O’zbek filologiyasi fakulteti Oʼzbek adabiyotshunosligi kafedrasi namozova surayyo safar qizi ning


Adib ijodida janr va mavzular ko’lami



Download 302,11 Kb.
bet7/12
Sana31.01.2022
Hajmi302,11 Kb.
#420674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
БМИ (2)

Adib ijodida janr va mavzular ko’lami
Safar Kokilov Jonchekka qishlog’ida tug’ilib kamol topgan. Otchopar tepaligida mol-qo’y boqqan. Qoratog’ daryosida cho’milib baliq tutib voyaga yetgan qishlog’ining tabiatini yaxshi biladi, past-balandi unga tanish har bir giyohi, toshi unga qadrli ,ayniqsa, qishloqdoshlari bilan faxrlanib yuradi, ularning shodlik va g’am tashvishiga sherikman deb biladi. Yozganda ham ana shular haqida yozadi. Odam kim bo’lmasin mehrga tashna yashaydi, faqat odamlar emas hattoki hayvonlar ham inson mehriga tashna ekanligini “Bobotog’ tongi” gazetasining 2018-yil 9-noyabr juma sonida bosilib chiqqan ushbu “Mehr” hikoyasida yem-hashakga yolchiganu ammo mehr ko’rmay oriqlab ketgan ot misolida bayon etib shifokorlarni va odamlarni mehr-oqibatli bo’lishga chaqiradi. Adib bu hikoyada kichik bir rivoyat bilan insonlarning ham bir-birlariga mehr berib, qadrlab, yaqinlarining boriga shukur qilib yashashga chaqiradi. O’zbek ayolining farzandlari baxti va kelajagi uchun o’zi mehr ko’rmasa ham shunday zolim turmush o’rtog’iga chidab yashab kelishlari, eridan qancha azob ko’rsa ham farzandlarini otasini hurmat qilishga chaqiradi. Adib ushbu hikoyani bizlarga meros qilib qoldirar ekan, bir-birimizga mehrli, oqibatli bo’lishni yana bir bor eslatib o’tgan bo’lsa ajab emas. Yozuvchi mehr haqidagi fikrini “Haykal yonida” hikoyasida ham davom ettirib ketadi. Urush qanchadan-qancha oilalarni qaqshatib ketdi. Qanchadan-qancha odamlarning yostiqlarini quritgan. Mana oradan 70 yil o’tmasin Namoz bobo hamon do’sti Samadni qidiradi. Urush qatnashchilariga qo’yilgan haykallardan biri do’stini topganidan qanchalik shodlangan bo’lsa, kasalxonada hatto so’ngi bor xayrlasha olmay, yordam bera olmay jarohati tufayli noiloj qolgani dog’u-hasratini bayon etadi. Namoz boboning dog’u-hasratidan beixtiyor ko’zingdan yosh qalqiydi. Yozuvchi hikoyada atrof muhitni shunchalik mohirlik bilan tasvirlaganki xuddi shu haykallar yoniga borib qolgandek bo’lasan kishi. Adib urush voqealari haqida otasi Namoz bobodan eshitganligini ta’kidlaydi. Namoz bobo do’stlik so’ziga qo’yilgan haykal bo’la oladi. Oradan shuncha vaqt o’tgan bo’lsa ham do’stligiga sodiq qolib uning o’lganiga aslo ishonmaydi. Do’stining yuzi tanib bo’lmas darjada abgor ahvolga tushib qolgan bo’lsa ham uning “Nomoz, Nomoz suv ber, suv …” deb ingranib chaqirganidan tanib oladi. Do’stining bu ovozi Namoz boboning quloqlari ostida haligacha jaranglab turardi. Vatan oldidagi farzandlik burchini oliy darajada bajargan bu insonlarga qo’yilgan xotira bo’ldi.
“Insonga hayot bir marta beriladi. Shunday ekan, u ortidan yaxshi nom qoldirib ketmog’i lozim. Har davrning farzandi o’z davri, o’z hayoti va baxti haqidagi o’z tushunchalari bilan yashab o’tadi. Lekin hamma vaqt ham insonlar uchun vijdon pokligi, haqiqat uchun kurashish, halollik , adolatparvarlik , Vatanga , ota-onaga muhabbat, mardlik, to’g’ri so’zlik, samimiylik, kamtarlik kabi insoniy tuyg’ular bosh mezon bo’lib qolaveradi.” Yozuvchi Safar Kokilovning fikri shunday. Shuning uchun ham uning barcha yozganlarida bugungi kunda ham dolzarb bo’lgan ana shunday umrboqiy mavzular o’rin olgan. Ko’pchilik uchun adabiyot olamiga yarq etib paydo bo’lgan Safar Kokilov asosan kitobxonlarga o’zining hajviy hikoyalari bilan tanildi. Ijodining gullagan davri mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlanib shu kungacha nazardan tushmay kelmoqda.
“Men mustaqillikni yana bir karra shuning uchunham yaxshi ko’ramanki, u menga nafaqat ozodlik, erkinlik berdi, balki o’zimdagi imkoniyatlarim eshigini ochishga yo’l ham berdi”,-deydi u.
Ustoz yozuvchi Sa’dulla Siyoyev ta’biri bilan aytganda, hajviyotimizni tebratib kelayotgan chinorlar supra o’qlog’ini yig’ishtirib “iste’foga” chiqqan bugungi zamonda yangi bir hajvchi – yozuvchining yuz ko’rsatgani quvonchli hol, albatta… Uning ko’ngli, dardi, nomai amali barcha yozganlarida aks etib turibdi. Safar Kokilov to’g’ri so’zlikni, adolatni qadrlaydi. Yolg’onchilik , loqaydlik va ko’zbo’yamachilikni o’lguday yomon ko’radi. Uning “Konsilium” hajviyasini o’qisangiz buning guvohi bo’lasiz:
“Sigaret tutunga to‘la katta xonada oq xalat kiygan bir necha o‘ta jiddiy qiyofadagi kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi.
– Yo‘q, yo‘q. Men ololmayman. Bemorning dardi jarroxlik emas. Uni terapevt olsin. – dedi sakkizinchi marta so‘z olgan jarrox Jovliyev.
– Ye, nega endi? Bemor chisto infektsionniy-ku?! Tag‘in izidan hech kimi yo‘q ekan. Uni yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizish kerak. Tamom-vassalom. – e’tiroz bildirdi terapiya bo‘limi boshlig‘i xo‘ppasemiz Qorbosdiyev.
– Hech qachonda. Bemorning barcha dardi o‘pkasida-ku. Uni sil kasallar bo‘limiga yotqizish kerak. – dedi infektsionist pashsha qo‘riyotgandek qo‘l siltab.
– Rentgentda sil belgisi ko‘rmadim. Dardi jigarida. U terapevtniki. – dedi o‘ninchi marta to‘ng‘illab To‘ng‘izboyev.
– Hechamda. Asli hamma gap yurakdan. Uni kardiolog olaqolsin. Palatasi bo‘shab yotibdi. – dedi Qorbosdiyev boshqalarga ko‘z qisib.
– Prichyom bu yerda yurak. Bemorning qorni taranglashgan-ku?! Yasno. U jarroxlarniki. – dedi qoshini suzib kardiolog Kurrayev.
– Ha, aytgancha, yaxshisi bemorni reanimatsiyaga yotqizsak-chi?! – dedi nihoyat jarrox Jovliyev. — Hammamiz navbat bilan borib ko‘rib turardik…
– Bekorlarning beshtasini aytibsiz. Hisobot-chi?! – dedi mudrab o‘tirgan reanimatolog o‘assolov birdan chiyillab. — O‘limning hisoboti yana mening bo‘ynimga tushadimi? Yo‘q, yo‘q, bo‘maydi. Sil bo‘lsa, ftiziatr olsin-da-e…
– Yo‘q. Meniki emas. Infektsionist olsin.
– Bemor terapevtniki.
– Bekor aytibsiz, u kardiologniki.
– Yo‘q, u jarrohniki…
Ko’ryapsizmi, bu yerda inson taqdiri, sog’ligi sariq chaqaga ham olinmasan, bolim boshliqlari hujjat to’ldirishdan qochib bemorni bir-birlariga hech bir xijolatsiz sen ol , siz oling qilib ot o’yin kabi qo’lma qo’l qilib o’tirishibdi. Achchiq kulgu ostiga olingan bunday shifokorlarni biz hayotda ham uchratib turamiz. Kelgan bemorga tez yordam ko’rsatmay tortishib o’tirib kunni ham peshin qilib yuborishdi.
Kun peshindan og‘di. Ular esa…
Nihoyat eshik shiddat bilan ochilib qabulxona hamshirasining bo‘g‘riqqan yuzi ko‘rindi.
– Mumkinmi?
– Xo‘sh?! Nima gap?..
Hamma unga tikildi.
– Duxtur, koridorda kechadan beri yotgan bemorning tanasini nima qilaylik?
– A?!..
Konsilium ishtirokchilari xamshiraga bir zum hayrat bilan tikilib qolishdi. So‘ng yuzlaridan xayrat yo‘qolib, o‘rniga mamnunlikka o‘xshagan bir ifoda paydo bo‘ldi.
– O‘ldimi-ey?!
– He, bechora-ey…
– O‘zi juda og‘ir edi-da…
– Ha-a. Nachora, bandachilik…
So‘ng duxturlar bir-biriga qarashganicha bir ovozdan hamshiraga javob qilishdi:
– Qayerga bo‘lardi, o‘likxonagada. Morgga…
Hamshira yugurib ketdi. Xonada o‘tirganlar ham sekin qo‘zg‘olishdi. Uy-uyiga… Safar Kokilov o’z hajviyalarida o’zi eshitgan va ko’rgan voqealarni, insonlarda uchraydigan qusur va illatlarni shunday borligicha, chetdan turib, hikoya qilib beradiki, qahramonning holati, so’zi, qiliqlari sizda beixtiyor kulgu uyg’otadi. Bunday kulguni hajv qiroli Abdulla Qodiriy “Xarakter kulgusi” deb ta’rif bergan.
Sirojiddin Sayyid Safar Kokilovning “"Otamni oti " hikoyasini o'qib olinglar! Shu hikoyani o'qigan inson buyuk inson bo'ladi,”1 - deb aytgan edi. Qachon bozor borsam mol bozor, qo‘y bozor, ot bozorni bir aylanib kelaman. Otam rahmatli: “Bozor kunlari bir narsa olmasang hammol bozorni bi-ir aylan, xosiyati ko‘p”, deb aytgich edi. Mol bozor doim gavjum, mollar, qo‘y-echkilar orasini yorib o‘tish qiyin. Odamlarning baqir-chaqiridan quloq bitay deydi. Menga o‘xshagan shunchaki tomoshatalablar, narx-navoni bilgani kelganlar ham ko‘p. Hechkim molim yomon demaydi. Oluvdor esa arzon olay deb molni yerga uradi, “paychalaydi”. Dallollar kim ko‘proq pulbersa, o‘shaning tarafini olib baqiradi. Sotuvdorning qo‘lini uzib olgudek bo‘lib siltaydi. Didiga o‘tirmaguncha sotuvdor ham oyoq tirab turaveradi. Kelishganlar esa davradan chetga chiqib, pul sanashadi. Otbozor birmuncha tinchroq. Otlarning salobatimi-ey, yoki boshqami, bu yerda odamlar uzoqroqdan aylanib kuzatishadi. Harzamon-har zamon bir-biri bilan talashib, kishnashib qolgan otlarning dupuri e’tiborni jalb qiladi va shunda ular gur-reti bo‘sha tomon yurishadi. Otlarni ajratib qo‘yishgach, yana birmuncha payt oldingi sokinlik hukm suradi. Bozorni aylanib yurganimda o‘rtaroqdagi ot birdan taysallanib, sakrab, bezovtalanib kishnab yubordi.
—Ha-a, jomollagur, tek, tek deyman,—deb baqirdi jilovini tutib turgan gavdali, qorachadan kelgan, mo‘ylovli odam. Ot esa tinmay o‘ynoqlar, kishnab hammaning e’tiborini o‘ziga tortardi. Men ham shu tomon yurdim. Otga qarab turib, birdan yuragim hapqirib, badanim jimirlashib ketdi. Ie… Yoalhazar! Ey Xudoyim! Ko‘zlarimga ishonmay qotib turardim. Axir…Axir bu…Bu otamning oti-ku! Shu payt ot ham men tomon talpinib, depsinib, kishnab yubordi. Jonivor meni tanidi. Yo‘q, yo‘q, endi tushundim. U meni avvalroq ko‘rgan. Ha, ha. Mening e’tiborimni tortmoqchi bo‘lgan, jonivor. Hah, otamning oti-ya! Otning bo‘ynidan quchoqlab oldim. Atrofda odam to‘plangan, hamma bizga qarab turardi. Ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Ot ham xuddi yem yeyayotgandek hadeb lablari bilan yelkamni yalar, xuddi nimalardir deyayotgandek. Ha-a, u otamni so‘rayapti. Ho‘ngrab yubordim. Oh, otajonimning oti-ya! Egang chindunyoga ketganiga uch yil bo‘ldi. Seni sotganidan so‘ng atigi biryilgina yashadi. Oh, -otamning oti-ya! Negalar seni sotibmiz-a! Nega sotdik-a! Biz xom sut emgan bandalar seni sotib “Jiguli” oldik. Otajonim biror yerga borar bo‘lsa doim seni minib, o‘zi ketaveraredi-ya. Mashina olgach “o‘g‘illarim qachon ishdan kelarekan, qachon vaqti bo‘lib meni aytgan joyimga oborib kelarkan”,—deb intiq bo‘lib o‘tirardi. Oxiri toqati toq bo‘lib, o‘zi poyo-piyoda ketadigan bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tishi bilan qarilik, urush asoratlari, ko‘pkarilarda ot uraverib zahm bo‘lgan joylar bilinib, oyog‘I og‘rib qolaverdi. Bir kuni yuragi toshib qon bosimi ko‘tarilib, miyasiga qonquyilib yiqildi. Shu-shu turmay…ketdi. Oh,otajonimning oti-ya. Seni bekorlar sotgan ekanmiz-a! Hay attang, attang!
Otni quchoqlab, sho‘rq-sho‘rq yig‘layman. Otning yig‘laganini ko‘rganmisiz? Men ko‘rib turardim. Uning ko‘zlaridan ham mo‘lt-mo‘lt yoshoqar, boshini sarak-sarak qilib, pishqirib-pishqirib, oyog‘I bilan yerni tepib-tepib, meni iskab-iskab yig‘lardi. Shu ko‘yi biz uzoq quchoqlashib turdik. Otning egasi:
—Uka,otni sotishim kerak. Qo‘yvoring-ey,—der edi ha deb.Men esa:
—Picha shoshmang, aka, —deyman yig‘lay-yig‘lay. —Bu…otamning oti.
—Chiniminanami? Axir…siz…siz…—Otning egasi ham birdan elovranib, hadeb yelkamni silaydi. —Siz o‘sha… Raisboboning…
—Ha, ha, men o‘sha kishining o‘g‘liman…
—Nahotki?! E-e, buni qarang-a. Yo qudratingdan.—Otning egasi atrofdagilarga ma’ni bera boshladi.—Men bu otni uch yil burun raisbobodan sotib olgan edim. Obbo, xonazod-ey. Egasini tanidi-ya. He, qoyil-e!
Tomosha qilib turganlar ham biri qo‘yib biri: “He qoyil-e, egasini tanidi-ya” deganicha, hayratlanib turishardi.
—Uka,siz ham tanidingiz-a? Jonivor sizga juda mehr qo‘ygan ekan. Qarang, qarang, ko‘zidagi yoshga qarang-ey.Yo tavba-ya!
—Ha-a, otam yotib qolgach, ko‘pincha o‘zim qarardim. Suvlab, yemini berib, daryo bo‘ylariga choptirib-choptirib kelardim-da.
—E,-e,ot jonivor juda aqlli bo‘ladi-da. Qarang, mehrni sedan chiqarmaydi bular. Sizni tanidi-ya…
—Yo‘q, bu otamni esladi. Mendan otamni so‘rayapti,—dedim yig‘lab. Hali ham quchoqlab bir qo‘lim bilan yolini silab turardim.
—Uka, men sotgani opchiqqan edim.
Men noilojdan otni qo‘yvorib, undan nari yurdim. U yana kishnab yubordi. Men o‘ksinib, yana yig‘ladim. Qaytib borib yana otning bo‘ynidan quchoqladim. O‘ng yelkamdan avaylab tishlab turdi-da, birozdan so‘ng qo‘yib yubordi. Ustimda otamdan qolgan chopon bor edi. Hah jonivor-a! Hah otajonimning oti-ya! Otamning choponidan hidini sezdi.
Oh, otajonimning oti! Oh,otajo-on! Ota! Sizni otingiz unutmagan ekan. Sizni so‘rayapti. Ota, otajon! Otam rahmatli urushdan qaytganda Germaniyadan bir qop-qora palto opkelgan ekan. U yoq-bu yoqqa borar bo‘lsa, shuni kiyib yurardi. So‘ng onam paltoni menga berdi. Sovuq paytlarda doim kiyib yuraman. Biroz og‘irroq tuyulsa ham asl ekan, hozirgacha rangi o‘chmagan, qop-qora. Jonivor shuni tanidi-ya. He tavba-ey! Ot ham shunday esli bo‘ladimi-ya…
Otam rahmatli otni sotayotganda ham u ancha tarxashovlik qilib, kishnab-kishnab ajralishni istamay, yig‘lab qolgan ekan. Bozordan qaytgach onamga aytib, rosa o‘ksigan ekan. O‘shanda otam anchagacha o‘ziga kelolmay yurdi. “Zamondan orqada qolmaylik”, deb otni sottirgan biz farzandlar o‘shanda buni sezmaganmiz, tushunmaganmiz. Hay attang! Otam yoshligidan ot bilan katta bo‘lgan. Urushga borganda ham otliq kavaleriyada xizmat qilgan. “Piron degan aqlli otim bor edi”, degich edi.To‘riqni ham yosh, qulunligidan asrab, ot qilgan edi. O‘nbesh yil mindi. Uzoq-uzoq joylarga besh-o‘n kunlab, ko‘pkarilarga ketishardi. Juda ko‘p sovrinlar yitgan bu ot. Bir ko‘pkariga broganda o‘sha yerning bekovuli minib yurgan yap-yangi “Volga” siga almashtiraylik, deganda otam ko‘nmagan ekan. Keyin esa… farzandlarning ko‘nglidan o‘tolmay… Eh-h, otajonimning oti-ya! Senda Baraka ko‘p ekan. Buni kech bildik, afsus. Otam ko‘zi tirikligida bir dasturxon boshida non yeb yurgan biz farzandlar otam o‘tgach, barimiz o‘zimiz bilan o‘zimiz bo‘lib ketdik. Onam kenja ukam bilan qolgan. Endi esa bir-birimizni biron tadbir yoki to‘y bahona ko‘rmasak, o‘zimizdan ortib yo‘qlashga vaqt topolmaymiz. He, qani endi otam tirilib kelsa… Ha-h otajonimning oti-ya! Egang yo‘q endi! Yo‘q, yo‘q!..
Anchadan so‘ng ot egasi yelkamga qoqib:
—Uka,ot sizni tanidi. Shuni oling. Arzon beraman. Hali dayov. Minib yursa bo‘ladi, —dedi.
—Ololmayman!—dedim zarda bilan.
—Hay attang! Yaxshi ot edi-ya. Ko‘p aqlli. Qarang. Shuncha yil o‘tsa ham sizni unutmagan ekan-a.
—Afsus…
Men ot bilan xayrlashib, izimga qaray-qaray uzoqlashdim. U ham meni tushundi… boshini egib, jim bo‘lib qoldi. Hah, otamning oti-ya. Taqdirga tan berdi, jonivor. Uning pishqirgani, depsinganini his qilib, uzoqlashar ekanman, birdan kishnab yubordi. Men esa izimga qaramay, bozordan chiqib ketdim. Chiqdim-u, to‘g‘ri mozorga—otamning boshiga ketdim. Ohotajon! Ota, men otingizni ko‘rdim! U sizni so‘radi! Otajon! Otajonim, meni eshityapsizmi? U sizni esidan chiqarmagan ekan! Otajo-on! U sizni so‘rab qoldi, otajon!



Download 302,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish