O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f f. n. I. Xudoynazarov ― ‖ 2015 ―5120100 – Filologiya va tillarni o‗qitish (o‗zbek tili)‖ ta`lim yo`nalishi iv-bosqich 44-guruh talabasi Rajabova Feruzaning



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana04.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#429685
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
hozirgi ozbek sheriyatida diniy-marifiy goyalarning badiiy talqini

Nafs yo‗lig‗a kirgan kishi rasvo bo‗lur, 
Yo‗ldan ozib, toyib, to‗zib gumroh bo‗lur. 
Yotsa-tursa shayton bila hamroh bo‗lur, 
Nafsni tebgil, nafsni tebgil, ey badkirdikor,
-deydi va bir qancha hikmatlarida nafsga taslim bo‗lgan kishining xor-zorliklari, 
gumrohlik va ―shayton bila hamroh‖likdagi qilmishlarini ko‗rsatib beradi. Bunda, 
albatta, Ahmad Yassaviy o‗z davri va zamoni fikriy talablari, odamlarning holatiga 
binoan qalam tebratgan.
Xullas, mumtoz adabiyotimizda doimiy ravishda badiiy talqin qilib kelingan 
Ruh va Nafs muammosi Abdulla Oripov she‘riyatidan ham alohida bir o‗rin 
egallagan. Nafsni taslim qilish, ta‘ma, kibr, adovat, hasad singa-ri yomon 
illatlardan poklanish demak. Abdulla Oripov to‗rtliklaridan birida shunday deydi: 
Koinot gultoji insondir azal, 
Undadir eng oliy tafakkur amal, 
Hatto u tubanlik ichra ham tanho, 
Yo falak, ijoding muncha mukammal. 
Insonning ―tubanlik ichra ham tanho‖ligini ko‗rsatadigan illat va 
chirkinliklardan biri Hasaddir. 
Shayton vasvasasiga uchib, inson qalbini nafs o‗z botqog‗iga tortsa, eng 
tuban illatlar uning hamrohiga aylanadi. Hasad barcha yomonliklarining eshigidir. 
Payg‗ambarimiz s.a.v.ning kuyovlari Hazrati Ali: ―Hasad hosidning adovatindan, 
kibr va shaqovatindan paydo bo‗ladurg‗on axloqiy zamimadur. Shuning uchun 
hosid doimo azobi ruhoniy ichinda yashar. Bir kishining saodatini ko‗rgan zamon 
hasad otashida yonar, Hosidga mundin ortiq jazo bo‗lurmi?‖
11
deya hasadgo‗y 
axvolini ta‘rif etganlar. 
Hasad shunday qora va chirkin illatki, g‗iybat, bo‗hton, tuhmat, ta‘ma kabi 
yomonliklarining kelib chiqishi ham hasaddandir. Shu uchun o‗tmishda yashab 
11
Abdullo Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. - Toshkent, 1992. – 53 b.


15 
ijod etgan shoir va olimlarimizning ko‗pchiligi hasad va hasadgo‗y-likni qoralab, 
bu masalada juda ko‗p ibratli fikrlarni olg‗a surganlar. Alisher Navoiyning ushbu 
mavzudagi she‘rlari navoiyshunos I.Haqqul tomonidan ancha keng tahlil va talqin 
etilgan . Navoiydan keyingi asrlarda ijod qilgan mumtoz adabiyotimiz vakillari 
ham hasad xususida o‗z so‗zlarini aytishgan. 
Abdulla Oripovning hasadga bag‗ishlangan she‘rlari o‗zining ma‘no 
chuqurligi va obrazli ifodasi bilan Navoiy, Bobur va Ogahiy kabi mumtoz 
she‘riyatimizning atoqli namoyandalari tajribalariga bevosita bog‗lanadi, deyish 
mumkin.
Abdulla Oripov hasad ofatlari haqida ko‗p mushohada qilgan va ko‗p 
yozgan shoirlardan biri. Bu xususda undan so‗ralganda shunday fikrlarni bayon 
etgan: Hasad - umuminsoniy illat, uning millati, dini, mamalakati bo‗lmaydi. Bu 
illat insonga shaytoni la‘in tomonidan yuqtirilgan. Faqat ma‘naviyati yuksak 
odamgina bu qora illatni yengib o‗ta oladi... Chindan ham, bu mavzuda menday 
ko‗p yozgan shoir kam bo‗lsa kerak. 
Abdulla Oripov hasadning zararlari va odamlar boshiga yog‗diradigan 
ofatlarini chuqur bilganligi uchunmi u hasad va hasadgo‗ylikni qoralab ancha 
satrlar bitgan. Shoir ―Hasadgo‗y haqida‖ degan to‗rtligida yozadi:
O‗zi oddiygina,
Kam yo‗q ishida.
Tonnalab ko‗mir bor
Lekin ichida. 
Hasadgo‗ylik bilan ichiqoralik, bir-biriga yaqin. Biroq, shoir bu to‗rtlikda 
hasadgo‗ylikning asosi ichiqoralik ekanligini ―tonnalab ko‗mir‖ ifodasi orqali 
yoritib bergan. Umuman, hasad nima o‗zi? Uning paydo bo‗lishiga sabab nima? 
Bunga o‗tmishda yashab ijod qilgan shoir va yozuvchilarning ko‗pchiligi javob 
izlashgan hamda o‗rni-o‗rni bilan o‗zlarining fikr-mulohazalarini yozib ham 
qoldirishgan. Hasad haqida gapirib, uni tanqid qilib ildizini quritib bo‗lmaydi. 
Odam farzandi bor ekan - hasad bor. Nafsdan xalos bo‗lish qanchalik qiyin bo‗lsa, 
hasaddan qutilish undan ham qiyin. Hasad yashar ekan, dushmanlik va yomonlik 


16 
ham yashaydi. Shuning uchun hasad to‗g‗risida mulohaza yuritmaslikning ham 
imkoni yo‗q. Abdulla Oripov esa bunday mulohazalarning bir yakuni sifatida 
―Momo oftob‖ she‘rida yozadi: 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish