Tadqiqotning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz kirish, ikki asosiy bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I-BOB
YOZUVCHI, INSON VA DAVR HAYOTI
Yozuvchining hayoti va ijodi
Adabiyot o’tkinchilik qonuniytalaridan xoli.
Faqat birgina adabiyot o’limni tan olmaydi.
M.E. Saltikov-Shedrin
Haqiqatdan ham ushbu fikr to’gri aytilgan. Adabiyot bir o’tmish bilan qolib ketmaydi. Unda siz o’tmishni ham, bugunni ham, kelajakni ham ko’rasiz.
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli o’zbek yozuvchilari tomonidan o’zbek adabiyotining Chexovi deb tan olingan ko’p qirrali ijodkor. O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov so’zi bilan aytganda “O’zimizning Aziz Nesin” Safar Kokilov 1952 yil 15-noyabrda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kichik jonchekka mahallasi Usta Namoz Kokil oilasida tavallud topgan. Oilada olti nafar farzandning eng tong'ichi bólgan. Ikkita ukasi va uch nafar singlisi bor. 1958- 1967 yillarda o'rta maktabni, 1968-1974 yillarda O'rta Osiyo pediatriya ( hozirgi Toshkent pediatriya oliygohi) institutida o'qidi . Yozuvchining kitobga qiziqishi bolaligidan boshlangan. Kutubxonalardan kitob olib bir kunda óqib, uqib, kitobning mag'zini chaqib nima haqida ekanligini anglab olishga ulgurgan. Otasi Usta Namoz Kokil bobo ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Gapga chechan, hokisorgina inson, do’mbirani katta sozandalardek maromida chalar, ko’pgina xalq dostonlarini yoddan bilgan va dombira jo’rligida aytgan. Urushdan so’ng mahalla faollaridan bólib ishlagan. Onasi xalq og’zaki ijodi, xalq qo’shiqlarini, afsonalar, rivoyat va matallarni ko’p biluvchi ayol bo’lgan. O’zlari oliy taʼlim egasi bo’lmasada, doimo uyida gazeta-jurnallar uzilmagan. Maktab yoshida kichik-kichik hikoya va she'rlar yozib ijod qila boshlagan. Birinchi yozgan hikoyasi "Tumshug'idan ilindi" nomi bilan "Sariosiyo haqiqati " gazetasida nashr qilingan. Shu hikoyasidan keyin ko'zga kórina boshlagan. Namuna qishlog'idagi 23-maktabda óqigan. Yoshligida juda kóp kitob óqib, yod olgan. Maktabda óqib yurgan vaqtlarida kitob olib bir kechada uxlamay óqib olib borib bergan. Bo'lajak yosh yozuvchining bu ishidan qattiq jahli chiqqan kutubxonachi opa " kitobni óqimasang nima qilasan olib. Endi senga kitob bermayman "-deya koyib bergan. Shunda yosh adib " nega unday deysiz, mana kitob, xohlagan joyini ochib savol bering javob bera olaman"-deb ishonch bilan aytgan . Yozuvchining bu holatini kuzatib yurgan Ismoil Bekmurodov ismli ustozlari ota-onasiga "o'g'lingiz juda kitobni yaxshi kóradi, ba'zi kitoblarni, xuddi, buyuk bobomiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiydek yod olib olgan" deb aytgan. 50-60- yillarda qishloqlarga uyma-uy gazeta tarqatilgan vaqtlarda adib yashagan mahallada gazeta tarqatuvchi bo’lib Turdi boba ismli inson ishlagan. Shu vaqtlari ham Namoz boboga kelgan gazetalarni hammasini otasidan oldin óqib chiqavergan. Gazetachining uyiga o'zi borib kunlik yangi sahifalarni olib kelib o'qishga juda qiziqqan. Bolaligidan gazeta, jurnal, kitobga qiziqish va mehrini kórib Turdi bobo ham " Namoz Kokilov bu o'g'lingiz yozuvchi bóladimi deyman"- desa, shunda Namoz bobo "bizning o'g'il nasib bo'lsa kelajakda katta shifokor bo'ladi" deb ta'kidlagan. Adibning taqdiri yoshligidan ayon bo'lganligini shu suhbatlardan ham bilib olsa bóladi. Safar Kokilov 1968-yili o’rta maktabni bitirib orzu qilganidek tibbiyot oliygohiga o’qishga kirdi. Safar Kokilov Vatan oldidagi burchini ado etish uchun Xabarovskiy o’lkasiga harbiy xizmatga yuboriladi. Adib xizmat o’tash bilan birga ham shifokorlik ham o’z ijodini davom ettirib, harbiy xizmat chog’ida boshidan o’tkazganlarini kundaliklariga muhrlab borgan. Adibning turmush o’rtog’i Kokilova Gulsara opa oliy ma’lumotli ona tili va adabiyot o’qituvchisi. Safar Kokilov to’qqiz nafar farzandning mehribon otasi. Farzandlariga hayotda qoqilmay yashashlari uchun ham ilmiy, ham dunyoviy va diniy tarbiya berib katta qilgan. Olti nafar qizi ota izidan borib oliy toifali hamshira bo’lishgan, ikki nafar qizi esa ona kasbini tanlab ona tili va adabiyot o’qituvchilari bo’lishgan, yolg’iz o’g’li Omonullo “ Ot o’rnini toy bosar” deganidek O’rta Osiyo tibbiyot oliygohini grand asosida tamomlash arafasida. Yozuvchi o’zining bir hikoyasida farzandlariga shunday ta’rif berib o’tgan “ ularning ismlari ham o’zlaridek go’zal va butun olam go’zalligining ramzlari: Nilufar, Nazira, Nazokat, Nargiz, Nafis, Nafosat, Iqboloyim va Surayyo. Ular mening Saragullarimdan. Ularga men omonlik tilayman! Ularning suyanchig’i g’ururi Omoni bor. Ular omon bo’lishsin!”
1974-yili O’rta Osiyo tibbiyot Pediatriya oliygohining bolalar shifokori ixtisosi bo’yicha bitirib Sariosiyo tumani markaziy shifoxonasiga ishga keldi. Bolalar bo’limida, poliklinikada va Bo’ri Ochildiyev nomli, “Namuna” jamoa xo’jaliklarida qishloq bolalar shifokori bo’lib ishladi.
Tibbiyot sohasida qishloqdagi barcha tibbiy nuqtalar va tez tibbiy yordam bo’limi tibbiyotning birinchi chizig’idagi ishlarini bajaradi. Safar Kokilov butun ish faoliyatida doimo tibbiyotning eng mas’ul, oldingi chizig’ida ishlab kelgan. 1988- yildan boshlab tumanda tez tibbiy yordam markazida navbatchi bolalar shifokori bo’lib ishlagan. O’z bilimini oshirish maqsadida Minsk, Toshkent va Dushanbe shaharlarida pediatriya, bolalar nevropotologiyasi, bolalar reanimatsiyasi bo’yicha bir necha marotaba malaka oshirish kurslarida o’qib kelgan.
Prezidentimiz tomonidan 2000 yilni Sog’lom avlod yili deb e’lon qilinishi va oltita tamoyilning belgilab berilishi barcha shifokorlar qatorida aynan bolalar shifokorlariga katta ma’suliyat yukladi. Buni qalbdan his qilgan Safar Kokilov viloyatda birinchi bo’lib ilmiy izlanishi bilan ham o’zini ko’rsatadi. Sog’lom avlod yiliga bag’ishlab “Sog’lom tug’ilgan chaqaloqning “chilla davri” nomli ilmiy-ommabop kitobchasini o’rta tibbiy hodimlar, yosh onalarga qo’llanma sifatida taqdim etdi. Kitobda yangi tug’ilgan chaqaloqning birinchi qirq kunlik hayoti, uchraydigan kasalliklari va uni davolash, chaqaloqning tarbiyasida ona sutining tarbiyasi sodda qilib tushuntirib berilgan. Shuningdek Safar Kokilov 1997-yil “Kasalxonagacha bo’lgan davrda yosh bolalarga shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish” nomli tibbiy qo’llanma kitobini yozib hamkasblarining chuqur e’tirofiga sazovor bo’ldi. Safar Kokilov yaxshi shifokorligi bilan birga ijodkor sifatida ham xalq orasida yaxshi tanilgan. Shifokor - yozuvchi! Adib har safar ishdan qaytayotganida gazeta-jurnallar sotuvchi dókonning yonidan shunchaki ótib ketolmagan. Gazeta-jurnallarning yangi sonidan tashqari eski sonlarini ham olib mutolaa qilgan. Adibning uy kutubxonasida 3 mingta kitob mavjud bólib, bu kitoblarni bir maroba emas, bir necha yuz marotaba óqigan desak xato aytmagan bólamiz.Safar Kokilov respublika vaqtli matbuotida o’z hajviyalari bilan qatnashib keladi. Qator hajviyalari O’zbekiston teleradio kompaniyasining “Tabassum ustaxonasi” radio eshittirishi va teleminiaturalar teatrida qo’yib kelingan.
Xususan “Xalq so’zi” gazetasida shunday deyilgan “Safar Kokilovning kitobidan o’rin olgan hikoyalarida u o’ylab topilgan emas, balki hayotning asl manzaralari tasvirlangan. Haqiqatning tiniq ko’zlari turmushdagi fazilat va illatlarni, komil insonni tarbiyalashga halaqit berayotgan to’siqlarni kitobxon ko’z o’ngida aniq gavdalantiradi. Bu xol o’z navbatida yozuvchining qobiliyatiga borib taqaladi”… [2002 yil 2-noyabr soni]. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining navbatdagi sayyor yig’ilishi Termiz shahrida 2008-yil 7-noyabr kuni bo’lib o’tdi. Yig’ilishni O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov olib borgan. Kun tartibida bitta masala - O’zbekiston yozuvchilar uyushmasiga yangi a’zolar qabul qilish masalasi ko’rilgan. Yig’ilish qaroriga ko’ra Uzun tumani vakili, taniqli ijodkor, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori bo’lgan Safar Kokilov O’zbekiston yozuvchilar uyushmasiga a’zolikga qabul qilingan. Bunday muvaffaqiyatga erishguncha Safar Kokilov ijodning katta mashaqqatli yo’lini bosib otgan. Safar Kokilov 2018-yil 16-martda 66 yoshida vafot etgan. Safar Kokilov shuncha yillik ijodiy faoliyati davomida o’zidan butun umrga arzigulik ijodiy meros qoldirib ketdi desak adashmaymiz. Yozuvchining hali chop etilmay qolgan roman va qissalari, hikoyalari anchagina.
Safar Kokilov kitoblari bibliografiyasi:
1.Safar Kokilov. Kasalxonagacha bo'lgan davrda yosh bolalarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish: O'zbek tilidagi ilmiy-ommabop qo'llanma- Termiz: “Jayxun”, nashriyoti, 1987-y. 20 ming nusxa.
|
2. Safar Kokilov. Sog'lom tuv'ilgan chaqaloqning chilla davri: O'zbek tilidagi ilmiy-ommabop tibbiy qo'llanma- Termiz: "Jayxun"nashriyoti, 2000-y. 10 ming nusxa.
|
3. Safar Kokilov. Quruq havas: publitsistika, hikoyalar, hajviyalar. -Temiz: “Jayxun” nashriyoti, 1998-y.2000 nusxa.
|
4. Safar Kokilov. Najot farishtalari: hikoyalar to’plami. - Toshkent: “Fan ” nashriyoti, 2002-y. 1000 nusxa
5. Safar Kokilov. Beaql chumoli: hajviyalari. –Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2002-y. 2000 nusxa.
6. Safar Kokilov. Shifokor: qissa va hikoyalar. -Toshkent : “Muharrir” nashriyoti, 2007-y. nusxa.
7. Safar Kokilov. Saylanma, I jild: Aybdor kim?: qissa va hikoyalar.- : “Nasaf”nashriyoti, 2008-y. nusxa.
8. Safar Kokilov. Saylanma, II jild: Shirin bu hayot: qissalar. - Toshkent:”Muharrir” nashriyoti, 2010-y. nusxa.
9. Safar Kokilov. Yo’qolgan ko’richak: hajviy hokoyalar to’plami. - Toshkent: “Muharrir” nashriyoti, 2012-y. nusxa.
|
10. Safar Kokilov. Saylanma, III jild: Baxtli bolalik: hikoyalar, hajviyalar. –Toshkent: “Muharrir” nashriyoti, 2013-y . nusxa.
11. Safar Kokilov. Bobotog’ bayozi: she’rlar to’plami . – Toshkent: “Muharrir” nashriyoti, 2013-y. nusxa.
12. Safar Kokilov. Qandingni ur, Qaynar bobo: hajviy hikoyalar: - Toshkent: “Musiqa” nashriyoti, 2015-yil. 500 nusxa.
13. Safar Kokilov. Oq ko’ngilli odamlar: qissa va hikoyalar, portretga chizgilar, hangomalar.- Toshkent. “ Turon zamin ziyo” nashriyoti, 2016-yil. 500 nusxa.
|
14. Safar Kokilov. Saylanma, IV jild: Hamma ham yashashni istaydi: roman. – Toshkent: “Turon zamin ziyo” nashriyoti, 2017-y. 300 nusxa.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |