O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f f. n. I. Xudoynazarov ― ‖ 2015 ―5120100 – Filologiya va tillarni o‗qitish (o‗zbek tili)‖ ta`lim yo`nalishi iv-bosqich 44-guruh talabasi Rajabova Feruzaning


“Kimni Olloh xor qilib qo„ysa, bas, uni hech kim



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/34
Sana04.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#429685
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
hozirgi ozbek sheriyatida diniy-marifiy goyalarning badiiy talqini

“Kimni Olloh xor qilib qo„ysa, bas, uni hech kim 
aziz qilguvchi bo„lmas. Albatta, Olloh O„zi xoxlagan narsani qilur” 
(Qur‟oni Karim. Haj surasi, 18-oyat). 
Ko‗ngillarning kiri bo‗lgan riyo-
munofiklikni sidirib tashlashlik, tavba va ibodat — pokdomonlikka eltuvchi 
yo‗llardan biri. 
Bu yerga o‗g‗ri ham, to‗g‗ri ham kelar,
Poklanish har kimning muddaosidir.
Gunoh-u savobin har banda bilar,
Elning u shohidir yo gadosidir.
Hayotning oqimin to‗xtatish qiyin,
Hech kim ayri tushmas qorgan loyidan.
Bir karra poklanib olgandan keyin
Ishlarin boshlaydi kelgan joyidan... 


33 
Inson vujudi bilan ruhi bir mag‗izning ikki bo‗lagi singari yaxlit. 
Qachonki, Ollohni unutgan paytda ruh bilan vujudning uyg‗unligiga rahna 
tushadi. Ko‗ngil bo‗linadi. Odam vujudidagi rahmon bilan shayton olishuvida 
shaytoniy kirdikorlar ustun kela boshlaganligini ko‗rsatadi. Shayton 
vasvasasiga uchgan odam o‗zligini unitadi. Oqibatda illatlar botqog‗iga botib 
boraveradi. 
Ko‗ngil odam vujudida fikr bilan ruhni birlashtiradi. Odam ma‘naviyatida 
kelajak parchalanish holatlariga barham beradi. Shu tariqa Olloh taolo 
jamoliga yetishish yo‗lidagi to‗g‗anoqlardan biri bartaraf etiladi. Endi, shu 
o‗rindan e‘tiboran ko‗ngil yo‗li yanada murakkablashadi. Odam do‗zahga 
toyib ketmay, arosat puchmog‗ida adashmay, jannat ostonasiga bosh urishi — 
Haqqa yetishish uchun shariat, tariqat, ma‘rifat, haqiqat vodiylaridan o‗tib 
bormog‗i lozim. 
Endi, Abdulla Oripovning lirik qahramoni shariat ahkomlarini ado etish 
barobarida ruhan poklanishga noil. Buning uchun u ma‘naviy-axloqiy 
fazilatlarni o‗z shaxsida shakllantirishga, kamol topdirishga moyil. Olloh taolo 
maxfiratiga erishish — avvalo tavbadan boshlanadi. 
Shunchalar mukammal Olloh dargohi,
Mag‗firat qil deya dilni tig‗ladim...
(―Olloh dargohi‖ she‘ri) 
yoki, 
Haq deb nina bilan tog‗larni qazdim,
Bandaman, rost yo‗ldan gohida ozdim.
Tavbamning izhori shu she‘rni yozdim...
(―Payg‗ambar‖ she‘ri)
Iymon butunligi va salomatligi, taqvo-ixlos saodati ko‗ngilni 
poklovchi, demakki, ruhiy pokdomonlik omillaridan biridir. Ilk odim — taqvo 
bilan sajdaga bosh urish Olloh zikri bo‗lsa, keyingisi, borliq bilan yo‗qlik 
ma‘nolarini uqishdan iboratdir. Demak, bu yo‗lning avvali uzlatga chekinish 


34 
bo‗lsa, keyingisi ko‗ngillarga Olloh zikrini ekishdir. Poklanish ko‗ngil nuriga 
aylanadi, shaffoflik kasb etadi. Olloh taolo bilan bandai mo‗min o‗rtasidagi 
azaliy va abadiy ittifoqni barbod etishga qasd qiladi. Bular hali hammasi emas. 
Shayton kirdikorlarini aytib adog‗iga yetib bo‗lmaydi. Va lekin... 
Halollik islomda eng oliy matlab, 
To‗grilik muslimning asl gultoji. 
Bir kuni o‗rtada Shayton oralab,
Hojining hamyonin urdi-ku hoji. 
Qaysidir o‗lkadan kelgan keksa chol, 
Bor yo‗q bisotidan bo‗ldi mosuvo, 
Ne qilsin? Chorasiz turaberdi chol, 
Dilida shukrona, tilida duo.
O‗g‗ri hoji esa mamnun ishidan, 
Tinmayin sajdaga egilar boshi. 
Nobakor bandaning bu qilmishidan 
Battarroq qoraydi Ka‘baning toshi!
Bu-shayton qilmishining ko‗rimli bir holati. Inson vujudiga yashirinib 
olgan shayton atvorining zarrasi. Bunday nobakor bandalar qanchalik sajdaga 
bosh urmasin, ulardan Olloh taolo yuz o‗giradi. Negaki, shaytonsifat odamlar 
ko‗nglida Olloh ishqi hali uyg‗onmagan. 
Shoirning ―Olloh dargohi‖, ―Arofat‖, ―Hojilar‖, ―Ka‘batulloh‖, 
―Payg‗ambar‖ singari she‘rlarida kuzatilganidek, shariat ahkomlarini ado etish, 
haj safari amallarini bajarish, ko‗ngilga safar qilish- ruhan poklanishga qaratilgan. 
―Hojilar‖ she‘rida kuzatilganidek, haj safari bu imkoniyatdan zaruriyat sari yo‗lga 


35 
otlanishdan iborat. Bu yo‗lda illatlardan forig‗ bo‗lish ham, va yoki, yana 
qusurlar botqog‗iga botaverish ham mumkin. 
Endi, komillik qanday xususiyatlarda namoyon bo‗ladi? Komil insonni 
qaysi fe‘l-atvoridan fahmlashimiz mumkin? A. Oripov ―Ka‘batulloh‖ she‘rining 
qahramoni sajdaga bosh urish asnosida istig‗for keltiradi. Ollohdan ―Bag‗ri xun, 
tolei kulmagan el‖ning vakili sifatida ona yurtiga omonlik va saodat so‗raydi 
(―Duch kelgan sanamga sig‗indik gohi, Bizga keng ochildi Shayton dargohi‖). 
Qodir Egamdan uzoqlashgan bandalar kirdikorlariga kushoyish izlaydi. 
Tegirmon toshidek aylandi taqdir, 
Karvonlar to‗zg‗idi, sarbonlar basir. 
Bandi bo‗lgan edi ulug‗ yurt, axir, 
Keldim, madad bergil, yo Ka‘batulloh. 
Avj oldi ig‗vo-yu firib, razolat, 
Yig‗laydi bir chetda yetim adolat, 
Bormi saodatga axir kafolat, 
Keldim, madad bergin, yo Ka‘batulloh.
Ma‘naviy qashshoqdik hatto ulkan yurtni ham o‗z izdihomiga tortgan. 
Oqibatda ―haqiqat yo‗q joyda yashnadi yolg‗on‖, ―xor bo‗ldi Vatanda kimki ilmi 
bor. Hiylagar ko‗paydi, ko‗paydi makkor‖. Bu qadar ruhoniy tanazzul ildizi 
qayerda? Avvalo, ko‗ngillardan Olloh ishqi quvilgan. Olloh o‗zi suygan 
bandalari ko‗nglida ixlos-e‘tiqod tuyg‗usini ko‗kartiradi. Qachonki, o‗z Egasiga 
intilgan mo‗minlar dilidagina ishq urug‗i unguvchidir. Ishq tuyg‗usining 
tarbiyasi esa eng mashaqatli, sinovlari og‗ir yo‗l. Xususan, ishq - bu ko‗ngillarda 
Olloh mehri, ixlos-e‘tiqod tuyg‗ularini shakllantirish, kamol toptirish, demakdir. 
Ollohga, O‗zi yaratgan o‗n sakkiz ming olam sir-sehrlariga ishonch demakdir.


36 
―Ka‘batulloh‖ she‘rining lirik qahramoni dilida iltijo bilan ―shafqating 
ayama mendan ham, Egam‖, deya tiz cho‗kib turibdi. Ollohga ishonch hissi iltijo 
orqali voqe bo‗lyapti. Qachonki, ishonch hissi ko‗karar va gullar ekan, ko‗ngil 
gumrohlikdan og‗ib, ma‘rifat yo‗liga yuz tutadi 
Ko‗rinadiki, ko‗ngilning Haqqa yetishish yo‗li sertarmoq, serso‗qmoq. 
Safarning ibtidosi-yu intihosi ham mohiyatan Ollohda. Egamning dargohi ham, 
karami ham keng. 
Dunyo ishlariga boqma hech hayron, 
Jimgina nazar sol ko‗hna bu korga. 
Olis kechalari yolgiz qolgan on, 
Dilingni och faqat parvardigorga.
―Ibodat‖ she‘ri lirik qahramonining ko‗nglidagi ishq hissi e‘tiqod oloviga 
aylangan. Demak, iymon-e‘tiqodning ustivorligi, sha‘riy va taqvo amallarining 
nechog‗lik ixlos bilan ado etilishi ma‘naviy komillikka yetaklaydi. Ma‘naviy 
komillikning ma‘nosi nima? Qanday odamni komil shaxs deymiz? Avvalo, 
bandai mo‗min gumon qilganidek, izzat-ikrom boylik bilan, xor-zorlik 
kambag‗allik bilan bo‗lmas. Negaki, bandaning tirikligi, bu — sinov. Hurligu 
qullik, sultonligu gadolik, boyligu yupunlik yonma-yon yashaydi. Ko‗ngilga 
safarning ilk samarasi komillik maqomiga yetishish, demakdir. Buning uchun 
bandai mo‗min ixlos, taqvo, ishonch, e‘tiqod yo‗llaridan o‗tib, komil inson 
degan yuksak e‘tiborga noil bo‗ladi. Ya‘ni, u Tangri taoloning yerdagi xalifasi, 
degan oliy nazarga erishadi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish