qoldim.
–Yo‘g‘-e?!Shundaykattachumoliekanmi?
–He-e, qayerdadeysiz. O‘zi mayda bir qora chumoli edi. Voy, boshshim… Bemor aftini bujmaytirib, boshini changallab jim bo‘lib qoldi.
–Dada, halitdan beri chumoli, chumoli deysiz. So‘kinasiz. Nima bo‘ldi o‘zi?–dedi o‘g‘li bezovtalanib: – Duxturga aytingda…
–Voy, adasi, odamni qo‘rqitmang. Ertalab tuppa-tuzuk edingiz-ku. Qo‘shninikiga birrov elakka chiqib qaytsam, yiqilib yotibsiz. Nima balo, jin chalib ketdimi? Nima bo‘ldi? – dedi xotini ham yig‘lamsirab.
–He dard bo‘ldi. O‘l bo‘ldi. Muncha so‘raysan. Eslasam boshim og‘rib ketyapdi, – deb birdan baqirib yubordi bemor.
Mayli qo‘ying, aka. O‘zingizni bosing. Eslamang. Qon bosimingiz yana oshib kemasin. Biroz jim yoting, –dedim men bemorni tinchlantirishga urinib. Bemor yana jim bo‘lib qoldi. Shipga qarab ancha yotdi, so‘ng menga tomon o‘girilib yon bosh yotib oldi.
Yo‘q. Bo‘pdi. Aytmasam ham baribir ichim qisilib ketyapdi. Zora yuragim bo‘shasa, yengillashaman. –deb otdan gap boshladi: – Duxtur, shuchu moli o‘lgurda aql bo‘ladi deb eshitganmisiz?
To‘satdan berilgan bu savolga nima deb javob bersam ekan deb, biroz o‘ylanib turdim-da:
–Ha, anovi “fan va turmush” da o‘qigan edim. Nimaydi? –deb qo‘ydim.
–Xa-aana. Men ham xuddi sizday uni aqlli jonzot bo‘ladi deb eshitgan edim da, duxtur. Shuni bir sinab ko‘ray deb mana shu ahvolga tushib qoldim-e…
–Yo‘g‘-e?
–Ha, ha. He uyginasi kuysin-e… Shu desangiz, tutning soyasida bekorchilikdan yonboshlab xayol surib yotgan edim. Bir mahal qarasam bir qora chumoli o‘zidan to‘rtta keladigan donni sudrab hadaha ketyapti. Nafs qurg‘urni qarang. Kichikroq narsa yo‘qmi senga, desa. Hamma tirikjon borki, tirikchilik tashvishida-da, a, duxtur?!
–Ha-a. Nimasiniaytasiz…
Shu desangiz, kel dedim o‘zimga, qani bir sinab ko‘raychi, chumolining aqli qanday bo‘larkan deb, qalam yo‘g‘onligidagi bir cho‘pni oldiga ko‘ndalang tashladim. Kuzatib turaverdim. Chumoliming bir azob bilan yertirnab donni shu cho‘pgacha sudrab keldi. To‘xtadi. Qaradiki oldida to‘siq bor. Endi shundan o‘tish kerak-da. Ancha o‘ylandi. Xuddi odamlardek, boshini qashlaydimi-ey.Bir mahal qarasam, hech yo‘q, be yo‘q, o‘ljasini tishlab olganicha shu cho‘pga tirmashib ketsa bo‘ladimi. Tirmashgani-tirmashgan, tirmashgani-tirmashgan. Qani endi o‘tolsa. Bir rahmim keladi, bir achchig‘im chiqadi, desangiz. Shunday bo‘lsa ham indamay o‘tiraverdim. Bu esa tirmashib yotibdi. Ammo lekin chumolining qaysar bo‘lishini shu yerda ko‘rdim, duxtur. Uf-f, voy bosh-shim… Xe-e, qaysar bo‘masa, shundoqqina bir santimetr o‘ngga yursa-ku, cho‘pdan o‘tadi-ketadi. Yo‘q-da. Bu padar lan’ati, govkalla, “shu cho‘pdan oshib o‘tmasam bo‘maydi”, deb turib olgan-da. Goh unday qiladi-bo‘maydi, goh bunday qiladi-bumaydi. Donni oldiga qo‘yib itaradimi yey, goh o‘zi ustiga chiqib tortadimiyey…
–Siz kuzatib o‘tiribsiz?
–Ha-da. Xullas bilmayman bir soat bo‘ldimi, ko‘p bo‘ldimi o‘tiraveribman.
–U esa cho‘pga tirmashib yotibdi?
Tirmashib yotibdi. Men esa baqiraman. Hoy, padar qusur, kallavaram o‘nggayur, o‘ngga. O‘tasan ketasan. Nahotki shungayam kallang ishlamasa-ya, o‘nggayur. Nima qilasan o‘zingni ham qiynab, meni ham qiynab,–deb er mushtlayman. Koshki bu gapga tushunsa. Uf-f. Bir mahal boshim og‘riy boshladi. Tikilaverib ko‘zim tinib ketdi…
–Obbosiz-ey. Nima qilardingiz o‘zingizni shuncha qiynab…
–He, duxtur-ey. Bir qiziqdim-da. Nimaga desangiz, chumoliga tikilib o‘tiribman-u. O‘zimni uylab qoldim. Bir qiliqlari o‘zimizga o‘xshab ketadi shu qurib ketgurning. Mana, masalan, mehnatkashligi, ahilligi. Ayniqsa menga o‘xshagan qaysar, odamsizlari ham bor ekan deb o‘ylanib qoldim, desangiz. Mana shuning qilig‘I ayniqsa menga o‘xshab ketarmikan-ey…
–Yo‘g‘-e?!
Ha,ha. Men ham hayotda o‘z yo‘limni topolmay, qiynalib yurganlardanman. Biroz qaysarligim esa oyog‘imga yana bir tushov, – uning ko‘zlari g‘iltillab yoshga to‘ldi. Biroz indamay turdi-da, so‘ng bir yutinib qo‘yib, davom etdi; –Sovet davrida bir korxonada borib-kelib, Ishlasak-ishlamasak oylik maosh olib yashab yurgan ekanmiz. He-e, mana endi zamon o‘zgarib… Mana endi “ishlamagan tishlamaydi” degan davr keldi qo‘ydi. Hamma chopgani chopgan. Tirikchilik, pul deb nimalar qilishmayotir-a. Endi qimirlagan yutadi…Men esa hali ham o‘sha-o‘sha. Hamma qilayotgan ishni men qilolmayman. Qonun deb, oriyat deb, menga to‘g‘ri kelmaydi deb qolipdan chiqolmay qolibmiz ekan… Uf-f. Kalla qotgan davrda buning to‘g‘ri kelganini qarang “He, menga o‘xshab qaysar bo‘lmay o‘l, govkalla”, –deb so‘kinaman achchig‘im chiqib. Shunday bo‘lsa ham qani oxiri nima bo‘larkan deb qarab turaverdim, desangiz. Go‘yo chumoli shu cho‘pdan o‘tib ketsa, mening ham ishlarim yurishib ketadiganday-da-e…
–Xo‘sh,so‘ng nima bo‘ldi?
–He-e, nima bo‘lardi. Bu ukkag‘ar shu cho‘pga osilib yotibdi-da. Osilgani osilgan, osilgani osilgan. Koshki o‘tolsa. Men bo‘lsam baqiraman. Hoy axmoq deyman, avvalo kuching yetmagan narsani sudrab nima qilasan. Ha, sudrab san ham deylik. Ha endi bunday o‘t qo‘y-da. Nima qilasan o‘zingni ham meni ham qiynab. He seni aqilli deganniyam…Uf-f. Oxiri bo‘madi…
–Nega?Nima,chumolio‘tolmayqaytdimi?
–He,qayerda.U-kuurinib yotibdi. Meniki bo‘madi. Ortiq chiday olmadim. Sabr kosam to‘ldi. Boshim esa tars yorulgiday, lo‘qillab og‘riydi. Jonim bo‘g‘zimga keldi. “He, seni aqilli deganniyam…”, –deb baqirib irg‘ib o‘rnimdan turib ketganimni bilmayman. Kovushimni oyog‘imga ildim-u, “shugina cho‘pdan o‘tolmagan bo‘lsang mana senga, mana senga”, –deb chumolining kallasiga tepaverdim, tepaverdim, tepaverdim. Majaqlab yer bilan bitta qilib tashladim. Don ham un bo‘lib ketdi. Cho‘p esa somonday titilib ketdi. Rosa qattiq tepgan ekanman, kovushim ham tumshug‘idan ayrilib ketibdi. Kaparativ ekan, savil. O‘zim esa yuragim toshib, harsillab qoldim. Bir mahal ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi. O‘zimdan ketib yiqilganimni bilmayman…
–Obbosiz-ey. Shu cho‘pni olib tashlasangiz-ku, bechora o‘tardi ketardi. Shuncha gap ham bo‘masdi, –dedim men unga na kularimni na achinarimni bilmay.
–He, nimasini aytasiz, duxtur. O‘zim ham afsusdaman. Endi yordam qiling. Bir beaqllilik bo‘ldi bo‘ldi-da…
Men bemorning qon bosimini yana o‘lchadim. Hali ham baland. Shifoxonaga yotqizilmasa bo‘lmaydigan. Bemorga buni aytgan edim, “yo‘q, yotmayman”, –deb ancha tixirlik qildi. Men unga va oila a’zolariga qon bosimning oshib ketishining yomon oqibatlarga keltirishi mumkinligini tushuntirganimdan so‘ng noiloj ko‘ndi. Bemorni “tez yordam” ga zambarda ko‘tarib chiqardik. U yo‘lda keta-ketguncha o‘sha beaql chumolini so‘kib ketardi…
U-ku tuzalib ketdi. Lekin laqab ichumoli, bo‘lib qoldi. Birov “chumoli” desa, so‘kinib qoladi…

Hamma ham yashashni istaydi” romanida inson ruhiyati manzaralari tasviri


Hajviy asarlar S.Kokilov ijodida salmoqli o'rinni egallaydi. “Saylanmaning I jildi to'liq hajviy asarlardan iborat. Yozuvchi hayotimiz, turmushimizda ro'y berayotgan kamchilik, nuqsonlar, odamlar tabiatidagi salbiy xislatlarni fosh kilishga harakat qilgan.Yozuvchining xikoyalari orasida “Konsilium” hajviy hikoyasi alohida ajralib turadi. Yozuvchi g'oya va maqsadni ifodalashda baxs-munozara usulidan foydalangan. Oq xalat kiygan duxtirlarni ko'rsangiz, ko'nglingiz yorishib ke-tadi. Chunki ular sog'lik ato etishadi, yaʼni sog'lik posbonlaridir. Lekin hammasining ham qalbi oq xalatiday tozami? Bu savolgajavobni hikoyadan olasiz. Hikoyaning qiskacha mazmuni shunday: Sigaret tutuniga to'la katta xonada oq xalat kiygan bir necha jiddiy qiyofadagi kishilar-terapiya bo'limi boshlig'i Korbosdiyev, jarroh Jovliyev, kardiolog Kurrayev,reanimatolog G'assolov va boshqa bo'limlardan kelgan bir necha duxtirlar ertalabdan buyon munozara qilishmoqda. Munozara mavzusi aniq tashxis qo'yilmagan o'ta og'ir, izida hech kimi yo'q bir bemorni qaysidir bir bo'limga joylashtirish masalasi. Munozara ishtirokchilari bo'lim boshliqlari va mutaxassis duxtirlar. Qizig'i shundaki bemorni biror bo'lim boshlig'i, biror duxtir o'z bo'limiga olgisi kelmaydi. Ertalabdanboshlangan munozara kun peshindan og'ayapdiki, tugamaydi. Hammasi o'zidan ko'chirib, bir-biriga soladi.Hamshira kelib, bemorning o'lib qolganini xabar qilmaganida, munozara kechgacha davom etishi mumkin edi. Bu xabardan keyin konsilium ishtirokchilarining “yuzlaridan hayrat yo'qolib, o'rniga mamnunlikka o'xshagan bir ifoda paydo bo'ldi”
“Insonga hayot bir marta beriladi. Shunday ekan, u ortidan yaxshi nom qoldirib ketmog’i lozim. Har davrning farzandi o’z davri, o’z hayoti va baxti haqidagi o’z tushunchalari bilan yashab o’tadi. Lekin hamma vaqt ham insonlar uchun vijdon pokligi, haqiqat uchun kurashish, halollik , adolatparvarlik , Vatanga , ota-onaga muhabbat, mardlik, to’g’ri so’zlik, samimiylik, kamtarlik kabi insoniy tuyg’ular bosh mezon bo’lib qolaveradi.” Yozuvchi Safar Kokilovning fikri shunday. Shuning uchun ham uning barcha yozganlarida bugungi kunda ham dolzarb bo’lgan ana shunday umrboqiy mavzular o’rin olgan. Ko’pchilik uchun adabiyot olamiga yarq etib paydo bo’lgan Safar Kokilov asosan kitobxonlarga o’zining hajviy hikoyalari bilan tanildi. Ijodining gullagan davri mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlanib shu kungacha nazardan tushmay kelmoqda.
-“Men mustaqillikni yana bir karra shuning uchunham yaxshi ko’ramanki, u ,enga nafaqat ozodlik, erkinlik berdi., balki o’zimdagi imkoniyatlarim eshigini ochishga yo’l ham berdi,-deydi u.
Ustoz yozuvchi Sa’dulla Siyoyev ta’biri bilan aytganda, hajviyotimizni tebratib kelayotgan chinorlar supra o’qlog’ini yig’ishtirib “iste’foga” chiqqan bugungi zamonda yangi bir hajvchi – yozuvchining yuz ko’rsatgani quvonchli hol, albatta… Uning ko’ngli, dardi, nomai amali barcha yozganlarida aks etib turibdi. Safar Kokilov to’g’ri so’zlikni, adolatni qadrlaydi. Yolg’onchilik , loqaydlik va ko’zbo’yamachilikni o’lguday yomon ko’radi. Uning “Konsilium” hajviyasini o’qisangiz buning guvohi bo’lasiz.
“ Sigaret tutunga to‘la katta xonada oq xalat kiygan bir necha o‘ta jiddiy qiyofadagi kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi.
– Yo‘q, yo‘q. Men ololmayman. Bemorning dardi jarroxlik emas. Uni terapevt olsin. – dedi sakkizinchi marta so‘z olgan jarrox Jovliyev.
– Ye, nega endi? Bemor chisto infektsionniy-ku?! Tag‘in izidan hech kimi yo‘q ekan. Uni yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizish kerak. Tamom-vassalom. – e’tiroz bildirdi terapiya bo‘limi boshlig‘i xo‘ppasemiz Qorbosdiyev.
– Hech qachonda. Bemorning barcha dardi o‘pkasida-ku. Uni sil kasallar bo‘limiga yotqizish kerak. – dedi infektsionist pashsha qo‘riyotgandek qo‘l siltab.
– Rentgentda sil belgisi ko‘rmadim. Dardi jigarida. U terapevtniki. – dedi o‘ninchi marta to‘ng‘illab To‘ng‘izboyev.
– Hechamda. Asli hamma gap yurakdan. Uni kardiolog olaqolsin. Palatasi bo‘shab yotibdi. – dedi Qorbosdiyev boshqalarga ko‘z qisib.
– Prichyom bu yerda yurak. Bemorning qorni taranglashgan-ku?! Yasno. U jarroxlarniki. – dedi qoshini suzib kardiolog Kurrayev.
– Ha, aytgancha, yaxshisi bemorni reanimatsiyaga yotqizsak-chi?! – dedi nihoyat jarrox Jovliyev. — Hammamiz navbat bilan borib ko‘rib turardik…
– Bekorlarning beshtasini aytibsiz. Hisobot-chi?! – dedi mudrab o‘tirgan reanimatolog o‘assolov birdan chiyillab. — O‘limning hisoboti yana mening bo‘ynimga tushadimi? Yo‘q, yo‘q, bo‘maydi. Sil bo‘lsa, ftiziatr olsin-da-e…
– Yo‘q. Meniki emas. Infektsionist olsin.
– Bemor terapevtniki.
– Bekor aytibsiz, u kardiologniki.
– Yo‘q, u jarroxniki…
Ko’ryapsizmi, bu yerda inson taqdiri, sog’ligi sariq chaqaga ham olinmasan, bolim boshliqlari hujjat to’ldirishdan qochib bemorni bir-birlariga hech bir hijolatsiz sen ol , siz oling qilib ot o’yin kabi qo’lma qo’l qilib o’tirishibdi. Achchiq kulgu ostiga olingan bunday shifokorlarni biz hayotda ham uchratib turamiz. Kelgan bemorga tez yordam ko’rsatmay tortishib o’tirib kunni ham peshin qilib yuborishdi.
Kun peshindan og‘di. Ular esa…
Nihoyat eshik shiddat bilan ochilib qabulxona xamshirasining bo‘g‘riqqan yuzi ko‘rindi.
– Mumkinmi?
– Xo‘sh?! Nima gap?..
Hamma unga tikildi.
– Duxtur, koridorda kechadan beri yotgan bemorning tanasini nima qilaylik?
– A?!..
Konsilium ishtirokchilari xamshiraga bir zum hayrat bilan tikilib qolishdi. So‘ng yuzlaridan xayrat yo‘qolib, o‘rniga mamnunlikka o‘xshagan bir ifoda paydo bo‘ldi.
– O‘ldimi-ey?!
– He, bechora-ey…
– O‘zi juda og‘ir edi-da…
– Ha-a. Nachora, bandachilik…
So‘ng duxturlar bir-biriga qarashganicha bir ovozdan xamshiraga javob qilishdi:

– Qayerga bo‘lardi, o‘likxonagada. Morgga…


Xamshira yugurib ketdi. Xonada o‘tirganlar ham sekin qo‘zg‘olishdi. Uy-uyiga… Safar Kokilov o’z hajviyalarida o’zi eshitgan va ko’rgan voqealarni, insonlarda uchraydigan qusur va illatlarni shunday borligicha, chetdan turib, hikoya qilib beradiki, qahramonning holati, so’zi, qiliqlari sizda beixtiyor kulgu uyg’otadi. Bunday kulguni hajv qiroli Abdulla Qodiriy “Xarakter kulgusi” deb ta’rif bergan.
Hajviyada nozik kasb egalari vrachlarning inson taqdiriga, hayoti,sog'ligiga o'ta beparvoligi, masʼuliyatsizligi, sansolarligi, kasbiga xurmatsizligi keskin tanqid qilingan. Bunday vrachlarni hech qachon oqlab, kechirib bo'lmaydi. S.Kokilov munozara ishtirokchilarining nomlariga ham eʼtibor qilgan: ularga Kurrayev, To'ng'izboyev, Kirbosdiyev, G'assolov degan nomlar berib, ustidan achchiq kulgan. Muallif o'zi bilgan, o'zi ko'rganvoqealarni yozadi, hajv tig'ini mo'ljalga aniq uradi. Buning boisihajvbop mavzularni to'_g'ri topganlikda va uni badiiy talkin kilishda. “O'zim edim” hajviy hikoyasiga eʼtibor beraylik. Hikoyada yozilishicha, bir tashkilot xodimi Komilov poraxo'rlar haqida xajviya yozib gazetada bostiradi. Hajviya bosilgandan so'ng odamlar, ayniksa poraxo'rlar orasida notinchlik, besaranjomlik, bezovtalik boshlanadi. Poraxo'rlar hajviyada o'zini ko'rganday bo'ladi. Ushbu hajviya umuman poraxo'rlar hakida yozilgan edi. Uni o'qigan har bir poraxo'r o'zidan xafsiraydi, “meni yozamadimikan”, degan xayolga, gumonga boradi.
“Xavfsirab, vahimaga tushib Komilovga uchragan kishilarning barchasi poraxo'rdir. S.Kokilov hikoyada poraxo'rlarni personajlar tilidan fosh qilgan. Poraxo'rlik-jamiyat ravnaqiga ziyon beradigan og'ir illat”3 Yozuvchi ana shu masalaga diqqatini qaratib to'g'ri qilgan. “Tekshiruvchi bo'lgim keladi"kikoyasida tekshiruvchining inson ruxiyati, ish faoliyatiga taʼsiri qiziqarli vaziyat, holatlarda ochib beriladi. Tekshiruvchi ma'lum bir sabab, maqsad bilan keladi. Maʼlumki, ish bor joyda xato-kamchiliklar, kelishmovchiliklar, baxs-munozaralar, noxaqliklar bo'lib turadi. ʻSelning vahimasi oldidagishamolida”, deganlaridek tekshiruvchilarning ham o'zidan oldin keladigan “keldi-keldi” gapi vahimali tekshiruvchi (komissiya) kelayapti desa jamoa orasida har xil gaplar paydo bo'ladi. Masalan “ishni miridan-sirigacha ko'rarmish har bir narsani” o'z ko'zi bilan ko'rib, qo'li bilan ushlab, burni bilan hidlarmish. Xudoning g'azabi emish". Bunaqa gaplardan keyin odamlar "katagiga tulki oralagan tovuqday pitirlab qoladi”. ..Komissiya-tekshiruvchining kelishi xato-kamchiliklarni tuzatishda, ishni odilona, to'g'ri hal qilishda, tartibga keltirishda xonalarni taʼmirlash, jihozlashda, tevarak-at-roflarning toza, obod bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi. S.Kokilov mana shu jihatlarni ham aniqn misollarda ko'rsatib bergan. Safar Kokilov o'zining hayotiy pozitsiyasi, ijodiy yo'nalishini aniq belgilab olib, haqiqatdan ham o'shanday kishilar ustidan achchik kulgan. Albatta, bunday o'z kasbiga noloyik, layoqatsiz, noshud, obro'talab kishilar xar bir soxada uchraydi.S.Kokilovning tibbiy xodimlari orasida uchraydigan har xil nuqson, yaramas odatlarni dadil fosh etishi taxsinga loyiqdir. Yozuvchining “Shifokor” hikoyasini olib ko'raylik, hikoyada nafaqat bemorlarga, balki o'z kasbiga har xil munosabatda bo'lgan shifokorlar obrazi beriladi. Asar qahramoni Komiljon malakali, tajribali, o'z kasbiga fidoyi bemorlarga jonkuyar, o'z sog'lig'idan ham bemor sog'ligini ustun qo'yadigan shifokor bo'lsa, kasbdoshi, do'sti Davronbek uning tamomila aksi.
Davronbek o'zi uchun yashash tarzini belgilab olgan. Uning bu borada o'z tushunchasi, qat'iy o'z qarori bor. Uning uchun bu dunyo bir teatr, unda hamma sevgan rolini o'ynaydi, ya'ni rol o'ynovchi artist. Davronbek nazarida Komiljon hayot ritmini, hayot spektalini buzgan odam natijada o'z hayotini izdan chiqargan bemor bo'lganDavronbekka Komiljonning o'z bemoridan sariq kasalligini yuqtirib olishi yoqmaydi.
Uningcha, odam xdr kanday vaziyatda xam uz sogligini uylashi, uzini asrashi kerax. Komiljon bemori sogligini uylasa, Davronbek uz sogligini o'ylaydi bulaydi. Komiljonni kasbiga sadokat, mesuliyat. burch. vijdon kiznyuirsa, Davronbekni uz tashvishi. bir marta beriladigan uyadoiyaxshi utkazish, yengil xayet kechirish kiziktiradi Uning uchun odamlar beraxm, vijdon-kuruk gap. Aleksandr Matrosov bulishning nima keragi bor? “O'lmaganda hamma qatori yashar edi: kurardi, quvonardi. uylanar-di, bola-chaqali bo'lardi. Mana uldi-ketdi”... Davronbekning bu gaplari zamirida inson faqat o'zi uchun yashashi kerak degan tushuncha yotadi.” Tushlarida yig'lab chiqaman hikoyasida ustoz va shogird muno-sabatlarida ustozning bosib o'tgan umr yo'li chiziladi. Ustoz shifokorlikdan pensiyaga chiqqan.Uning bor boyligi-kasbi, baxti-taxti shu kasbi. Uzoq yillik ish hayotining mazmuniga aylanib ketgan. Ustoz shifokor bulishi bilan bir katorda, ziyoli odam. Uning xonasi xar xil kitoblargantuda. U "Xar xil giybat gayalarni gapirib. bekorga umrni o'tkazgandan ko'ra yaxshi bir kitob o'qiganming marta foidali”, der edi. Ustozning ruxiy xolati bor ziddiyatlari bilan yaxshi ochib berilgan. S.Kokilov ijodining ayni yetilgan payti. U xali o'zining ko'pasarlari bilan xalqimizni xushnud qiladi. Taraqqiyotimizga g'ovbo'lgan salbiy hodisalarni fosh etaveradi. Bu qalam sohibining xajvni jonlantirish va kuchaytirishda o'z o'rni bor.
Dunyo himoyachilarining ustozi, a'zami Anton Pavlovich Chexovning hamkasbi Safar Kokilov muallimning ilk ikki hikoyasini “Sharq yulduzi” jurnalida o'kib, g'oyat quvongan edim. So'ngra surishtirib, rassom va hajvchi do'stim Tolib Qanoatdan “Yo'qolgan ko'richak” to'plamini olib, maroq-la o'kib chikdim. Kuvonchim qatlandi. Yuzim yorishdi. Hikoyachilikni anglagan kishiga xajmi uncha katta bulmagan shu ikki bitikg'oq muallif haqida lozim bo'lgan tasavvurni berar, adabiyotimizda voqea va hodisalarga shunday teran, haqiqiy nosir nigohi ila boqa bilgan, tasvirlay olgan yozuvchi shakllanganidan faqat kuvonmoq hamda tabriklamoq kerak edi.
Nihoyat, yozuvchimiz bilan qadrli Abdulla akaning qutlug' xonadonlarida uchrashganimizda chin’ yurakdan qutladim. Abdulla aka ham Safar Kokilov ijodi haqida yuksak fikrda ekanliklarini ta'kidladilar.Odatda, haqiqiy yozuvchi (shoir emas) bo'lmoqning.barchaga barobar ikki sharti bordir. Bu hayotiy tajriba iste'dodi va haqiqiy yozuvchilik qobiliyati. Bu ikki iste'dod uygunlashgan ikki buyuk shaxsiyat va ijodkorni bilamiz. Bular Anton Chexov va Mixail Zoshenkodir.Yana bir buyuk usta Ernest Xeminguey, ikki marta u kishga arzimaydigan kitob bir marotaba o'qishga ham arzimaydi, deganida, aynan Chexov va Zoshenko, Lev Tolstoy va Mopassan kabi hakikiy nosirlar ijodini nazarda tutgan. Boisi bu ijodkorlar asarlarini ikki emas, o'nlab marotaba o'qib, mazza kilish mumkin. Hech bir kasb egasi tabiblarchalik kishilar bilan kun mulokotda bo'lmaydi. Sport, sayohat na hastalik paytda kishi o'z fe'l atvorining turli qirralarini namoyon etadi. Hayot na adabiyot anglab yetgan ijodkor uchun asa bundan zo'r “masallik,” puk,.Safar muallimning bevosita o'z kasbi ila hayot haqqiqati va kishi xarakter karak” kabi chexovona hikoyalari hikoyachiligimiz guldastasini bezatuvchi asarlardir. Eng muhimi, dustimizning bunday o'nlab yaxshi hikoyalari bor. Bu bitiklar vaqti soati kelib ,albatta ,o'z bahosini oladi. Zotan, hikoyachilikni tushunganlar allaqachon unga tan bergan.Yozuvchimizning bitiklarini mutolaa etarkanman,qo'li hikoya janriga juda yaxshi kelishishini ta'kidlagan holda, tafsilotlarni berish, ruhiy holatlarni tasvirlashda “Kratkost - sestra talanta” degan gapga yanada ko'proq amal kilishlarini tilayman.Bizda yaxshi shoir va she'r ko'pdir. Birok she'rni barcha birdek tushunib o'qiyvermaydi. She'riyat san'atidan bexabar kishi qulog'iga yoqqan ashuladagi jumlalarni tinglab, takrorlab, she'r degani shu ekan,deb yuraveradi. Birok yaxshi nasr, yaxshi hikoya va qissalar ko'p emas. Yuqorida kitobni necha marotaba o'qish mumkinligi hakida baxs etdik. Hozirda chop etilgandan so'ng umuman qo'lga olinmaydigan, o'qilmaydigan, o'qib bo'lmaydigan nasr atalmish namunalar ko'payib ketdi.Ne yozishini bilmagan kattayu kichik, xatto nomi ulug',suprasi quruq bitikchilar ham tarixiy mavzuga yopishib olib, o'kuvchi boshini qotirmoqda.Tarixiymavzudayozgankishikechmishni bilish barobarida, to'g'ri tarixiy zakoga soxib bo'lmas ekan, vokea va xodisalarga haqqoniy yondasha olmaydi. Natijada, bitigi ishonchli chiqmaydi. Agar bu jarayonda ijodkorda yozuvchilik maxorati, badiiy tasvir san'ati yetishmas ekan, ishi ikki barobar chatoqdir.Odatda, tarixiy asarlarda kechmish yoziladi, badiiy bitiklarda esa kelajakka xitob etiladi. Tarixiy-badiiy asarida ham bugun va kelajakka murojaat etmas ekan, bitikning ilmiy asardan farqi qolmaydi. Bu kabi ma'lumotlarni esa kitobxon o'quv va ilmiy qo'llanmalar, ilk manbalardan ham olishi mumkin.Tarixiy asarga badiiy kuch va kudrat baxsh etilmasa,u san'at asari darajasiga ko'tarilmaydi. Tarixiy-badiiy asar yozganda tarixiy haqiqatdan chekinmagan holda ijodkor sakson besh foizgacha badiiy to'qimadan foydalanishi mumkin. Afsuski, buni ko'pchilik hamkasblarimiz bilmaydilar.Demokratiya, inson va muallif haqlari degan e'tiqodlar bor ekan, darajasidan qat'i nazar, hech kimga yozmoq va nashr etmoqni yasoqlab yoki cheklab bo'lmaydi. Bu ish ma'naviy qatog'onga kiradi.Kuchli, o'rta va bundayroq bitiklardan iborat adabiyot to'kisdir. Hech bir adabiyot faqat klassik asarlardan tashkil topmagan. Insonlarni ayirmoq naqadar razil gunoh bo'lganidek, ijodkorlarni ham ayirmay,insoniy qadr qimmatlarini saqlagan holda bitigi hakida xolis, professional fikr bildirmok, lozim.
Tanqid etmak odobi buzilib, me'yordan oshdimi, u avval haqorat, so'ngra fitnaga aylanadi. Me'yordan.oshig'i esa murdor degan gap bor.Barcha adabiy muxitlarda bir xastalik bor. Bundayrok,o'rtamiyona biror narsa yozsangiz, yomon emas, tuzuk, hatto yaxshi deb maktashlari ham hech gap emas. Biroq “qotirib” yozib qoysangiz ,raqibu noxayrxohlar o'zolmagan otga o'zangi bahono deganidek,taradduga tushub qildan qiyiq axtarishadi.Usta bitikchilar bu narsaga bag'rikenglik va sovuqqonlik bilan qaraydilar. Boisi har bir kishi har bir narsani o'z aql-idrok doirasining chegarasi bilano'lchaydi. Haqiqiy bahoni adabiyotning haqiqiy fidokori bo'lgan kitobxon beradi...Keyingi un yillikda o'qiganim, ajoyib hikoyalar muallifi farg'onalik iste'dodli yozuvchi Gulchexra Asronova ijodi haqida ham ana shunday iliq va samimiy fikrlarni bayon etish mumkin.Yuzlab hikoyalar e'lon qilinmoqda. Bu bitiklarn nashr etmoq imkoni ham g'oyat keng. Yaxshi sheʼr yozilmaydi, sodir bo'ladi degandek, hakikiy hikoyalar ham har kuni bitilmaydi. Safar Kokilov va Gulchehra Asronovaning o'quvchilar qo'liga yetib borgan sara qissa va hikoyalari ana shunday asarlar jumlasidandir. Isteʼdodni tan olib, unga ko'mak etmaslik, Vatan adabiyotiga xiyonat demakdir.
Har ikki yozuvchimiz asarlarida ona tuproqqa, odamlarga mexr-muhabbat, insoniy sadoqat, hayotn haqiqatini to'g'ri va ayovsiz ko'rsata bilish hamda tasvirlay olish isteʼdodi bor. Qirqoyoqdan qanday qilib qirqta oyog'ingni boshqarasan, deb so'raganlarida, buni nazariy tushuntiraman deb adashib ketgan ekan. Yaxshi hikoya ham shunday. Uni o'qib, mazza qilinadi. Yozuvchi yozganini o'quvchiga anglatishga urina boshladimi, demak so'zini ko'ngildagidek aytolmagan bo'lib chiqadi. Safar muallimning ijod namunalarini o'qir ekansiz, sizda turli savol-u so'roqlar tug'ilmaydi.Yoningizda ko'cha-ko'yda uchratib suhbatlashadigan oddiy odamlar bilan sanʼatkorona bitilgan jumlalarda dardlashasiz.Bu dil suhbati; bu mehr-muxabbatlashuv, do'stimizning qo'lingizga yetgan
ushbu to'plamida ham davom etadi. Samimiy gurunglar sohibiga eng ezgu tilaklarimni yo'llab, Uzun tumanining uzun daralari va soylari, ildizi Surxon so'qmoqlari kabi uzun umr, Vatandoshlarimizga baxshida etgan xayotlari qadar uzun sixatlik tilab qolaman.
Abdulla Oripov:
Surxon vohasining Kichik jonchekka degan chekka qishlog’ida yashab ijod qilgan Safar Kokilov haqida gap ketganda ko’z oldimga Buyuk hajvchi Aziz Nesin gavdalanadi.
Hajviyalarni ko’p o’qiyman, ko’plari tarjimalarga o’xshab qolgan. Lekin Safarning hajviyalari sof, o’zbekona , tabiiy tilda yozilgan… (21.03.2013 yil uyida katta tadbirda aytgan so’zlari)
Safarning o’zi bilan suxbatlashsangiz biroz zerikkanday bo’lasiz. Lekin hajviyalarini o’qisangiz qotib-qotib kulasiz! ( Uyida mehmonlar davrasida aytgan so’zlari. 21.03.2013 y)
O'zbek hajvchilaridan kim bor. Anvar Obidjon bolalar shoiri, Sa'dulla akang kam yozyapdi. Said Ahmad o'tib ketdi. Demak, sen ekansanda bugungi kunning eng zo'r katta hajvchisi...( 21. 03. 2012. Uyidagi davrada)
Amir Xudoyberdi ( shoir)
Safar akadek o'tkir yozadigan hajvchi-yozuvchi kam. Men sizning muxlisingizman. Bo'sh kelmang aka.
Narzulla So'fizoda
Safarning hajviyalari Bryus Lining mushtiga o'xshaydi.
Mamur In'om
Aka bizning Chustdagi voqealarni qanday bilib yozdingiz-ey. Xajviyalaringizdagi voqealar xuddi bizlarda bo'lgan edi-da.
Keyingi paytda adabiyot olamida Safar Kokilov deganyosh yozuvchi paydo bo'ldi. USurxondaryoning eng chekka Uzun tumanidan ekan. Hajviy hikoyalarmashq qilar ekan. Hajviyamiznitebratib turgan chinorlar supra-uqlog'ini yig'ishtirib, “isteʼfo-ga“ chiqqan bugungi zamonda yangibir hajvchining yuz ko'rsatganiquvonchli hol, albatta. Surxondaryoga yo'lim tushdi. Sa-farni yo'qlab topdim. U shifokorekan, tuman kasalxonasida, “tezyordam”da hizmat qilarkan. Bir gaplashib eski, yangi narsalarnio'qidik. Shunda, hayotiy, kulgiliyozilgan. Bir shingil qalampir,bir shingil lutf, hazil aralashgan. Olimlarning gapi borki,odamning dastxatiga qarab, uningfeʼl-atvorini bilish mumkinemish. Agar shundoq bo'lsa, yozuvchining bitiklariga, tiliga, ijodyo'rig'iga qarab, bemalol uningqanday insonligini aytib bersabo'ladi. Safarning ko'ngli, dardi, nomai aʼmoli quvnoq, hajviyalariga ko'chganday edi. U o'quvchiniqasddan kuldirishga urinmaydi,o'zi eshitgan, ko'rgan bir voqeanigo'yo chetdan turib hikoya qilib beradi. Qaxramonlarining xolati,so'zi, xarakati, talvasasi, xullas,ming bir qilig'i sizda beixtiyorkulgi uyg'otadi. Buni hajv olamida xarakter kulgisi, deydilar.
Abdulla Qodiriydek xajv qiroli xam xarakter orqali tug'ilajak kulgini maʼqullagan.Inson umri yaxshi-yomon kunlardan iborat. Bir kun zaxmat, birkun roxat, bir kun to'y, bir kunaza, goho kulgi, goho ko'z yosh vaxokazo. Lekin odamning boshigashunday kunlar ham tushadiki, uo'lim bilan hayot orasida muallaq,qoladi. Ana shunday paytda insonning kimligi butkul ayon bo'ladi.U xatto eng yaqinlaridan ham pinhon tutib kelgan ”o'zligi”ni na-moyon etadi. Safar Kokilov uzoqyillar “Tez yordam”da ishlarekan, odamlarning tragikomik(kulgili) xolatlarini kuzatdi,ko'rganlarini darhol badiiy shaklga solib, qog'ozga ko'chirdi. Menyuqorida, uning hikoyalari hayotiydeganimda shuni nazarda tutganedim. Ha, poytaxtda, shinam xonada o'tirib, hangoma to'qish boshqayu, qaxramonlarning orasidayashab, ular bilan bir piyola choyichib ijod qilish mutlaqo boshqa.
Safar Kokilovning gʻayrati,jonsarakligi, yaxshi maʼnodagiqaysarligi yoqdi menga. Aks xoldauning hangomalari adabiyot ahlining eʼtiboriga tushmasdi. Abdulla Qàhhor tili bilan aytgan-da, “Uzundan nariga” o'tmasdi. Xoynahoy, bitta yosh qalamkash-ni namuncha maqtaysiz, deb aytayotgandirsiz. Avvalo, shirin so'z Hammaga yoqadi, shu jumladan, yozuvchi xalqiga ham. Gulning boshini silasang, tezroq o'sadi, deydi xalq. Qolaversa, Safarga ay-tadigan gapim ham yo'q emas. Endiu qadamni kengroq tashlashni kerak. Kattaroq va yanada pishiqroqasarlarga o'tadigan vaqt yetibdi. Safar Kokilov adabiyotningkatta yo'liga chiqib olibdi. Endibu yo'lda u adashmay, sobitqadambilan olis-olislarga ketishigaishonaman. Buni Safarningyaqinda bosmadan chiqqan yirikbir to'plami ham tasdiqlab turibdi. Darvoqe, u yaqinda O'zbekistonYozuvchilar uyushmasiga qabulqilindi. Yozuvchi degan ulug' nom,mashaqqatli ijod yo'li muborak bo'lsin!

Xulosa
O'zbek adabiyoti juda qadimiy va chuqur ildizga ega. Salaflari kabi Safar Kokilov ham o'zining benazir asarlari orqali uning rivojiga katta hissa qóshib ketdi. Safar Kokilov asarlarining mavzu ko'lami vatanparvarlik, xaqitat uchun kurash , insoniylik, mehr- oqibat, sodiqlik, mehnatni ulug'lash, bolajonlik. U kulgini, kulgili holatlarni hayotning o'zidan oladi. Shuning uchun uning asarlari hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. Uning hikoya , hajviya va qissalarida voqelikka kulgili va ijobiy munosabati yotadi. Safar Kokilov asarlarida yumor va satira turli vazifalarni bajaradi (voqelikka munosabatni ifodalaydi, tarbiyalash quroli, obraz yaratsih usuli, badiiy tasvirning muhim vositasi).
Yozuvchi lirik-yumoristik hikoyalari, hajviyalari, miniatyuralaridan o'sib bordi. Undagi lirik talqin, hayotbaxsh hikoya va qissalari yozuvchining o'ziga xos uslubiy qirralarini namoyon qiladi.
Safar Kokilov hajvi xalq og‘zaki ijodi ta‘siridan ham boyidi. U xalq dardini hajviyalari orqali kórsatib berishga harakat qildi.: 1) obrazlar ruhi olamiga, qiyofasiga mos tashqi tasvir va harakatning kulgi bilan uyg‘un berilishi; 2) folklor materiallarini umumlashtirgan holda yedirib yuborish usuli, ulardan bir nechtasini qo'llash; 3) asardagi vaziyatlarga mos holda kulgi vositalarining yaratilishi; 4) jonli xalq tili boyliklaridan foydalanish. Xalq ijodidan bahramand bo'lishning bu usullari adib asarlarida kulgi yaratishning muhim omillaridan sanaladi.
Safar Kokilov rang-barang janrdagi asarlari bilan xalqimiz ma'naviy dunyosini shakllantrishga samarali hissa qo'shgan adibdir. Uning asarlarida xalqimizning mardonavor mehnati, ona-zaminimizning go'zal manzarasi har doim ulug'landi, Safar Kokilov ijodi yosh avlod uchun namuna maktabidir. Insonning ma‘naviy ehtiyojlaridan biri bo'lgan kulgi san‘at va adabiyotda muhim estetik vazifani bajaradi. Shuning uchun inson hayotini badiiy aks ettiradigan kulgining, ayniqsa, yumor kulgisining o'ziga xos xususiyatlarini, hajvchi yozuvchilarning kulgi yaratishdagi mahoratini o'rganish muhim va dolzarb masalalardan biridir. Hayotda kulgining turlari, ko'rinishlari ko'p, inson tabiati kamalaksimon rang-barang bogani kabi uning kulgisi ham turfa xil, turfa mazmunlidir. Ayniqsa, yumor kulgisi insonning yuragiga yaqin, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otuvchi, uni ezgulikka undovchi kulgidir. Mana shu kulgini o'z asarlarida yuksak darajada ifodalay olgan Safar Kokilovni xalqimiz juda sevadi. Badiiy asarda yumor voqelikni, hayotni tasvirlash usuli, xarakteri darajasiga ko'tarila oladi, ayni chog‘da yozuvchi maqsadiga ko'ra turlicha korinishlarda namoyon boladi. Safar Kokilov yaratgan asarlar yosh avlodni tarbiyalashda, uning komillikka yetishuvida katta rol o'ynovchi badiiy-estetik vositalardan, asarning badiiy barkamol bo'lishini ta‘minlovchi mezonlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun yumoristik kulgini o'rganishning ahamiyati katta. Safar Kokilov hajviyalarini o'rganish, ularni ilmiy jihatdan tadqiq qilish dolzarb masaladir.
Safar Kokilov eng qiyin, qayg‘uli damlarda ham kulgining etagidan mahkam tutdi, hayot qiyinchiliklarini, ziddiyatlarini kulgi bilan yengdi, u yaratgan qahramonlarda ham shu fazilat mujassamlandi. Adib kulgi orqali yaxshi kayfiyat, o'z kuchiga, qudratiga, haqiqat tantanasiga ishonch ruhini baxsh etib keldi. Adib oz hajviyalariga yumor bilan birga sayyoraga ham murojaat qilgan. Qattiq tanqid ostiga olgan va tóg'rilik yo'li sari chorlagan. yozuvchi iste‘dodining eng yorqin jilolaridan biridir. Bu jilo shu qadar yorqinki, uning kulgisi mamlakatimiz chegarasidan oshib, boshqa xalqlar hayotiga shodlik ulashyapti, yozuvchi komediyalarining samimiyligi inson qalbiga huzur bagʻishlaydi.
Yumor bu hayotning o'zidir. Safar Kok koʻpilov kulgisining ta‘sirchanligi, qudrati, umrboqiyligi, sodda, pokiza va samimiyligidadir. Haqiqat va achchiq kulgi Safar Kokilov asarlarining yuragiga aylangan. Adib asarlari hamisha ezgulikka chorlaydi.Biz bitiruv malakaviy ishimizda Said Ahmad hajviyotining muhim qirralarini tahlil qilish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Safar Kokilov – mohir hajvchi.
2. Yozuvchi tug‘ma talant sohibi, u tug‘ma adib. Bemorlar dardini yengillatish bilan birga insonlar ma'naviyatini ham o'stirishga yordam beradi
3. U hayotning o'zidan oziqlandi, xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo'ldi.
4. Yozuvchi qaysi yo'nalishda mavzu tanlashni biladi, kulgini, kulgili holatni yaxshi tushunadi va o'quvchiga yetkazib bera oladi.
5. Safar Kokilov asarlarining tili va uslubi ravon, sodda, obrazli, xalqchil va tushinarlidir.
Xulosa qilib aytganimizda, Safar Kokilovning asarlari bugungi kun katta-yu kichik insonlarni, avvalo o’z taqdiriga o’zining befarq bo’masligi, har qanday kichik detallardan ham hayot uchun xavfda bo’lishda, doimo sergak va ogoh yashashlikka, aql bilan tafakkur qilishlikka, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, qolaversa, har bir kasb egasini o’z kasbiga fidoyi va jiddiy yondashishiga qaratilganligi bilan ham milliy adabiyotimizda juda qimmatlidir. Shu bois ijodkorning asarlarida ko’tarilgan kuchli mavzu va masalalar jamiyatimiz hayotida dolzarb muammolardan bo’lib, o’z tadqiqotlarini kitib qolaveradi .


Download 302,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish